Sug‘urta qildiruvchining o‘ziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
16-klass
Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish
Quyidagi hollarda:
a) sug‘urta qildiruvchining biznesi (xo‘jalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xo‘jalik faoliyati) ko‘lami kamayishi natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda;
b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda (17-klassda ko‘rsatilgandan tashqari);
v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida ko‘rsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
17-klass
Huquqiy himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta qilish
Sud muhokamasi bilan bog‘liq ko‘rilgan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
Quyidagi atamalarga izoh bering: Aktuar hisob-kitoblar, sug’urta tarifi tushunchasi va unga ta’sir etuvchi omillar, brutto stavka, netto stavka, netto stavkasiga ustama, aktuariylar faoliyati, hayot sug‘urtasi zahiralari, umumiy sug‘urta zahiralari.