Diagnostikasi.
Surunkali abdominal ishemiya sindromi bo’lgan
bemorlarda o’tkaziladigan diagnostik tadbirlar yig’indisini shartli ravishda
uch bosqichga bo’lish mumkin:
Gospital xirurgiyasi
173 Sahifa
1. Umumiy klinik tekshiruvlar bosqichi: bemordan batafsil
so’rabsurishtirish va kasallik anemnezini yig’ish, bemorni ko’zdan
kechirish, qorin aortasi va uning tarmoqlarini, shuningdek yuza joylashgan
magistral arteriyalarni (uyqu, o’mrov osti, yonbosh, son arteriyalari kabi)
palpator va auskultativ aniqlash, qorin aortasi va uning tarmoqlarini
fonoangiografik tekshirish.
2. Tekshiruvning ixtisoslashgan statsionar bosqichi: funktsional
diagnostika usullari, laboratoriyada tekshirish usullari, me’da-ichak yo’li
rentgenoskopiyasi,
gastroduodenoskopiya,
kolonoskopiya,
qorin
aortografiyasi, selektiv tseliako- va mezenterikografiya.
3. Tekshiruvning intraoperatsion bosqichi: qorin bo’shlig’i organlari,
qorin aortasi va vistseral tarmoqlarini taftish qilish, vistseral arteriyalarni
elektromanometriya va elektrofloumetriya qilish.
Bemorlardan so’rab-surishtirishda va fizik tekshiruv usullarida
surunkali abdominal ishemiya sindromi borligi to’g’risida taxmin qilishga
asos bo’ladigan tayanch nuqtalar quyidagilardir: - ko’p martalab tekshirish
va terapiyaning naf bermaganligi; - og’riq simptomokompleksi va ichak
disfunktsiyasining
ovqat
eyish
bilan
aloqadorligi;
-
og’riq
simptomokompleksi kuchi va davomliligining hazm organlarining
funktsional jixatdan faolligiga – hazm tsikliga muvofiq kelishi; - boshqa
arterial xavzalarda (braxeotsefal, buyrak, yonbosh, son kabi) qon aylanishi
buzilishi belgilarining mavjudligi.
58 – rasm. Qorin stvoli stenozi
|