SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI
Hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va
ginekologiya kafedrasi
20-amaliy mashg’ulot. Oqsil, vitamin, mineral moddalar almashinuvi
buzilishini aniqlash
Hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va
ginekologiya kafedrasi assistenti. v.f.n Eshburiev S.B
Samarqand- 2016
1.1. Amaliy mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi
O’quv soati: 2 soat
Talabalar soni: 29 nafar.
O’quv mashg’ulotining shakli
Kirish. Vizual materiallar.
Mashg’ulot rejasi
1.Oqsillar almashinuvi buzilishini aniqlash
tartibi va usullari.
2. Uglevodlar almashinuvi buzilishini aniqlash
tartibi va usullari.
3. Minerallar almashinuvi buzilishini aniqlash
tartibi va usullari.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga o’quv fani to’g’risida to’g’ri
tasovvurlarni berish.
Pedagogik vazifalar:
Hayvonlarda
modda
almashinuvi to’g’risida;
Modda almashinuvi buzilishini
aniqlash tartibi va usullari;
Modda almashinuvi buzilishini
turlarini
(oqsil,
uglevod,
mineral
va
vitamin
almashinuvini
buzilishini)
aniqlashni tushuntirish.
O’quv faoliyati natijalari:
Talabalar:
Modda almashinuvi buzilishini aniqlash tartibi
va usullarini;
Modda almashinuvi buzilishini turlarini (oqsil,
uglevod, mineral va vitamin almashinuvini
buzilishini) aniqlashni tushunib oladilar.
Ta’lim usullari
Aqliy hujum, blis-so’rov, kichik guruhlarda
ishlash
Ta’limning tashkiliy shakli
Ommaviy, jamoaviy.
Ta’lim vositalari
Matn. Plakat. Kodoskop. Videoproyektor.
Kompyuter.
Ta’lim berish sharoiti
Maxsus jixozlangan ma’ruzaxona.
20-amaliy
mashg’ulot
Mavzu: Oqsil, vitamin, mineral moddalar almashinuvi
buzilishini aniqlash
Monitoring va baholash
Og’zaki so’rov. Tezkor so’rov.
1.2. Mashg’ulotning texnologik xaritasi
Mashg’ulotning
bosqichlari
Faoliyat mazmuni
Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi
1.
Mashg’ulotga
kirish
(10 daqiqa)
1.1.
Mavzu.
Undan
kutiladigan
natijalar.
1.2. Rejani e’lon qilish.
1.1. Eshitadi, yozadi.
1.2. Savol beradi, aniqlik
kiritadi.
2. Asosiy qism
(60 daqiqa)
2.1. Tezkor savol-javoblar:
- giperproteinemiya nima?
- gipoproteinemiya nima?
- giperglikemiya nima?
- gipoglikemiya nima?
-mikroelementozlar nima?
-gipervitaminozlarni
qanday
tushunasiz?
2.2.Vizual
materiallardan
foydalanilgan
holda
ma’ruzaning
asosiy nazariy qismlari bayon qilinadi.
2.1.Eshitadi,
tushunchalarini aytadi,
o’ylaydi, javob beradi.
2.2. Eshitadi, jadvallar
mazmunini muhokama
qiladi va asosiy joylarini
yozib oladi.
3. Yakun
(10 daqiqa)
3.1. Mashg’ulotga yakun yasaydi va
talabalar e’tibori asosiy masalalarga
qaratiladi,
faol
talabalar
rag’batlantiriladi.
3.2. Uyga vazifa beriladi va
baholanadi.
3.1.
Eshitadi,
aniqlashtira-di.
3.2. Yozib oladi.
Tayanch iboralar: Assimilyasiya, dissimilyasiya, oqsil, yog’ uglevod,
vitamin va minerallar almashinuvi buzilishi turlari. Giperproteinemiya,
gipoproteinemiya,
giperglikemiya,
gipoglikemiya,
gipervitaminozlar,
gipovitaminozlar, avitaminozlar. Giyerkalsiyemiya, gipokalsiyemiya, giper-
fosforemiya, gipofosforemiya, koboltoz.
Hayvonlarning tirikligi, mahsuldorligi, yashashi modda almashinuvi bilan
taminlanadi. Hayvonlarning mahsuldorligi qancha yuqori bo’lsa ular organizmida
modda almashinuvi shuncha yuqori bo’ladi. Hayvonning saqlash va oziqlantirish
sharoiti genetik potensialiga mos bo’lsa moddalar almashinuvi me’yorda kechadi.
Modda almashinuvi buzilishi kasalliklari veterinariya amaliyotida ko’pincha
rasionda oqsil, uglevod, mineral moddalar, vitaminlar va biologik aktiv
moddalarning kamligidan, ayrim paytlarda ko’pligi natijasida rivojlanadi.
Hayvonlar organizmida modda almashinuvi buzilishi kasalliklari darhol
rivojlanmaydi. Chunki rasionda oqsil, uglevod, mineral moddalar, vitaminlar va
biologik aktiv moddalar yetishmaganda organizm o’zining zahirasini ishlatib
modda almashinishini me’yorda saqlaydi. Organizmda zahiralar tugagach modda
almashinuvi buzilishi kasalliklari rivojlana boshlaydi.
Olimlarning aniqlashicha organizmdagi zahira moddalar 40-50 kun davomida
modda almashinisi jarayonlarini me’yorda bo’lishini taminlaydi.
Oqsil almashinishi buzilganida diagnoz qo’yish uchun- rasion tarki-bidagi xazm
bo’luvchi proteinga, qand- oqsil nisbatiga, qonda esa umumiy oqsil miqdoriga,
glyukozaga, qand- oqsil nisbatiga, ishqor zaxirasi va keton tanachalariga e’tibor
beramiz.
Uglevod almashinuvi buzilganida diagnoz qo’yish uchun rasionda uglevodlar
miqdoriga, qonda esa glyukoza miqdoriga e’tibor beramiz.
Mineral almashinuvi buzilganida diagnoz qo’yish uchun rasionda Ca, P, K, Fe,
Mg, I, Co, Cu, Zn miqdoriga e’tibor beramiz. Qonda esa Ca, P, ishqor zaxirasi,
karotin va D vitamini miqdorini tekshiramiz.
Qondagi umumiy oqsil va oqsil fraksiyalarini aniqlash.
Qon zardobida kuruq moddalarning eng katta qismini oqsil tashkil etadi.
Qon zardobida oqsillardan asosan al’bumin va globulinlar uchraydi. Al’buminlar
asosan jigar hijayralarida hosil bo’ladi. Alfa-, beta- globunlarning hammasi,
gamma-globulinlarning
bir
qismi
ham
jigarda
sintezlanadi.
Gamma-
globulinlarning asosiy qismi plazmatik va limfositlar xujayralarda hosil bo’ladi.
Qon zardobidagi oqsillar qon yopishqoqligini ta’minlashda, kolloid-osmotik
bosimning bir me’yorda saqlanishini ta’minlaydi; ko’pgina moddalar oqsil bilan
birikib, to’qimalarga yetkaziladi (vitamin S, K, R, antibiotiklar, oraliq modda
almashinishi mahsulotlari al’buminlarga birikib, moy kislotalari, o’t kislotasi
tuzlari, o’t pigmentlari, gematin, karotin, vitaminlardan A, D, E, V
12
, temir, mis,
gemoglobin globulinlarga birikib to’qimalarga yetkaziladi), qonning rN
ko’rsatgichining, qon uyushishining, immun tizimining me’yorda saqlanishini
ta’minlaydi. Shuning uchun qonda umumiy oqsilni va oqsil fraksiyalarini aniqlash,
hayvonlarning sog’lom yoki kasalligini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Qon zardobidagi umumiy oqsil refraktometr yoki biuret usullarida aniqlansa, oqsil
fraksiyalari elektroforez usulida aniqlanadi.
Qon zardobidagi umumiy oqsil miqdorini aniqlash
(refraktometrik usul).
Usulning prinsipi tekshirayotgan moddalarning yorug’likni sindirish
(refraksiya) kursatkichini (koeffisiyenti) aniqlashga asoslangan. Sindirish
kursatkichi deb, yorug’likning tushish burchagi sinusining uning sinish burchagiga
aytiladi. Qon zardobida refraksiya kursatkichi birinchi navbatda undagi umumiy
oqsil miqdoriga bog’liq.
Reaktiv va asbob-uskunalar: RDU, IRF, URL tipidagi refraktometr,
distillangan suv, etil spirtining efir bilan aralashmasi (1:1), pipetkalar, momiq
tampon, qon zardobi namunalari.
Tekshirishning borishi. Refraktometrning yuqori va pastki kamerali spirt-
efiriga botirilgan doka bilan namlanadi va momiq tampon bilan quritiladi. Sindirish
koeffisiyenti shkalasining okulyari eng pastki holatiga keltiriladi. Kameraning
pastki bo’lagi tushirilib, prizma ustiga 1-2 tomchi distillangan suv tomiziladi.
Kamera yopiladi, shkala okulyari va ko’rish trubkasining okulyarida tiniqlik
topilgach, dastlabki holatga keltiriladi. Shkala okulyarning chizig’i 1,3330 raqami
ustiga (suvning sindirish ko’rsatkichi) keltiriladi va ko’rish trubkasi orqali o’zaro
kesishgan ikki perpendikulyar chiziq va soya chegarasi bir biri bilan tutashtiriladi.
Prizmaning yuzasi surtib quritilgach, shisha tayoqcha yordamida pastki
prizma yuzasiga 1-2 tomchi qon zardobi tomiziladi va kamera yopiladi. Oyna
yordamida kameraga yorug’lik beriladi va soya chegarasi o’zaro kesishgan ikki
perpendikulyar chiziq o’rtasiga yetguncha vint buraladi.
Okulyar orqali ko’rsatkichlar shkalasi bo’yicha chiziq ustidagi raqam topiladi.
Doka bilan prizma ustidagi qon zardobi surtib olinadi, avval quruq paxta tampon
va keyin spirt efirga botirilgan tampon bilan prizma artiladi va navbatdagi namuna
tekshiriladi.
Umumiy oqsil miqdori refraktometrning sindirish ko’rsatkichlari asosida
jadvalga qarab topiladi.
Klinik ahamiyati. Gipoproteinemiya - hayvonlar o’zoq vaqtlar davomida
och qolganda, elementar osteodistrofiya, urov kasalligi, gipokobaltoz, enzootik
buqoq, oshqozon-ichak kanalining surunkali buzilishlari, nefrit va nefroz, jigar
sirrozi, tuberkulyoz va boshqa kasalliklar paytida kuzatiladi.
Giperproteinemiya - o’rta oqsilli oziqlantirish, ketoz, ikkilamchi
osteodistrofiya, jigar distrofiyasi va gepatit, og’ir kechuvchi diareyalar,
organizmning suvsizlanishi, o’tkir yallig’lanish jarayonlari, sepsis va boshqa
kasalliklarda kuzatiladi.
Qondagi keton tanachalarini aniqlash.
Keton tanachalari (beta-oksimoy kislotasi, asetosirka kislotasi va aseton)
organizmda asosan jigarda va qisman buyraklarda hosil bo’ladi. Bundan tashqari
keton tanachalari kavshovchi hayvonlarning katta qorin va sut bezlari devorida
moy kislotalarining oksidlanishi natijasida hamda uglevod va ayrim
aminokislotalar almashinishi jarayonlarida ham hosil bo’ladi. Organizmda modda
almashinishi meyorda kechganda asetosirka kislotasi uchkarbon kislotalari
reaksiyalari jarayonlariga ko’milib, korbonat angidirit gazi va suv hosil bo’lguncha
parchalanadi. Oqsil-moy kislotasi esa oksidlanib, yuqori moy kislotalariga
aylanadi, bu moy kislotalari keyinchalik neytral moy kislotalari va boshqa
lipidlarning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Qondagi keton tanachalari miqdori S.M.
Leytes va A.I.Odinova takomillashtirgan Engfeldning yodometrik usulida yoki
R.Ya.Trubkaning mikrodiffuz usulida yoki Lestrade reaktivi yordamida aniqlanadi.
Sog’lom hayvonlar qonida quyidagi miqdorda keton tanachalari saqlanadi:
Hayvon
turi
O’lchov birligi Keton tanachalari
Beta- oksi
moy kislotasi
Asetosirka
kislotasi
va
aseton
jami
Qoramol
Mg\100ml
0,8-4,6
0,2-1,4
1,0-6,0
Mmol\l
0,14-0,79
0,03-0,24
0,17-1,03
Qo’y, echki
Mg\100ml
-
-
3,0-7,0
Mmol\l
-
-
0,52-1,2
Cho’chqa
Mg\100ml
-
-
0,5-2,5
Mmol\l
-
-
0,09-4,3
Eslatma: keton tanachalari mg\100ml dan mmol\l ga o’tkazish uchun mg\100ml
ko’rsatgichi 0,1722 kaefsentga ko’paytiriladi.
Kasalliklar paytida qonda keton tanachalari miqdorining oshishiga ketonemiya
deyiladi va bu sog’in sigirlarning ketoz kasalligida, endometrit, qandli diabet,
gipokobaltoz kasalliklarida hamda hayvon surunkali och qolganda rivojlanadi.
Qondagi keton tanachalari miqdorini aniqlash (Yodometrik usul).
Usulning prinsipi. Oqsil filtrati ustiga xromli aralashma qo’yish va qaynatish
orqali asetosirka va betta-oksimoy kislotalaridan hisol bo’lgan erkin aseton
ajratiladi (haydaladi). Distillyatordagi barcha haydalgan aseton yod bilan
biriktirilgan holda aniqlanadi. Aseton ishqorli muhitda yod bilan birikib yodoform
va natriy yoditni hosil qiladi. Ortiqcha yod sulfat kislotasi yordamida va yod
giposulfat eritmasi yordamida chiqarib yuboriladi va giposulfit eritmasi yordamida
aniqlanadi. Qiyosiy va tajriba namunalari o’rtasida farqga qarab birikgan yod
topiladi.
Jihoz, reaktiv va asbob-uskunalar:
-keton tanachalarini aniqlash uchun ishlatiladigan 5-10 ta pribor (haydash
apparati) ochiladigan shkafga montaj qilinadi;
1.
5-10 dona elektr plitkasi;
2.
2-5 ml hajmdagi mikrobyuretkalar;
1.
75-100 ml hajmdagi kimyoviy stakanchalar;
2.
0,3n (0,3 mol/l) uyuvchi natriy eritmasi;
3.
5%-li rux sulfat (ZnSO
4
7H
2
O) eritmasi;
4.
bixromat aralashmasi: 20g kaliy bixromat, 200 ml konsentrlangan
sulfat kislotasi olinadi va ustiga distillangan suv solinib, hajmi 1 l.gacha
yetkaziladi;
5.
20%-li sulfat kislotasi eritmasi (hajm hisobida);
6.
10%-li uyuvchi natriy eritmasi;
7.
0,01n. (0,005 mol/l) yod eritmasi bevosita tekshirishlar oldidan
fiksanaldan tayyorlangan 0,1n yod eritmasidan tayyorlanadi;
8.
0,01n. (1,01 mol/l) natriy sulfat eritmasi (Na
2
CO
3
+ N
2
O) fiksanaldan
tayyorlangan 0,1n. (0,1 mol/l) eritmadan tayyorlanadi;
9.
1%-li kraxmal eritmasi.
Reaktivlar. 1) 0,3n. (0,3 mol/l) uyuvchi natriy eritmasi. 2) 5%-li sulfat
(ZnSO
4
. 7H
2
O) eritmasi. 3) Bixromat aralashmasi: 20 g bixromat kaliy 200 ml
konsentrlangan sulfat kislotasi solinadi va distillangan suv bilan 1 litrgacha
yetkaziladi.
Bir litrlik o’lchov kolbasiga 400-600 ml distillangan suv solinadi, ustiga
ehtiyotkorlik bilan 200 ml sulfat kislotasi solinadi. Doimo quzg’ab turish
yordamida uning ustiga 20 g maydalangan bixromat kaliy solinadi. Modda to’liq
erigandan keyin va reaktiv sovigach distillangan suv yordamida kolba belgisigacha
yetkaziladi. 4) 20%-li sulfat kislotasi eritmasi (hajmi bo’yicha). 5) 10%-li uyuvchi
natriy eritmasi. 6) 0,01n. (0,005 mol/l) yod eritmasi (fiksanaldan tayyorlangan
0,1n. yod eritmasidan tayyorlanadi). 0,01 n. yod eritmasining titri har safar 0,01 n.
tiosulfat natriy (giposulfat) eritmasi bo’yicha tekshiriladi. 7) 0,01 n (0,01 mol/l)
natriy sulfat eritmasi (Na
2
SO
4
. 5H
2
O), fiksanal tayyorlangan 0,01 n. (0,1 mol/l)
eritmadan tayyorlanadi. 8) 1%-li kraxmal eritmasi - oldindan tuyingan natriy xlorid
eritmasi tayyorlanadi va 100 ml o’lchov kolbasiga yarmidan ko’proq qilib solinadi.
1 g eruvchan kraxmal probirkada bir necha ml distillangan suvda qaynayotgan
holda eritiladi va natriy xlorid eritmasi solingan kolbaga solinadi, natriy xlorid
eritmasi bilan kolba belgisigacha yetkaziladi. Eritma ko’p saqlansa ham
buzilmaydi, yod bilan birikkanda tiniq ko’k rang berishi kerak.
Tekshirishning borishi.
A) samodji bo’yicha oqsilsiz filtrat tayyorlash. 5 ml qonga 25 ml distillangan
usv, 10 ml 0,3 n. uyuvchi natriy eritmasi qo’shiladi, qo’zg’atilib aralashtiriladi,
keyin 10 ml 5%-li rux sulfat eritmasi qo’shiladi, qo’zg’atilib aralashtiriladi va 10
daqiqa o’tgach qog’oz filtrdan o’tkaziladi. Bunda qonning suyultirish darajasi 1:10
bo’ladi.
B) Keton tanachalarining umumiy miqdorini aniqlash. Bevosita ishni
boshlashdan oldin muzlatgich qo’shiladi va haydash kolbasiga distillangan suv
quyib unga bir tekis qaynashi uchun pemza qushib, apparat 20 daqiqa davomida
oqma bo’g’ yordamida tozalanadi. Qabul qilgich stakanchaga 20 ml distillangan
suv 2 ml 0,01n. yod eritasi, 2 ml 10%-li uyuvchi natriy eritmasi solinadi va
haydovchi apparatning xolodilnigi tagiga quyiladi (uning uchi suyuqlikga kirib
turishi uchun). Haydash kolbasiga 10 ml qon filtrati, 15 ml bixromat aralashmasi
va 10 ml distillangan suv quyiladi. Shunga parallel ravishda apparatda qiyosiy
namuna tayyorlanadi: haydash kolbasiga 20 ml distillangan suv va 15 ml bixromat
aralashmasi solinadi. Priborlar yopiladi, xolodilniklar suvga tutashtiriladi va
elektroplitkalar yoqiladi. Tajriba namunalari 25 daqiqa, qiyosiy namunalar 15
daqiqa qaynatiladi. Issiqlik o’ziladi va haydash kolbalari chiqarib olinadi,
xolodilnik biroz distillangan suv bilan chayqab olinadi. Qabo’l qiluvchi
stakanchaning qopqog’i yopiladi va 15-20 daqiqa qorong’i joyda saqlanadi.
Belgilangan vaqt o’tishi bilan qabul qiluvchi stakanchaga tezlik bilan 2 ml 20%-li
sulfat kislotasi eritmasi solinadi, ustiga 2-3 tomchi 1%-li kraxmal eritmasi
qo’shilib, 0,01n. giposulfat eritmasi bilan eritma rangsizlantirilgunga titrlanadi.
Hisoblash quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:
Xmg% = (A - V) x 0,25 x 100, bu yerda
X -keton tanachalar miqdori, ml%;
A - qiyosiy namunadagi erkin yodni titrlashga ketgan 0,01n. giposulfat
eritmasining miqdori, ml;
V - tajriba namunasidagi erkin yodni titrlashga ketgan 0,01n. giposulfat
eritmasining miqdori, ml;
0,25 - 1 ml 0,01n. yod eritmasi 0,2 mg asetonni biriktiradi;
100 - mg% ga aylantirish koeffisiyenti.
V) Aseton va asetosirka kislotalarini aniqlash. Qabo’l qiluvchi stakanchaga 20
ml distillangan suv, 2 ml 0,01n. yod eritmasi, 2 ml 10%-li uyuvchi natriy eritmasi
solinadi. Haydash apparatining xolodilnigi tagiga quyiladi. Haydash kolbasiga 10
ml qon filtradi, 1ml 20%-li sulfat kislotasi eritmasi va 15 ml distillangan suv
solinadi. Paralell ravishda 2 ta qiyosiy namuna tayyorlanadi. Xaydash kolbasiga 25
ml distillangan suv va 1 ml 20%-li sulfat kislota eritmasi solinadi. Sistema
yopiladi, elektroplitkalar qushiladi va qiyosiy namuna 15 daqiqa, tajriba
namunalari 25 daqiqa qaynatiladi. Keyingi tekshirishlar keton tanachalarining
umumiy miqdorini aniqlashdagidek bo’ladi.
Hisoblash quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:
Xmg% = (A-V) x 10,24, bu yerda
A - qiyosiy namunadagi erkin yodni biriktirishga sarf bo’lgan 0,01n.
giposulfit eritmasi miqdori, ml;
V - tajriba namunasidagi erkin yodni biriktirishga sarf bo’lgan 0,01n.
giposulfit eritmasi miqdori, mg;
10,24 - mg% ga aylantirish koeffisiyenti, 1 ml 0,01 n. yod eritmasi 10,24 mg
asentonga to’g’ri keladi. Tajriba namunasidagi filtrat miqdori 10,24 (0,1020 x
100) ga ko’paytirilsa 100 ml qondagi aseton va asetosirka kislotasi miqdoriga
to’g’ri keladi.
Sog’lom hayvonlar qon zardobidagi umumiy oqsil va oqsil fraksiyalari miqdori
quyidagi jadvalda keltirilgan:
Hayvon
turlari
Umumiy oqsil
Oqsil fraksiyalari (%)
g/100 ml g/l
albuminlar
globulinlar
al’fa
batta
gamma
Qoramol
7,2-8,6
72-86
30-50
12-20
10-16
25-40
Qo’y
6,0-7,5
60-75
35-50
13-20
7-11
20-46
Cho’chqa 6,5-8,5
65-85
40-55
14-20
16-21
17-25
Ot
6,5-7,8
65-78
35-45
14-18
20-26
18-24
It
5,9-7,6
59-76
48-57
10-16
20-25
10-14
Quyon
6,0-8,2
60-82
55-65
8-12
7-13
17-23
Parranda
4,3-5,9
43-59
31-35
17-19
11-13
35-37
Hayvonlar uzoq muddatda yetarli oziqlantirilmasa, rasionda oqsil miqdori kam
bo’lsa, oziqlar tarkibida aminokislotalar miqdori muvofiqlashtirilmagan bo’lsa,
oshqozon-ichak kasalliklarida oqsil hazimlanishi va surilishi buzilsa; rasionda
uglevodlar, makro-, mikroelementlar va vitaminlar yetishmasa, buyrak va jigar
kasalliklarida, qon oqishlarda, abssess va havfli o’smalarda, paratuberkulyoz va
tuberkulyoz kasalliklarida, sepsisda teylerioz, isitma va zaharlanishlarda qon
zardobida umumiy oqsil miqdori kamayadi (gipoproteinemiya).
Rasionda oqsil miqdori ko’payganda, uglevodli oziqalar, karotin yetishmaganda,
kalsiy-fosfor nisbati buzilganda, D vitamini yetishmaganda, kuchli ich ketishida,
gepatit, diabet, flegmona va sepsisda, og’ir kechadigan yuqumli kasalliklarda,
o’tkir yallig’lanish rivojlanganda qon zardobida umumiy oqsil miqdori ko’payadi
(giperproteinemiya).
Qon zardobidagi karotinni aniqlash.
Karotin oziqalarda saqlanadi, karotinoid pegmentlari guruhiga kirib,
provitamin A hisoblanadi. Karotin o’simlik oziqalari, sut, uviz, tuxum sarig’i, jigar
va baliq yog’ida ko’p bo’ladi, asosan β-karotin biologik faollik xususiyatiga ega.
β-karotin ingichka ichakda va jigarda karotinaza fermenti ishtirokida ikki molekula
suvni biriktirib olib, ikki molekula A vitaminiga (retinol ) aylanadi.
Organizmda karotin va A vitamini jigarda to’planadi. A vitamini organizmda
epiteliya xujayralarida kechadigan oksidlanish reaksiyalarida ishtirok etadi,
ko’zdagi yorug’likni qabul qiluvchi ko’rish purpuri (rodopsin) tarkibiga kiradi,
xolesterin sintezi uchun zarur hisoblanadi; oqsil, uglevod, lipid almashinishida
ishtirok etadi; fosfor birikmalarining hazimlanish jarayonlarini tezlashtiradi,
organizmning rezistentlik xususiyatining yuqori bo’lishini ta’minlab, yuqumli va
invazion kasalliklarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi, immunogenez
jarayonlarida ishtirok etadi, leykositlarning fagositor xususiyatini oshiradi,
hayvonlarda antitela hosil bo’lishini, o’sishi va rivojlanishini faollashtiradi.
Qon zardobidagi karotin V.F. Koromыslov va L.A. Kudryavseva usulida, petroley
efiri yoki benzin yordamida oqsillar cho’ktirilib, rangsiz, tiniq suyuqlik FEK-M
apparatida aniqlanadi.
Qon zardobida karotin miqdorining kamayishiga gipokarotinemiya deyiladi.
Karotin yetishmasa yangi tug’ilgan va yosh hayvonlar o’sishdan qoladi, tirik vazni
kamayadi, ko’z va shilliq pardalar yallig’lanib, kon’yunktivit, laringit,
bronxopnevmoniya, dispepsiya, gastroenterit, orxit, metrit, vaginit, nefrit, uretrit va
boshqa kasalliklar rivojlanadi. Asta sekinlik bilan hayvonning ko’rish qobiliyati
pasayadi yoki umuman ko’rmaydi, qisir qoladi, homila yo’ldoshining ushlanib
qolishi, mahsuldarlikni pasayishi, bo’g’oz hayvonlarda bola tashlash kuzatiladi.
Karotin va A vitaminining yetishmovchiligiga yosh hayvonlar o’ta sezgir bo’ladi.
Qon zardobidagi umumiy kalsiy miqdorini aniqlash.
Kalsiy hayvon organizmidagi suyaklarning mineral qismi tarkibiga kiradi; qonning
uyuushish jarayonlarida ishtirok etadi; xujayra membranalarining zichligini
oshirish orqali zararli moddalarning organizmga so’rilishini pasaytirish orqali
organizmning ximoya vazifalvrini oshiradi;
Leykositlarning fagositoz faolligini oshiradi; muskul to’qimasi va asabning
qo’zg’alishining me’yor darajasida bo’lishini ta’minlaydi; to’qima kolloidlarning
suvini biriktirish qobiliyatini pasaytiradi; yurak muskullarining tonusini (hayotiy
faollik darajasini) oshirish orqali sistolik qisqarishini kuchaytiradi; vegetativ nerv
sistemasining simpatik bo’limi tonusini oshiradi; har xil fermentativ jarayonlarda
ishtirok etadi; fermentlarni faollashtiradi; tuxum hujayralarining otalanishi uchun
zarur element hisoblanadi.
Kalsiy asosan ingichka ichaklarning oldingi qismida organizmga so’rilsa,
yo’g’on ichaklar, buyraklar, jigar orqali hamda sut beruvchi sigirlarda sut orqali
organizmdan chiqariladi.
Organizmda kalsiy ultrafiltrlanuvchi, kalloidli; oqsil bilan birikkan, ion
almashinuvchi va kislotada eruvchi shakillarida uchraydi. Kalsiy almashinishini
qalqonoldi bezi va D vitamini bashqaradi. Qon zardobidagi umumiy kalsiy
miqdori trilon B bilan kompleksonometrik usulda (kompleksonom III) yoki
mureksid indekatori yordamida (D. Ya. Luskiy takomillashtirgan Gols usuli)
yordamida aniqlanadi.
Qon zardobidagi umumiy kalsiy miqdori har xil hayvonlarda har xil bo’ladi.
Sog’lom hayvonlar qon zardobidagi umumiy kalsiy, magniy va anorganik fosfor
miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan.
Hayvon turlari Umumiy kalsiy
Magniy
Anorganik fosfor
Mg/100
ml
Mmol/l
Mg/100
Ml
Mmol/l
Mg/100
ml
Mmol/l
1
Qoramol
10,0-12,5
2,5-3,13
2,0-3,0
0,82-1,23
4,5-6,0
1,45-1,94
2
Qo’y
9,5-13,5
2,38-
3,38
2,0-3,5
0,82-1,44
4,5-7,5
1,45-2,48
3
Echki
11,0-13,0
2,75-
3,25
-
-
6,0-8,0
1,94-2,58
4
Tuya
9,1-13,3
2,28-
3,33
-
-
5,1-7,6
1,65-2,45
5
Ot
10,0-14,0
2,5-3,5
2,0-3,0
0,82-1,23
4,2-5,5
1,36-1,76
6
Cho’chqa 10,0-14,0 2,5-3,5
2,5-3,5
1,03-1,44
4,0-6,0
1,29-1,94
7
It
10,0-12,5
2,5-3,13
2,0-3,4
0,82-1,40
3,0-4,5
0,97-1,45
8
Quyon
8,5-10,5
2,12-
2,68
2,0-3,8
0,82-1,56
2,5-3,5
0,81-1,13
9
Tovuq
15,0-27,0
3,75-
6,75
2,0-2,7
0,82-1,11
3,8-5,6
1,23-1,81
Eslatma: Mg/100ml - ni mmol/l ga aylantirish koeffisiyenti quyidagicha:
umumiy kalsiy uchun - 0,25; magniy uchun - 0,411; anorganik fosfor uchun -
0,323;
Qon zardobiga umumiy kalsiy miqdorining kamayishiga gipokalsiyemiya deyiladi
va bu raxit, osteodistrofiya, uremiya, nefroz, nefrit, tug’ishdan keyingi parez,
bronxopnoyevmoniya, plevrit, anemiya, leykoz, qandli deabet, dispepsiya
kasalliklarida; hayvonga yetarli miqdorda oziqa berilmaganda, o’tkir kechadigan
og’ir kasalliklarda, surunkali sepsisda, qalqonsimon va oshqozon osti bezlari
yallig’langanda,
tuberklyoz,
paratuberkulyoz,
fasiolyoz
kasalliklarida,
zaharlanishlarda kuzatiladi.
Qon zardobida umumiy kalsiy miqdorining ko’payishiga giperkalsiyemiya deyiladi
va bu D gipervitaminozida, yurak yetishmovchiliklarida, peritonit, gangerina,
gepatitda uchraydi.
Qon zardobida umumiy kalsiy miqdori 7,4 mg%gacha kamaysa hayvonlarda asab
ishi buzilib tetaniya rivojlanadi.
Qon zardobidagi anorganik fosfor miqdorini aniqlash.
Fosfor fizialogik faol elementlardan biri hisoblanib, hayvon organizmi
yashashi uchun zarurdir. Fosforning 85% suyaklarda saqlanadi va kalsiy bilan
birgalikda suyaklarning xususiyati va vazifasini amalga oshirilishini taminlaydi.
Bundan tashqari fosfor muskullar (8-9%) asab to’qimasi (0,7%), va qon (0,2%)
tarkibiga kiradi: qonning fosfat buferi, kislota ishqor muvozanatini saqlashda,
fermentativ jarayonlarni boshqaradigan fermentlar faolligini ta’minlashda,
organizmda energiyani tashuvchi moddalar (ADF, ATF, fosfogen) tarkibiga kirib,
organizmda moddalar almashinishi jarayonlarini me’yorida saqlaydi.
Organizmdagi umumiy fosfor tarkibiga anorganik fosfor (fosfor kislotasi
tuzlari) va organik fosfor (fosfolipidlar, fosfatlar, lipidli fosfor; fosfor
nukleoproteidlar, fosfoproteidlar, adenozindifosfor va adenozintrifosfor kislotalari,
geksofosfatlar, triozofosfatlar) kiradi. Klinik ahamiyatga ega bo’lgan anorganik
fosfor saqlanadi.
Fosfor hayvon organizmiga asosan ingichka ichaklardan so’riladi, ingichka
ichaklarda fosforning so’rilishini u yerdagi ishqoriy muhit ta’minlaydi. Ichak
ichidagi moddalarda kalsiy va magniy ko’p bo’lsa, vitamin D yetishmasa
fosforning so’rilishi yomonlashadi. Fosfor organizmdan asosan siydik orqali, kam
miqdorda tezak orqali, sut beradigan sigirlarda sut orqali chiqariladi.
Hayvon organizmida fosforning almashinishini qalqonsimon, qalqonsimonoldi
bezlari, D vitamini va buyraklar boshqaradi. Qon zardobidagi anorganik fosfor
V.F.Koromыslov va L.A.Kudryavseva takomillashtirgan Ammon va Ginsburg
usulida (askorbin kislotasi yordamida) aniqlanadi.
Qon zardobi olingan zahoti anorganik fosforni aniqlash zarur. Chunki qon
zardobi saqlanganda organik fosfor birikmalari parchalanib, anorganik fosfor
miqdori ko’payadi.
Kasalliklar paytida yoki noto’g’ri oziqlantirilganda qon zardobidagi anorganik
fosforning miqdori o’zgaradi. Anorganik fosfor miqdorining kamayishiga
gipofosfatemiya deyiladi va bu raxit, osteodistrofiya, D gipovitaminozi,
giperparatireoz, atrofik rinit kasalliklarida bo’lishi mumkin. Anorganik fosfor
mifdorining ko’payishiga giperfosfatemiya deyiladi va bu muskullar zo’riqganda,
gipoparatireoz, D gipervitamiozi, nefrit, piyelonefrit, nefroz, leykoz kasalliklarida,
suyak singanda; jigar atrofiyasida, natriy xlorid bilan zaharlanganda kuzatiladi.
Qon zardobidagi magniy miqdorini aniqlash.
Magniy organizmda ko’pgina jarayonlarda ishtirok etadi va katta fiziologik
ahamiyatga ega. Magniy suyak tarkibiga kiradi (suyakdagi barcha mineral
moddalarning 1,5 foizini tashkil etadi), muskullarning qisqarishi jarayonida
ishtirok etadi, fosforning organik moddalar bilan birikishini faollashtiradi,
adenozintrifosfor kislotasining hosil bo’lishini tezlashtiradi, organizmda properdin
tizimining hosil bo’lishini faollashtirish, antitellalarning ishlab chiqarilishini
yaxshilash orqali tabiiy rezistentlikning me’yorida saqlanishini taminlaydi;
ko’pgina fermentlarning faolligini oshiradi, asetilxolin sintezida ishtirok etadi;
markaziy asab tizimiga tormozlovchi (faoliyatini chegaralovchi) ta’sir ko’rsatadi.
Magniy asosan ingichka ichaklarda so’riladi, ortiqcha magniy organizmdan siydik
orqali chiqariladi. Organizmdagi ortiqcha magniy suyak to’qimasida saqlanadi.
Magniy almashinishi qalqonsimon, qalqonoldi va buyrak usti bezlari orqali
boshqariladi.
Qon zardobidagi magniy kolorimetrik usulda sariq titan yoki tayyor
reaktivlar to’plami holida chiqariladigan magon (“Laxema” reaktivlar to’plami)
yordamida, rangli reaksiyada aniqlanadi.
Kasalliklarda qon zardobida magniy miqdori kamayishi yoki ko’payishi mumkin.
Magniy miqdorining kamayishiga gipomagniyemiya deyiladi va bu hayvon
organizmiga ko’p miqdorda kaliy yoki azod moddalari tushganda (bahorda ko’p
miqdorda yosh ko’k o’tlarni yeganda), alimentar osteodistrofiya, tug’ishdan
keyingi parez kasalliklarida, diareyada, rasionda oqsil, mineral moddalar
yetishmaganda, jigar serrozida, raxitda, pankreatitda kuzatiladi. Magniy
miqdorining ko’payishiga gipermagniyemiya deyiladi va bu buyrak kasalliklarida,
gipertireoidozda, jigar kasalliklarida rivojlanadi.
Qondagi glyukoza miqdorini aniqlash.
Uglevodlar organizmda asosan energiya talabini qondirish uchun xizmat
qiladi. Organizmda uglevodlardan asosan glyukoza energiya manbai bo’lib hizmat
qiladi. Oziqa uglevodlari ichakda hamzlanishi jarayonida monomerlargacha
(monosaxaridlar: glyukoza, fruktoza va galaktoza) parchalanadi. Hosil bo’lgan
fruktoza va galaktoza ichak devorlarida ichak fosfotazasi ta’sirida fosforlanish
reaksiyasi orqali glyukozaga aylanadi. Glyukoza ichaklardan qonga so’rilib,
to’qimalarga boradi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ortiqcha glyukoza
jigarda, muskullarda va boshqa to’qimalarda glikogen holatida zahira holatida
to’planadi.
Kavshovchi hayvonlarda oziqadagi asosiy uglevodlar fermentasiya jarayoni
natijasida uchuvchi moy kislotalariga aylanadi va organizmga so’riladi. Shuning
uchun bu hayvonlarda ichaklarga oz miqdorda qoldiq uglevodlar tushadi va
hazmlanish jarayonida glyukozaga aylanib qonga so’riladi. Organizmga so’rilgan
propion kislotasidan asosan glyukoza sintezlanadi. Organizmda glyukozaning
miqdorini me’yor darajasida saqlashda oshqozon osti bezi (insusin, glyukogon
gormonlari),
gipotalamus,
gipofiz
(AKT
gormoni)
buyrak
usti
bezi
(glyukokortikosteroid gormonlari, adrenalin, noradrenalin), qalqonsimon bez
(tireoid gormonlari), simpatik nerv tizimi ishtirok etadi. Qondagi glyukoza miqdori
ortotoluidin usulida aniqlanadi. Sog’lom hayvonlar qonida glyukoza miqdori
quyidagi jadvalda keltirilgan.
Sog’lom hayvonlar qonidagi glyukoza miqdori
Hayvon
turi
Glyukoza
Hayvon turi
Glyukoza
Mg\100ml Mmol\l
Mg\100ml Mmol\l
Qoramol
Qo’y
Cho’chqa
40-60
35-60
45-75
2,22-3,33
1,94-3,33
2,50-4,16
Ot
It
Quyon
Tovuq
55-95
60-80
75-95
80-140
3,05-5,27
3,33-4,44
4,16-5,27
4,44-7,77
Eslatma: glyukoza miqdorining mg\100ml-dan mmol\l-ga o’tkazish koyeffsenti
0,0555-ga teng.
Kasalliklarda va noto’g’ri oziqlantirilganda qon tarkibida glyukoza miqdori
kamayishi yoki ko’payishi mumkin. Qonda glyukoza miqdorining kamayishiga
gipoglikemiya deyiladi va bu me’yor asosida oziqlantirilmaganda, ketoz,
dispepsiya, teylerioz, leykoz, A gipovitaminoz kasalliklarida, jigar kasalliklarida,
buyrak usti va qalqonsimon bezlari ishi pasayganda kuzatiladi. Qonda glyukoza
miqdorining ko’payishiga giperglikemiya deyiladi va bu qandli diabetda, qandning
oziqalar bilan ko’p miqdorda tushganida, stressorlar ta’sir etganda, buyrak usti bezi
ishi kuchayganda, V va S gipovitaminozlarida, buyrak va jigar kasalliklarida,
oshqozon oldi bo’limlari atoniyasida, o’tkir yallig’lanishlarda rivojlanadi.
Qon zardobidagi temir miqdorini aniqlash.
Hayvon organizmida temir muhim elementlardan biri hisoblanadi. Temir elementi
organizmda nafas pigmentlari (gemoglobin va mioglobin), xujayra nafas
fermentlari (katalaza, peroksidaza, sitoxromlar) tarkibiga kirishi bilan muhimdir.
Temir asosan ingichka ichaklarda ikki valentli temir birikmasi shaklida so’riladi.
Organizmda temir elementi yetishmasa oshqozon va yo’g’on ichaklarda ham
so’riladi. Ichak shilliq pardalarida temir apoferritin bilan birikib, uch valentli
ferritinni hosil qiladi. Uch valentli temir birikmasi organizmga so’rilmaydi.
Shuning uchun uch valentli ferritinga ksantinooksidaza fermenti ta’sir etishi
natijasida temirning ikki valentili birikmasi hosil bo’ladi va organizmga so’riladi.
Organizmga so’rilgan temir birikmasi transferrin oqsili bilan birikib, qizil ilik, jigar
va boshqa organlarga yetkaziladi. Temir birikmalarining organizmga so’rilishi mis
va V
12
vitaminning mavjudligiga bog’liq. Organizmga so’rilgan temirning yarmisi
gemoglobin tarkibida; 10-15% mioglobinda, 20% zahira holida (ferritin va
gemosiderin shaklida) jigarda, taloqda, qizil illikda; 10-15% temir saqlovchi
fermentlarda saqlanadi. Organizmda temir elementining asosiy qismi gemoglobin
tarkibida bo’ladi; gemoglobinning sintezlanishi uchun yetarli miqdorda
organizmda mis, kobalt va V
12
,
V
6
vitamini bo’lishi lozim.
Gemoglobin o’z vazifasini bajarib bo’lgach organizmda globin (oqsil) va
gematinga (temir saqlovchi modda) parchalanadi. Erkin holda ajralgan temir beta-
globulin bilan birikib transferrinni hosil qiladi va qizil ilikda to’planadi. Qizil
ilikda temir elementi retikulyar xujayralar orqali eritroblastlar sitoplazmaga
yetkaziladi va yangi gemoglobin molekulasining sintezlanishida ishlatiladi. Zahira
holidagi temir ferritin va gemosiderin holida jigar va taloqda to’planadi. Temir
elementi organizmdan tezak, siydik, o’t suyuqligi va sut bilan chiqariladi.
Qon zardobidagi temir miqdori batofenantrolin usulida aniqlanadi. Sog’lom
hayvonlar qon zardobidagi temir, mis va kobalt miqdori quyidagi jadvalda
keltirilgan.
Hayvon
turi
Temir (qon zardobida) Mis (qonda)
Kobalt (qonda)
Mkg\100ml Mkmol\l Mkg\100ml Mkmol\l Mkg\100ml Nmol\l
Qoramol
90-110
16,1-
19,7
75-95
11,8-
14,9
3-5
509-
841
Qo’y
110-130
19,7-
23,3
50-70
7,9-11,0 1,5-4
254-
679
Cho’chqa 160-200
28,6-
35,8
200-240
31,4-
37,7
2,5-5
424-
848
Ot
110-130
19,7-
23,3
-
-
1-5
170-
848
It
100-120
17,9-
21,5
75-95
11,8-
14,9
1,5-2,5
254-
424
Kuyon
100-140
17,9-
25,0
90-110
14,2-
17,3
2-3
339-
509
Tovuq
160-200
28,6-
35,8
50-70
7,9-11,0 2-3
339-
509
Eslatma: mkg\100ml ni mkmol\l yoki nmol\l ga aylantirish koeffisiyenti: temir
uchun- 0,179 ga; mis uchun- 0,157 ga; kobalt uchun 169,69 ga teng.
Kasalliklarda va oziqa bilan mis elementining organizmga so’rilishining
buzilishida qon zardobida temir elementi me’yorga nisbatan kamayishi yoki
ko’payishi mumkin. Qon zardobida temirning ko’payishiga gipersideremiya
deyiladi va bu temir elementi organizmga ko’p miqdorda tushganda, gemolitik
anemiyada, jigar sirrozida, surunkali gepatitda, bronxopnevmoniyada kuzatiladi.
Qon zardobida temir moddasining kamayishiga giposideremiya deyiladi va bu
organizmga temirning kam miqdorda tushishida, bo’g’ozlik davrida, surunkali qon
yo’qotishlarda, o’tkir yuqumli kasalliklarda, yiringli va septik yallig’lanishlarda,
siydik bilan zaharlanishda (uremiya), yurak yetishmovchiliklarida rivojlanadi.
Qondagi mis miqdorini aniqlash.
Hayvon organizmi uchun mikroelement mis ham muhim elementlardan biri
hisoblanadi. Mis elementi ayrim fermentlar (sitoxromoksidaza, urinaza,
seruloplazmin va boshqalar) tarkibiga kiradi; moddalar almashinishida (vitaminlar,
gormonlar, oqsil, uglevod) ishtirok etadi; me’yorda qon hosil bo’lishini
(organizmda mis elementi yetarli miqdorda bo’lgandagina gemoglobin sintez
bo’ladi) ta’minlaydi; ayrim immunologik jarayonlarda ishtirok etadi; asab va yurak
qon tomir tizimlari faoliyatiga ta’sir etadi; hayvonlarning o’sishi va rivojlanishiga
ta’sir etadi. Hayvonlarning rasionida mis yetishmasa qoramollarda ishtahaning
sifat jihatidan buzilishi (kasal hayvonlar qog’oz, latta, rezina va shunga o’xshash
narsalarni yeydi; devorni yalaydi, yog’ochni kemiradi, yonida turgan hayvon junini
yeydi); qo’ylarda enzotik ataksiya rivojlanadi.
Mis organizmga ichaklardan so’rilib, asosan jigarda, kam miqdorda taloq,
qalqonsimon bez va buyraklarda zahira holida to’planadi. Organizmdan asosan
yo’g’on ichak orqali, qisman o’t suyuqligi, sut, so’lak va siydik orqali chiqariladi.
Organizmdagi misning ko’p qismi ozod holda, ion shaklida saqlanadi; eritrositlar
tarkibida oqsil bilan birikkan gemokuprein holida bo’ladi.
Qon tarkibidagi mis miqdori spektrofotometrik yoki atomli - absorbsion
spektrofotemetriya usullari bilan aniqlanadi. Kasalliklarda va rasion tarkibida mis
elementi miqdori me’yorga nisbatan o’zgarganda hayvonlar qonida mis miqdori
kamayishi yoki ko’payishi mumkin. Qonda mis miqdorining ko’payishiga
giperkupremiya deyiladi va bu o’tkir yuqumli kasalliklarda, isitma paytida, jigar
kasalliklarida, leykozda, anemiyalarda kuzatiladi. Qonda mis miqdorining
kamayishiga gipokupremiya deyiladi va bu yosh hayvonlar anemiyasida uchraydi.
Qondagi kobalt miqdorini aniqlash.
Kobalt hayvonlar organizmidagi asosiy va muhim mikroelementlardan biridir.
Kobalt hayvonlar organizmida oshqozon - ichaklardagi foydali mikroblar
tomonidan V
12
vitaminining sintezlanishi jarayonida (sianokobalamin; kavshovchi
hayvonlarning katta qornida, boshqa hayvonlarning yo’g’on ichaklarida kobalt
ishtirokida, mikroblar tomonidan V
12
vitamini sintezlanadi, bu vitamin qon va
gemoglobin hosil bo’lishini faollashtiradi) ishtirok etadi; ishqorli fosfataza ishini
faollashtirib suyaklarda fosforning to’planishini yaxshilaydi arginaza fermentini
faollashtirib, oqsil almashinishida ishtirok etadi; to’qima nafas olishini
kuchaytiradi; uglevodlarning parchalanishini faollashtiradi; ko’pgina fermentlarni
(fosfoglyukolipaza,
riboflavinkinaza,
piruvatdekar-boksilaza)
faollashtiradi,
nuklein kislotalarining va muskul oqsillarining sintezlanishini kuchaytiradi.
Kobalt hayvon organizmiga ichaklar orqali So
++
ioni shaklida va V
12
vitamini bilan
so’riladi, jigarda va muskullarda, timusda, gipofizda, qalqonsimon bezda,
oshqozon bezida, taloqda zahira holida to’planadi. Organizmdan asosan siydik va
sut bidan tashqariga ajraladi.
Qonda kobalt oqsil bilan va V
12
vitamini bilan bog’langan holda bo’ladi.
Qondagi kobalt miqdori spektrofometrik yoki atomali-absorbsion spektrofotometr
usullarida aniqlanadi. Kobalt elementining oziqalar bilan hayvon organizmiga
me’yorga nisbatan kam tushganda yoki organizmga so’rilish jarayonlari
buzilganda gipokobaltoz kasalligi kelib chiqadi. Organizmda kobalt elementining
kamayishiga ham gipokobaltoz deyiladi.
Adabiyotlar
•
1.Кондрахин И.П., Левченко В.И. Диагностика и терапия внутренних
болезней животных. М.: ООО «Аквариум-Принт», 2005. С-652-653.
•
2.Методы ветеринарной клинической лабораторной диагностики:
Справочник/ под ред. проф. И.П.Кондрахина. М.: Колос, 2004. 520 с
•
3.Под ред М.Ф.Васильева, (Е.С.Воронин., Г.Л.Дугин., С.П.Ковалев.,
Г.В.Сиоз., В.И.Черкасова., А.М.Шабанов., М.В.Шукин). Практикум по
клинической диагностике болезней животных. Издателство Колос 2004
г.
•
4.М.Б.Сафаров, А.Ж.Рахмонов, А.О.Рахмонов. Клиник диагностика
фанидан маърузалар курси, Самарқанд 2013 йил.
•
5. Зооветеринария журнали 2008-2016 йй.
•
Internet malumotlari: www. @mail.ru
•
www. Labdiagnostic.ru
•
www. Km.ru./ zdorov/ encyclopediya
•
http: // vegavet. Spb.ru
•
ru. Loogle.uz
Dostları ilə paylaş: |