Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 80,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü80,92 Kb.
#184754
1   2   3   4   5   6   7
Soz turkumlari va ularni matn asosida ta

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1496 www.ares.uz 
ADABIYOTLAR TAHLIL VA METODOLOGIYA
O’zbek tilshunosligida so’z turkumlari haqidagi asosiy ilmiy bahslar, avvalo, so’z 
turkumlari tasnifi, o’zaro munosabati, ajratiluvchi guruhlar soni va ularning tarkibi 
masalasidir. So’z turkumlari soni va tarkibini aniqlashda so’zlarning semantik, 
morfologik va sintaktik xususiyatlarini nazarda tutish keng tarqalgan. Ammo 
amaliyotda, asosan, so’zlarni turkumlashda, ularning semantik xususiyatiga tayanish 
urfga aylangan. 
So’z turkumlari soni bularning turkumlanish tamoyillari anchadan beri o’rganilib 
kelindi va kelinmoqda. Lekin har qanday 
usul ham so’z turkumlarining xolis tasnifini 
bera olmasligiga qattiq ishongan rus tilshunosi M.N. Peterson so’z turkumlari sonini va 
ular bilan bog’liq muammolarni matn asosida o’rganishga qaror qiladi va shu maqsadda 
ulug’ rus shoiri A. S. Pushkinning “Belkin hikoyalari” (“Повсти белкина”) asarini 
tanlaydi. Chunki uning yozishicah, hozirgacha rus tilshunosligida ham jahon 
tilshunosligida so’z turkumlari haqidagi masala o’z yechimini topgan emas. O’z fikrini 
dalillash uchun M.N. Peterson mashhur fransuz tilshunosi J. Vandirisning quyidagi 
so’zlarini keltiradi: “so’zlarni turkumlash nihoyatda qiyin bo’lgani uchun hozirgacha 
hech kim so’z turkumlarining manzur bo’larli tasnifini yaratgan emas. An’anaga ko’ra 
yunon mintiqshunoslari ta’limotlariga borib taqaluv
chi fransuz mumtoz (klassik) 
grammatikasi 10 ta so’z turkumini farqlaydi. Ammo bu tasnif hech qanday tanqidga 
dosh bera olmaydi: “uni na faqat boshqa tillarga, balki uni yaratgan (yunon) tiliga 
nisba
tan ham tatbiq etib bo’lmaydi” 
[qarang: J. Vandiri 1937, 139-bet, iqtibos M.N. 
Petersonniki]. 
M.N. Peterson 1885 yilning 22-sentyabr kuni Rossiyaning Kerensk, Penza 
viloyatida dunyoga kelgan. Moskva universitetining tarix-filologiya fakultetini tugatgan. 
Turli davrlarda turli lavozimlarga ishlagan. U qadimgi va yangi tillarni qiyosiy-tarixiy 
jihatdan yondashib, zamonaviy filologiya muammolari va yozuvchilar tilini o’rganishga 
harakat qilgan. 
M.N. Peterson Tillarni o’qitishda o’ziga xos metodikadan foydalangan. U 
boshqalardek tayyor materilalardan emas, balki turl
i matnlarni o’qish va tahlil qilish 
yo’lini tutgan. Ushbu ishi bilan yangi uslub yaratib, hech qachon bu uslubdan chetga 
chiqmagan, va bu o’z samarasini berib, rus tilida yangi stilistika yaratgan.
M.N. Peterson o’zining 1955
-yilda 
“О часях речи в русском языке” (“Rus 
tilidagi so’z turkumlari haqida”) nomli maqolasida so’z turkumlari haqidagi masala rus 



Yüklə 80,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin