Nazorat uchun savollar:
1. Neokeynsian nazariyasi predmeti va uslublarini tavsiflang.
2. R.Xarrot nazariyasida statika va dinamika nima? Kapital koeffitsienti nima
va R.Xarrot nazariyasiga muvofiq o`sish templarini aniqlashda qanday rol
o`ynaydi?
3. R.Xarrot o`sish modeli iqtisodiy tizim nomutanosibligini qanday tasvirlaydi?
Iqtisodiyotning krizis yoki iqtisodiy bum holatiga kirish mexanizmlari
qanday?
4. Sikllarni keynschilik nazariyasi neomumtoz nazariyasidan tub farqi nimada?
5. А. Xansen sikllarning qanday turlarini ko`rib chiqadi? A. Xansen fikriga
muvofiq sikllar birinchi uch turining asosiy sababi nima?
6. A.Xansen fikricha, yirik sikllar boshlang`ich nuqtasi nima?
7. Mul`tiplikator va akselerator ta`siri mexanizmlarini tasvirlang.
8. А. Xansen kumulyativ jarayon tugatilishining qanday sabablarini ilgari
suradi?
9. А. Xansen tomonidan qanday antisiklik nazorat etish choralari taklif etilgan?
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1. Классика кейнсианства: В 2 т. М.: Экономика, 1997.
2. Хансен А. Экономические цыкли и национальный подход. М., 1959.
3. Харрод Р. Ф. К теории экономической динамики. М.: Гелиос АРВ,
1999.
183
ХXII-BOB. NEOMUMTOZ SINTEZ
22.1. Xiks - Xansen modeli
Neomumtoz va keynschilik nazariyalari sintezi amalga oshirilgan modellarni
taxlil etishdan oldin, mazkur ikki maktab asosiy uslubiy farqlarini tavsiflaymiz.
Birinchidan, neomumtoz nazariya har - bir sotuvchi, o`z navbatida xaridorga
aylanishiga asoslangan iqtisodiy tizim muvozanatidan kelib chiqadi, zero zahira
mablag`lari faqatgina kechiktirilgan talabdir. Keynschilik nazariyasiga ko`ra
bunday muvozanat faqatgina barter iqtisodiyoti sharoitlarida mavjud bo`lishi
mumkin. Oldi - sotdi kelishuvlari pul vositasida amalga oshirilishi sababli, talab va
taklif disbalansi yuzaga keladi, zero daromadning bir qismi mablag` vositalari
ko`rinishida saqlanib talabga aylanmaydi. Talab etarli emasligi esa, inqirozni
keltirib chiqaradi.
Ikkinchi farq, har ikkala maktabning mablag` kontseptsiyasi bilan bog`liq.
Neomumtozlar, mablag` omili neytralligidan kelib chiqib, ularning fikricha,
mablag` asosiy iqtisodiy munosabatlarga ta`sir etmaydi. Keynschilarning fikricha
esa, mablag` iqtisodiyotga to`g`ridan - to`g`ri ta`sir o`tkazadi. Oldin ko`rsatilgan
nazariyadan tashqari mablag` omili mavjudligi, real va nominal kattaliklar
mutanosibligi bilan bog`liq muammoni ham keltirib chiqaradi. Keynschilarning
fikricha, individlar, aynan nominal ko`rsatkichlar o`zgarishlariga qarab ish
tutishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur o`zgarishlar, inflyatsion jarayonlar bilan
bog`liq bo`ladi. Demak kon`yunktura holati haqidagi yolg`on ta`sirni ham
belgilashlari mumkin. Umuman olganda, e`tirof etish lozimki, keynschilar
murakkab motivatsion modelni qo`llab, bunda neomumtozada qabul qilingan
iqtisodiy – ratsional harakat modelidan farq qilishadi. Uchinchi farq, neomumtoz
nazariya talab va taklif tengligi qonuniyati sababli barcha resurslarning to`liq
bajarilishi mavjud deb hisoblaydi. Keynschilarning ta`kidlashicha esa, talab
kechikishi sababli, barcha resurslarning qo`llanilishi real hayotda deyarli imkonsiz;
demakki, ular o`z tahlilini to`liqsiz bandlik asosida amalga oshirishadi. Demak,
tadqiqot nazariy vazifasi ham o`zgacha tarzda qo`yiladi. Agar neomumtozlar,
cheklangan resurslar samarasi maksimal taqsimlanishi masalasini qo`yishadigan
bo`lsa, keynschilar, resurslarning to`liq bandligi yoki Shu holatga yaqinlashtirilish
imkoniyatini beruvchi vositalarni qidirish bilan Shug`ullanishadi.
Neomumtoz nazariya doimo liberalizm printsiplaridan kelib chiqgan. 1930-
yillar oxiridan boshlab, neomumtozlarning katta qismi neoliberalizm g`oyalari
tarafdorlariga aylanishgan. Nima bo`lganida ham, ular doimo davlatning
iqtisodiyotga aralashishi asossiz deb hisoblashgan. Keynschilik nazariyasiga
184
muvofiq, bunday aralashuv nihoyatda zarur, boz ustiga iqtisodiyot inqiroz holatiga
tushib qolmasligi uchun, doimiy bo`lishi kerak.
Neomumtozlar va keynschilar orasidagi ko`rsatilgan farqlar, ularni bir
nazariyaga birlashtirish uchun printsipial darajada etarli va mukammaldir. Nima
bo`lganida ham, har ikkala maktabni sintezlashtirish harakatlari Dj. M. Keyns
kitobi nashr etilishidan so`ng tez - tez uchrab turar edi.
Mazkur jarayonda faol ishtirokni Dj.Xiks amalga oshirgann. Dj.M.
Keynsning «Umumiy nazariya» kitobi 1937 yilda nashr etilganidan so`ng, u
«Ekonometrika» jurnalida «Janob Keyns va mumtozlar, Interpretatsiya harakati»
nomli maqolasini nashr etdi. Mazkur maqolada, u Dj.M. Keyns nazariyasi
matematik modelini taklif etib, mazkur model` keyinchalik «Xiks – Xansen
modeli» yoki «I.S. - LM» diagrammasi deb nomlandi mazkur model` ikki bozorni
birlashtiradi: tovarlar bozori va mablag` bozori. Shu bilan birgalikda, mazkur ikki
bozordagi ishsizlik sharoitlaridagi muvozanat holatini aks ettiradi. Shu bilan
birgalikda, u noaniqlik omilini e`tiborga olmagan, garchi Keyns mablag`
iqtisodiyoti uchun bu holat printsipial jihatdan muhim ekanligini tasdiqlagan bo`lsa
ham. Xususan, nominal va real ko`rsatkichlar mutanosibligi masalasi tilga
olinmagan. To`liqsiz bandlik sharoitlarida muvozanat belgilanishiga olib
kelinadigan sabablar (Keyns postulati), Xiks nazariyasida itqtisodiyotni
mustahkam narxlar va mustahkam ish haqi mavjudligiga asoslangan.
Mazkur modelni ko`rib chiqamiz. Tovar bozorlarida muvozanat sharoiti
sarmoya va mablag`lar tengligi bilan belgilanadi:
I=S
Sarmoyalar (I) kapitalga nisbatan talab sifatida belgilanib, kapital va foiz
normasi maksimal samarali mutanosibligiga bog`liq bo`ladi. Kapitalni maksimal
samarasi belgilangan holatida, sarmoyalar foiz normasi funktsiyasi sifatida ko`rib
chiqiladi:
I=I(r)
Zahira mablag`lar (S) kapital taklifi sifatida tasvirlangan. Ular, Y umumiy
daromadi bir qismidir, Shu sababli, mazkur daromad kattaligi, hamda Yning qaysi
ulushi zahira mablag`lariga aylanishini belgilovchi iste`molchilikka nisbatan
maksimal moyillikka bog`liq. Iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillik,
daromad o`zgarishiga muvofiq o`zgarishi sababli, (Dj.M. Keyns asosiy psixologik
qonuniyati) zahira mablag`larini daromadning funktsiyasi sifatida belgilash
mumkin.
S=S(Y)
Mablag` bozoridagi muvozanat sharti, mablag`ga nisbatan talab va mablag`
taklifi tengligi bilan belgilanadi. Mablag` taklifi (M) doimiy kattalik sifatida
ko`riladi. Mablag`ga nisbatan talab, keynschilik ruhida interpretatsiya qilinib,
185
likvidlik (L) nisbatan talab sifatida qabul qilinib, uning hajmi ikki ko`rsatkichga
bog`liq, ya`ni daromad (to`g`ridan- to`g`ri bog`liqlik) va foiz stavkasi (teskari
bog`liqlik). Mazkur bozordagi muvozanat sharoiti, quyidagi ko`rinishga ega
bo`ladi:
I(r) = S(Y)
yuqoridagi formula yordamida, bozorlarning har birida foizning Shunday
normasini topish mumkinki, u daromadning ushbu darajasida muvozanat
sharoitlarini qondira oladi. Ko`rsatkichlarning mazkur juftligi, har - bir bozor
muvozanat chiziqlari nuqtasi geometrik joylaShuvini belgilaydi (22.1.1-rasm)
M=L(Y,r)
r
I
M
L
S
0
Y
Dostları ilə paylaş: |