I.Tashkiliyqism:Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun jadvalli topshiriq beriladi.
O`quvchilar Osiyo va Yevropa shaharlarining o`rta asrlardagi hayotini taqqoslaydilar.
Shaharlar hayoti
Yevropa
Osiyo
Shaharlarning ko`rinishi
Shaharlarning hayoti
Shaharlarda savdo
Jadvalli topshiriqni to`liq ishlagan o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Dinning Yevropada tarqalishi. 2.Cherkovning bo`linishi. 3.Cherkov va davlat. 4.Dahriylarga qarshi kurash.
Dinning Yevropada tarqalishi. Bizga qadimgi dunyo tarixidan ma’lumki, xristianlik dini Yaqin SHarqda I asrda vujudga keladi. Xristianlikning asosini xalol xayot kechirish xamda toat-ibodat orqali inson va xudo orasida uyg’imlikka, muloqatga erishishga ishonch tashkil etadi.
Xristian dini IV asrdan german qabilalari orasida xam tarqala boshlaydi. Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni V asrning oxirida qabul qiladi. Keyingi asrda yangi dinga vestgotlar, Pireneya Yarim orolining tub axolisi xam o’tadi. Angliya va Irlandiya monastirlaridan etishib chiqqan serg’ayral roxiblar VI-VIII asrlarda Yevropaning eng chekka joylariga xam borib axolini xristianlikka o’tkazganlar. Skandinaviya axolisi (shvedlar, norveglar, finlar) bu diniy ta’limotni IX asrdan qabul qiladi.
Vengerlar IX asrda, polyaklar X asrda xristianlikka o’tsalar, Kiyev Rusi va Bolgariya X asr oxirlarida xristianlikning pravoslav mazxabini Vizantiyadan qabul qilgan. eng oxirida Yevropaning shimoliy-sharqidagi polab slavyanlari (XII asrda), pruss va litva qabilalari (XIII-XIV asrlarda) cho’qintirilgan.
Xristian dini Yevropada IV asrdan boshlab XIII-XIV asrlargacha tarqalgan.
CHerkovning bo’linishi. Rim imperiyasining 395-yili G’arbiy va SHarqiy Rimga bo’linishi cherkovni xam ajralishiga olib keldi. Frank qiroli ko’magida 756-yili Italiyada Rim papalari davlati - Papa viloyati tashkil topadi. Vizantiya cherkovi esa avvaldan davlatga bo’ysunuvchi, Konstantinopol patriarxi boshqaradigan diniy tashkilotga aylanadi.
SHarqiy Yevropada bolgarlarni cho’qintirishdagi raqobat 1054-yili xristian cherkovini rasman: g’arbiy katolik («jaxon») va SHarqiy provaslav («sof din», «chin e’tiqod») cherkovlariga bo’linishiga olib keldi. XI asr o’rtalaridan rim-katolik va yunon-pravoslav cherkovlari mustaqil faoliyat olib bormoqda.
Mazxablar orasidagi tafovutlar udum marosimlarda xam mavjud. Xususan, katoliklarda ibodatdan avval faqat ruxoniylar 1 chimdim non va 1 xo’plam vino bilan poklansalar, pravoslavlarda barcha dindorlar bunday xuquqqa ega bo’lishgan. Katoliklar 5 ta, pravoslavlar 3 ta barmoqlari bilan cho’qinganlar. G’arbda cherkov va’zlari lotincha, SHarqda esa yunon tilida olib borilgan. Katolik cherkovi barcha ruxoniylarga uylanishni taqiqlasa («selebat»), provaslavlarda faqat roxiblar oila qurmagan