Qizlar do’ppisi.
Rivoyatga ko‘ra, do‘ppining tepa qismidagi to‘rtta gul erkaklar salomatligini
to‘rt tomondan himoyalab turar ekan.Chetlaridagi o‘n olti gul esa do‘ppi sohibi
yoki sohibasining oilasi katta va ahil bo‘lishi istagini bildirarkan. Oq matoga
oppoq ipak bilan bezak berlishi erkaklar qalbi pokligi ramzi sanalgan. Shuning
uchun ham o‘zbek xalqi erkak kishining g‘ururi va diyonati uning do‘ppisida deb
bilishadi.
Keyinchalik ayollarning och kumushsimon rangdagi parchadan tikilgan to‘rt
qirrali do‘ppilarining yangi tipi paydo bo‘ldi, uning har bir bo‘lagida gullab turgan
butoqcha tasviri tikilgan. Toshkent va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan iroqi
nusxa do‘ppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi
yashil, ko‘k tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat. Bunday shakl, ya’ni ochiq
fon Farg‘ona, shuningdek, Toshkent an’analariga to‘g‘ri keladi.
Do‘ppilarda boshqa hayvonlar-tog‘ kiyigi, chayon, qoplonga o‘xshash
tasvirlar ham tikilgan. Do‘ppilarning naqsh kompozitsiyalarida qator hollarda arab
yozuvi kashtaga uyg‘unlashib ketgan. Dono so‘zlar, samimiy tilaklar va hayotiy
260
iboralar do‘ppi kashtasining mazmuni va ifodaviy nafosatini teranlashtirgan. Bu
naqsh-yozuvlar bir vaqtning o‘zida ko‘zlarni quvontirish hamda aqlni peshlash
uchun xizmat qilgan.
12.7-rasm.
Salla ostidan kiyiladigan do‘ppi va yozuvli erkaklar
do‘ppisi.
Joylarning tabiati kishilar didi, xalq amaliy san’ati usullari ta’sirida
do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Viloyatlarning tumanlarida tikiladigan
Iroqi, Chust do‘ppi, Gilam do‘ppi, Chakma to‘r, Qizil gul, Piptado‘zi, Zardo‘ppi,
Guldirma
deb nomlanadigan milliy do‘ppi turlari mavjud. Masalan, Surxondaryo
(ayniqsa, Boysunda) va Qashqadaryoda yumaloq, konussimon tuzilishdagi
do‘ppilar ipak tolalaridan tikiladi.Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va
ipdan) to‘qilgan «gilam do‘ppi» si ham o‘ziga xos. Surxandaryoning Boysunida
konussimon-yumaloq shakldagi, «to‘ldirma» deb ataluvchi kashta bilan bezatilgan,
chetlariga jiyak va popuk bilan bezak berilgan piltado‘zi do‘ppilar mashhur.
Bundan tashqari ushbu hududlarda «Sanama», «Chizma», «Tax’ya», «Chumakli»,
«Qush» kabi turlari ham bor.
Buxoroda ularga asosan zardo‘zi kashta bilan bezak berilgan.Buxoro
zardo‘zlarining zamindo‘zi ( «Yulduz», «Tovus» va boshqa ) do‘ppilari badiiy
jihatdan yuqori baholanadi. Qadimda Buxoro erkaklarining do‘ppilari yumaloq
shaklli, chap tomonida popugi bo‘lgan.
261
Chust, Marg‘ilon, Qo‘qon, Andijon kabi shaharlarda do‘ppilar boshqa
hududlardan ancha ilgari yaratilgan. Bugun ko‘pgina hududlar, masalan,
Samarqand, Jizzax erkaklarining tepasi baland do‘ppilari aslida vodiydan kirib
kelgan. Farg‘ona vodiysida do‘ppi turlari rang-barang bo‘lib, ulardan «Sandali»,
«Akka ikki so‘m», «Chimboy» va «Surkachekma» kabi do‘ppilardir.
Toshkentda «duxoba do‘ppi» mashhur. U «Oq par», «Chorgul» deb ham
atalib, sidirg‘a baxmaldan tikiladi. Toshkent va Andijonda biser bilan bezatilgan
«Nozik» nomli do‘ppi ham mashhur.
Xorazmda do‘ppi deyarli kiyilmaydi. Voha erkaklari asosan chugurma
kiyishadi.
Demak, do‘ppilarning oltita mahalliy guruhi farqlanadi: toshkentcha,
farg‘onacha, buxorocha, qashqadaryocha, surxondaryocha va xorazm-
qaraqalpoqcha. O‘sha davrlarda do‘ppilar nomiga ular yaratilgan shaharlar nomi
ham qo‘shib aytilgan: «Chust do‘ppi», «Qo‘qon do‘ppi», «Shaxrixon do‘ppi»,
«Marg‘ilon do‘ppi», «Gilam (Shahrisabz) do‘ppi» va b.
Farg‘ona do‘ppichiligida «chust» do‘ppilaridan keyin, ularga o‘xshatma qilib
marg‘ilon do‘ppilari yaratildi. Do‘ppining tepa qismi to‘rt karjga ajratilib, har
karjiga bir dona qalampir nusxa tikilib, asosan qora rangdagi satin va ipak
matolardan tayyorlanadi.
Marg‘ilon do‘ppilarining qalampir nusxasi chust do‘ppisinikiga nisbatan
ingichkaroq va kashta tikish usuli bilan farq qiladi. Marg‘ilon xotin qizlari
do‘ppilarining o‘ziga xosligi shundaki, ularning tagligi yaxlit oq iplarda tikiladi.
Bezagidagi asosiy mavzu-gullayotgan buta, ba’zan uning shoxida turgan yashil
yoki ko‘k rangdagi qush bo‘lib bunday do‘ppilar Farg‘onaning markaziy va
g‘arbiy qismidagi barcha joylariga xos. Do‘ppilarning gullari oq ipak bilan tikilib,
gul naqshlari bo‘rtib turadi. Bunday ko‘rinishni hosil qilish uchun naqsh chizig‘i
bo‘ylab chok ostidan yo‘g‘onroq xom ipak (to‘shama) to‘shalib tikiladi. Namga
chidamli qog‘oz yoki matodan ingichka tasma qirqilib, tasma kashta naqshi ostiga
joylanadi. Do‘ppilar «piltado‘zi» usulida tayyorlanib, kizagiga qora paxta va ipak
ipdan tayyorlangan «chalma» jiyaklar tikiladi.
262
12.8-rasm.
Dostları ilə paylaş: |