103
Baholash markazining borish jarayoni quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z
ichiga oladi
- yakka tartibda ish mashqlari;
- tahliliy taqdimot;
- rolli o‘yin;
- guruh muhokamasi;
- kompetentsiyalar bo‘yicha suhbatlar;
- testlar va so‘rovnomalar;
- ishtirokchilar uchun teskari aloqa;
- mijoz uchun xulosa va tavsiyali hisobot.
Baholash
natijalariga
ko‘ra
mijoz
nomzodlar/xodimlarning
kompetentsiyalari, motivatsiyasi, potentsiali, kuchli tomonlarini va
rivojlanish yo‘nalishlarini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Baholash
markazining natijalari har bir ishtirokchi uchun hisobot (individual
baholashga o‘xshash) va guruh uchun umumiy
hisobot shaklida taqdim
etiladi.
Dastlabki shaklda baholash texnologiyasi birinchi marta o‘tgan
asrning 20-yillarida - Germaniya armiyasi zobitlarining
etakchilik
fazilatlarini attestatsiya qilish uchun ishlatilgan. Ikkinchi Jahon urushi
davrida bu usul Britaniya qurolli kuchlarida kichik zobitlarni yollash uchun
va AQShda razvedka xodimlarini tanlash uchun ishlatilgan.
Rossiya konsalting agentliklarida ommalashgan assessment markazi
texnologiyasi 70-yillarda Amerika Assessment Center institutida ishlab
chiqilgan va hozirda Evropa va AQShda keng qo‘llaniladi. Bu ma'lum bir
faoliyat sohasida muvaffaqiyatli mutaxassis qanaqa bo‘lishi kerak bo‘lgan
dunyo standartlariga asoslanadi.
Nomzodlarni tanlashning boshqa usullari bilan taqqoslaganda,
assessment yuqori ishonchliligi bilan ajralib turadi (80% gacha).
Odatda jarayon butun
kun davom etadi, ko‘pincha bir kishiga emas,
balki guruhga qaratilgan bo‘ladi.
Mashqlarning mazmuni ishtirokchilar da’vo qilayotgan lavozimlarga
qo‘yiladigan talablarga bog'liq: agar bu lavozim savdo bilan bog'liq bo‘lsa,
xayoliy mahsulot taqdimoti; "xodimlar" ma'lum bir muammoni hal
qiladigan yig'ilish; "rahbar" "qo‘l ostidagilar" bilan ziddiyatni hal
qilayotgan paytdagi suhbat va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Quyida
baholash
markazlarida
qo‘llaniladigan
mashqlarning
namunalari keltirilgan:
1) mini intervyu. Maxsus texnologiyalar yordamida, berilgan
kompetentsiyalar baholanadi;
104
2) berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot. Stressga chidamlilikni, analitik
qobiliyatlarni, ma'lumot bilan ishlash ko‘nikmalarini, dalillarni tezda topish
va to‘g'ri
tuzish maxorati, qiyin vaziyatlardan chiqish qobiliyatlarini
o‘lchashga imkon beradi;
3) analitik mashqlar. Vazifada, masalan, bozorning muayyan segmenti
va ushbu segmentdagi alohida kompaniyaning ko‘rsatkichlari to‘g'risidagi
ma'lumotlar to‘plami bo‘lishi mumkin. Nomzod qarorlarini, prognozlarini
yoki xulosalarini va ularning asoslarini taqdim etishi lozim. Odatda,
mashqda tasvirlangan na kompaniya, na bozor nomzodlarning kasbiga va
ixtisosligiga aloqasi bo‘lmaydi. Bu ataylab amalga oshiriladi: mashqning
vazifasi nomzodning ko‘p xajmdagi notanish ma'lumotlarga qanchalik tez
kirishini ko‘rish, umumiy qonuniyatlarni aniqlash va mavjud bo‘lgan
ma'lumotlar asosida o‘z xulosalarini tuzish;
4) guruh muhokamasi. Birinchi bosqichda ma'lum miqdordagi
ma'lumotlarga
asoslanib, nomzod o‘zining qarorini qabul qilishi kerak.
Mashqning ikkinchi qismida guruh kelishib, birgalikda qaror qabul qilishi
kerak. Bunday vazifalar ishontirish, natijalarga qarab ish tutmoq, guruh
jarayonlarini tashkil etish qobiliyati, tajovuzkorlik darajasi, etakchilik
fazilatlari, jamoani muhokamaga jalb qilish va murosalarni topish
qobiliyatini o‘lchashga yordam beradi.
5) Konvertdagi mashqlar (qutida). Ishtirokchilarga shartli vaziyat va
ushbu kompaniyadagi rol taklif etiladi. Mashq qilish uchun materiallar -
xodimlarning ichki yozishmalari, xizmat yozishmalari, turli xil kirish /
chiqish hujjatlari. Ushbu materiallardagi ma'lumotlarga asoslanib,
ishtirokchilar keyingi harakatlar to‘g'risida qaror qabul qilishlari kerak.
Baholash jarayoni maxsus tayyorlangan kuzatuvchilar (kompaniya
rahbarlari - ish beruvchilar va ko‘pincha rekruting agentligi yoki konsalting
kompaniyasining vakillari)
ishtirokida amalga oshiriladi, ular natijalarni
maxsus bayonnoma varaqasida belgilaydilar. Baholash mezoni bu ma'lum
mahoratga ega bo‘lish darajasi yoki ma'lum bir kompetentsiyaning
ifodalanishdir.
Dostları ilə paylaş: