31
borgan olimlardan biri sifatida Norrikni aytib o’tishimiz mumkin. Uning maqollar
bo’yicha qilgan eng sara isharidan biri turli xil olimlarning fikrlarini to’plab,
o’zaro qiyoslab, aniqroq xulosalarga kelganidir. U maqollarning o’ziga xos
xususiyatlari haqida to’xtalar ekan, ular haqida aniqroq tushunchalarga kelish
kerakligini aytib o’tadi. Bular quyidagicha: Proverbs are self-contained (Maqollar
tayyor strukturli gaplar). Seyler maqollardagi mustaqil va o’ziga xos tuzulishni
ta’kidlab o’tadi. Uning fikricha maqollar garmmatik jihatdan o’zgarmas
strukturaga ega bo’lib, maqollardagi so’zlarning o’rnini bir- biri bilan alamashtirib
bo’lmaydi. Norik bu fikrlarga qo’shilgan holda shunday deydi: "Seiler introduces
this definitional criterion solely to distinguish proverbs from proverbial phrases”
[27; 23 b.]. Demak, Norik Seylerni fikrini ma’qullagan holda shu qarorga keladiki,
maqollar grammatik jihatdan qattiq strukturaga ega bo’lib, ularda ishlatilgan
iboralar bunga misol bo’la oladi. Chunki maqollarda ko’pincha iboralar ishlatilishi
ham ulardagi ma’lum qolip shakllanganini ko’rsatadi va ibora bilan maqol
o’rtasidagi farqlarni ham aytib o’tadi.
• Proverbs are (propositional) statement (Maqollar axborotlardir). Norik
maqollar mavjud voqea yoki hodisaning axborotchisi deydi va olimlardan biri
keltirgan fikrni beradi”. Abrahams is perhaps more precise in requiring the proverb
to be a full statement”.
• Proverbs are (grammatical) sentences (Maqollar (grammatik) gaplardir).
Maqollar grammatik strukturaga ega gaplardir va uning bu xususiyatlarini
o’rganish ham ingliz olimlari e’tiboridan chetda qolmagan. Teylorning fikricha
maqollar xuddi gaplardek tugal bo’lishi shart. Bundan tashqari Abrahams, Honek
va Mayderlar ham ushbu fikrlarni qo’llab quvvatlaganlar. Masalan: “
Dostları ilə paylaş: