Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar
Ijtimoiy ishga kirish fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: Ijtimoiy ishga kirish fanning ob’ekti va predmeti, fan, faoliyat turi, ilmiy yo‘nalishi, ijtimoiy ish mijozlari, ijtimoiy ish kasbi, ijtimoiy ishning o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ishning o‘zaro aloqadorligi, ijtimoiy ish metodlari, ijtimoiy ish axloq kodeksi, oilaga qaratilgan ijtimoiy ish, jamiyatda ijtimoiy ishchilarni faoliyatini, aholini turli qatlamlari bilan ishlashda o‘ziga xos uslublardan foydalanishni, turli qatlamlar o‘rtasidagi tafovutlar mavjudligini va ularni bartaraf etishga harakat qilishini, O‘zbekistonda bolalar va yoshlar bilan ishlashning etnomadaniy omillari va sharoitlarini qayd qilish, ekologik va ijtimoiy xavf-xatarning oshishi sharoitlaridagi faoliyat, ijtimoiy ishning turli modellaridan foydalanish, ijtimoiy rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari va ijtimoiy muammolar tahlili, keys va muammoli vaziyatlarni echish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Ijtimoiy ish tizimi boshqa ijtimoiy tizimlar: siyosat, iqtisodiyot, xuquq, madaniyat, etika, ekologiya, pedagogika va b.lar bilan o‘zaro aloqada buluvchi ochiq tizimdir. Ijtimoiy ishning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi uning sohalararo xarakterini qo‘rsatadi, shuningdek sotsiologiya, psixologiya, pedagogika bog‘langan fanlardan farqli tomonlarini ko‘rsatadi. Ijtimoiy ish va boshqa ijtimoiy fanlarning umumiy jihati ularning jamiyat va inson haqidagi barcha fanlarning mumtoz faylasuf, sotsiolog, psixologlarning g‘oyalari, ta’limotlariga tayanishidadir. Bu mutaxassislik fanlarini o‘rganishda asos vazifasini bajaradi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari
Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Baliq skeletit”, “Matbuot konferensiyasi”, “Aqliy hujum”, “FSMU” singari metodlari orqali hamda Power Point slaydlari yordamida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |