Sanaotni joylashtirishning klassik g‘oyalarini o’rganish



Yüklə 327,67 Kb.
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü327,67 Kb.
#175695
  1   2   3
Презентация без названия

SANAOTNI JOYLASHTIRISHNING KLASSIK G‘OYALARINI O’RGANISH

Reja: 1. Merkantelizmdan fritredizmga 2.Ishlab chiqarishni joylashtirishda I.Tyunen va A.Veber g‘oyalari. 3. Kristaller-Lyosh nazariyasi. 4. Yangiliklarning hududlar bo‘ylab tarqalish g‘oyasi.

Jahon xo‘jaligining yagona tizimi vujudga kelganga qadar xalqaro (geografik) mehnat taqsimoti uncha rivojlanmagan edi. Hatto XVII-XVIII asrlargacha ko‘pgina mamlakatlar xalqaro iqtisodiy munosabatlarda o‘zlarining ichki bozorlariga chet el mahsulotlarini kiritishga qarshi siyosat olib borar edilar. Bu siyosat, yoki importni cheklash iqtisodiyot tarixida merkantilizm nomi bilan o‘rin olgan. Albatta, bunday sharoitda jahon bozori xususida so‘z yuritish mumkin emas. Jahon bozori erkin iqtisodiyot, ochiq savdo tizimini joriy qilishni taqozo etadi. Ana shunday yo‘nalish fritredizm, ya’ni erkin savdo deb ataladi.

Uning ilmiy asosini yaratishda A.Smit va, ayniqsa D.Rikardoning xizmati katta bo‘lgan. Ularning g‘oyalari xalqaro geografik mehnat taqsimotini keng ko‘lamda rivojlantirish, mamlakatlararo savdo sotiqni faollashtirishga qaratilgan bo‘lib, u qiyosiy imtiyoz yoki qulaylik qonuni («zakon sravnitelnogo preimuhestva») nomini olgan. Bu qonunning asl mohiyati shundaki, har bir mamlakat o‘zining ichki imkoniyat va sharoitlaridan kelib chiqqan holda ma’lum mahsulotni boshqa davlatlarga qaraganda arzonroq, ya’ni kamroq xarajat bilan etishtiradi va uni bozorda oson realizatsiya qiladi. Sotilgan mahsulotning puliga o‘zida yo‘q, yoki etishtirishi qimmatroq, xarajatliroq tushadigan tovarni xarid qilib oladi. Bunday tovar ayirboshlash naqd pulsiz, «ayr-bosh», ya’ni barter usulida ham olib borilishi mumkin.

Bevosita ishlab chiqarishni joylashtirishga oid ilmiy g‘oyalar dastavval Germaniyada yaratilgan. Masalan, nemis mulkdori Iogan Genrix Tyunen XIX asrning 20-30-nchi yillarida o‘zining qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish bo‘yicha ilmiy fikrlarini maxsus asarlarida bayon qildi (ruscha nomi «Izolirovannoe gosudarstvo»).


Yüklə 327,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin