ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Roman ruhiga singdirilgan mantiq - mas’ullik mantig‘i nafaqat har bir qahramon
o‘zi uchun, hech bo‘lmasa yaqinlari, tug‘ishganlari uchun mas’ul degan tushuncha
bolam, qo‘shnim, elim, ulusim, yurtim degan yuksak g‘oyalar sari etaklashi yoinki
Vatan – uyingning ostonasidan boshlanadi, degan purviqor fikr ham aslida har bir
qahramonni alohida shaxs sifatida, yakdillikda bir millat sifatida yuksaltiradi. Shunday
ekan, romanga xos realistik tasvir hayotning badiiy in’ikosi sifatida talqin etilgan har bir
qahramon hayoti, orzu - intilishlari, g‘am - tashvishlari, topganlari va yo‘qotganlari
turfa xil taqdirlar misolida jonlanar ekan, makon va zamon badiiy in’ikosida milliy
ruhiyat aks etadi. U.Hamdam yaratgan har bir xarakter yaralishidan yozuvchi badiiy
1
Ҳамдам, Улуғбек. Мувозанат. –Тошкент: Шарк, 2007. – Б.155. Фаслда ушбу манбадан олинган ҳаволалар
сўнггида қавс ичида китоб саҳифаси келтирилади.
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
137
tafakkurida qo‘yma shakllangan va asar g‘oyasini ochib berishga xizmat qiluvchi estetik
ideal sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, «Yusuf to‘nini elkasiga tashlagancha ohista
yurib tashqariga chiqdi. Havo kechagidan ham bahoriyroq edi. Tun bo‘lishiga qaramay,
osmonning qoraga moyil ko‘kimtir rangini ilg‘ash mumkin (ehtimol, «osmonning
rangi ko‘k» degan fikrning soyasidir bu!), yulduzlar ham shahardagidek uzoqda emas,
balki tomboshiga chiqib sakrasang bir nechtasini uzib olgudeksan. Yengil epkin
hovlining etak tarafidan qiy hidini olib kelib dimoqqa urdi... »
2
Mazkur parchada
yozuvchi voqelikni realistik usulda tasvirlar ekan, undagi gap qurilishi va fikrlash
tarziga sof milliy ruhit singlirib yuborgan. Bu ayniqsa, «to‘nni elkasiga tashlab
tashqariga chiqish», «tomboshiga chiqib sakrash» jumlalarida sof milliylik tafakkur
tarzi mavjud. Chunki o‘zbek milliy uylari pastroq bo‘ladi va atrofiga tut, o‘rik, jiyda,
olma kabi daraxtlar ekaligi ularning mevani olish uchun tomga chiqish kerak bo‘lgan.
Shu holatdan foydalanib, yulduzlarni ham uzib olgudek degan xulosa kelinyapti.
Shuningdek, bu erda ruhiy parallelizm ham qo‘llangan. Bu usul «Havo kechagidan
ham bahoriyroq edi. Tun bo‘lishiga qaramay, osmonning qoraga moyil ko‘kimtir
rangini ilg‘ash mumkin (ehtimol, «osmonning rangi ko‘k» degan fikrning soyasidir
bu!), yulduzlar ham shahardagidek uzoqda emas», degan gaplarda aniq bo‘rtib turibdi.
Mazkur usul ham personaj qalbidagi vataniy tuyg‘uni, qadrdon uyini sog‘inishi
ifodalaydi. Yozuvchi shu erda vatan so‘zi ishlatmasdan vatan mavzusini ham kiritib
ketganki, bu parchadagi mazmuniy qatlamning teranligining ifodasi hisoblanadi.
Romanda qator ramzlar mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha matn ostiga singdirib
yuborilgan: “Muhammadjon aka dabdurustdan qo‘rqib ketdi, u qushcha qulab tushadi,
deb o‘ylab, qulochini ochdiki, tutib qolay deb... Lekin yo‘q! Qushning qanotlari erkin
havo ta’mini his qilgani hamon avvaliga ishtiyoqsiz besh-olti “pir-pir” etib, so‘ng dadil
qanot silkib ko‘kka ko‘tarildi” (24-b). Lavhada qafasga o‘rgangan qushning ozodlikni
his qilish jarayoni qanchalar ishonarli tasvirlangan bo‘lsa, tagmatndagi ishora – qullik
iskanjasidagi insonning ozodlikka ko‘nikishi hamda bu erk ulug‘ niyatlar, ulkan ishlar
ramzida berilgan bo‘lsa, «tobora ko‘tarilib kelayotgan quyosh nurlari» yorug‘lik,
niyatga etkazadigan nurafshon kunlarning yaqinligini keltiruvchi mujda sifatida qabul
qilinadi.
Yozuvchi olam va odam xususidagi mushohadakor fikrlar, har bir ziyoli
tiynatidagi evrilishlar, jamiyat maqsadining kelajak sari talpinishigacha zukkolik bilan
badiiy qamrab oladi. Ba’zan rumiyona fikrlari bilan islom dini falsafasiga xos shaxs
qalbida alohida mehrni uyg‘otadi. Tasvir usuli va bayondagi bunday o‘ziga xoslik
romandagi personajlar ichki olami va muallif psixologiyasidagi voqelikni badiiy idrok
etish, sintez qilish va yakunda qat’iy xulosa sifatida o‘quvchiga etkazish jarayonining
2
Ҳамдам, Улуғбек. Ватан ҳақида қўшиқ: Мувозанат. – Тошкент: Akademnashr, 2014, - Б.55.
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
Dostları ilə paylaş: |