Masala 1. Qarzdor 01.01.22 da 1 yil muddatga 20% yillik stavka bilan $500000 miqdorida bankdan kredit oldi. Kredit so’ndirilishi(foiz to’lovlari bilan birgalikda) har oyda teng miqdorlarda amalga oshirilishi kerak. Bank kredit so’ndirilmaslik riskini sug’urtaladi. Sug’urtalovchining me’yoriy javobgarlik chegarasi - 70%, sug’urta tarifi – 4%. Sug’urta mukofotlari har oylik sug’urta badallari yordamida bo’lib-bo’lib to’lanadi, bo’lib –bo’lib to’langanligi uchun komission to’lov olinmaydi. Sug’urta badallari grafigini tuzing.
Javob: Sug’urta badallari grafigi jadvalda keltirilgan.
Oylar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Sug’urta badallari(ming so’m)
15,4
14
12,6
11,2
9,8
8,4
7
5,6
4,2
2,8
1,4
0
Masala 2. Xo’jalik sub’ekti o’z mol-mulkini buzib kirib o’g’irlik qilishdan 600 mln.so’mga bir yilga sug’urta qildi. Sug’urta tarif stavkasi sug’urta summasidan 0,3%. Sug’urta sharnomasi bo’yicha 1% miqdorida shartli franshiza belgilangan, franshiza belgilanganligi sababli 2% miqdorida tarifga chegirma qo’llanilgan. Sug’urtalovchining zarari 3 mln.so’mga teng.