Javob: 100000 y.e.
Masala 2. Bank mijozga 1 yil muddatga 10% lik stavka bilan 100000 so’m kredit ajratdi. Kreditni qaytarmaslik riski me’yoriy javobgarlilik tizimi bo’yicha sug’urtalandi, shuningdek sug’urtalovchining javobgarlilik chegarasi zararning miqdorining 30% qilib belgilandi. Kreditni qaytarmaslik holatida sug’urta qoplamasini aniqlang.
Echish. Dastlab kreditni qaytarmaslik holatida bankning zararini U ni aniqlaymiz. Quyidagi formula(1.5.1) bo’yicha hisoblaymiz
U = 100000*0.1 – (-100000) = 110000 (so’m)
Endi formula(1.2.2) bo’yicha Sb sug’urta qoplamasini aniqlaymiz:
Sb = 110000*0.3 = 33000(so’m)
Javob: 33000 so’m
Masala 3. Qarzdor 01.01.07da 1yil muddatga 21%lik yillik stavka bilan bankdan 800000$ kredit oldi. Kredit to’lovi( foizlar bilan birga ) har kvartalda teng miqdorlarda to’lab borilishi kerak. Bank kreditning qaytmaslik riskini sug’urtaladi. Sug’urtalovching javobgarlik chegarasi – 90%, sug’urta mukofoti sug’urta summasining 3.5%ini tashkil etadi. Sug’urta mukofoti kvartallik sug’urta badallari orqali bo’lib-bo’lib to’lanadi, bo’lib to’langanligi uchun komission to’lov olinmaydi. Sug’urta badallarining grafigini tuzing.
Echish. Dastlab qarzdor bankka qaytarishi kerak bo’lgan umumiy K summani va foiz to’lovi P ni aniqlaymiz:
K = 800000*1.21 = 968000 ,
P = 800000*0.21 = 168000 .
Qarzdor har kvartalda asosiy qarzning quyidagi summasini to’lab borishi kerak