Gospital xirurgiyasi
193 Sahifa
ishlov nozarurligi yoki boshqa hollarda ko’rsatilgan. Surtamalarni qo’llash
davolanish muddatini qisqartiradi, oeqni operativ davoga yoki
autodermoplastikaga tayyorlaydi.
Yiringli
yaralarni
sanatsiya
kilishda
keng
ishlatiladigan
ozonoterapiya haqida ham aytib o’tish kerak. "Ozonator 1M" apparati
Kirov nomli NPO Olmaota shahrida ishlab chikariladi. Ham grammusbat,
ham grammanfiy aerob va anaeroblar ozonga birxil sezuvchan. Oyoklarni
diabetik gangrenasida kompleks davolashda arteriya ichi kateter terapiya
kamrok ishlatiladi. Bu usulni qo’llaganda sonni o’rta va yuqori uchligidan
amputatsiya sonini 18,3% gacha kamaytirsa bo’ladi.
Qandli diabetli bemorlarda oyoqlarda tarqoq mikroangiopatiya va
modda almashinuvi buzilishining o’ziga xosligi sababli vena ichiga
yuborilgan dori vositalardan kutilgan natija kuzatilmaydi. Hosil bo’lgan
yiringli-nekrotik o’chok, infektsion agentni mavjudligi va intoksikatsiyani
zo’rayib borishi hisobiga bemor ahvoli yomonlashib boradi. Shuning
uchun, bu holatda arteriya ichiga dorilarni yuborish usuli yuqori natijali
usullardan hisoblanadi, chunki bunda yuborilgan dorilarni, ya’ni
antibiotiklarni kontsentratsiyasi regionar ko’payishiga erishiladi.
O`quv qo`llanma
194 Sahifa
VENA VA LIMFA TOMIRLARI KASALLIKLARI
Anatomik-fiziologik xususiyatlari.
Oyoqlarda yuzaki, chuqur
hamda komunikant (perforant) venalar tafovut qilinadi. Yuzaki venalar
katta va kichik teri osti venalaridan iborat. Katta teri osti venasi oyoq
panjasining medial chekka venasidan boshlanib, boldir va sonning medial
yuzasi bo’ylab ko’tarilib, oval teshik orqali son venasiga quyiladi. Katta
teri osti venasining son venasiga quyilish joyida uning bir necha tarmoqlari
(v. pubenda externa, v. epigastrica superficialis, v. circumflexa ileum
superficialis, vv. saphena accessoria medialis et lateralis) mavjud.
Kichik teri osti venasi oyoq panjasi lateral chekka venasining davomi
hisoblanadi va taqim osti sohasida taqim osti venasiga quyiladi. Katta va
kichik teri osti venalari o’rtasida ko’p sonli anastomozlar bo’ladi.
Oyoqlarning chuqur venalari shu nomdagi arteriyalar bilan birga o’tadigan
juft venalardan tashkil topgan bo’lib, oldingi va orqa katta boldir venalari
qo’shilgach, taqim osti venasini hosil qiladi. Taqim osti venasi son
venasiga davom etib, pupart boylami sathida tashqi yonbosh venaga o’tadi,
|