Samarali ta'lim olish jarayonida ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish yoʻllari



Yüklə 11,58 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü11,58 Kb.
#99826
internet xavfi oʻzgartirilgan


"Samarali ta'lim olish jarayonida ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish yoʻllari."
Muhammedova Madina Turdiboyevna
JDPI ning Pedagogika va Psixologiya
Yo'nalishi 1-kurs talabasi.
Maqola boʻyicha ilmiy rahbar:
Toshnazarova Uzukoy Azizberdiyevna.

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarni maʼnaviy yetuk, jismonan sogʻlom qilib tarbiyalashda ijtimoiy tarmoqlarning oʻrni va ularning ahamiyati qay darajada kerak ekanligi koʻrsatilgan.Yoshlarning bilim darajasini endi faqat ularning qoʻliga kitob beribgina kengaytirish emas, balki, zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanishni, ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomonlarini olgan holda zamon bilan hamnafaslikda rivojlanishni oʻrgatish orqali oshrishimiz mumkin. Bunday natijaga qanday qilib erishish va ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish yoʻllari quydagi maqolada yoritib berilgan.


Tayanch soʻzlar: ijtimoiy tarmoqlar, elektron darsliklar, dasturiy ilovalar, telegram, utube, feysbuk, Wi-Fi, tvitter, ommoviy ma'daniyat.
Ijtimoiy tarmoqlar ta'lim oluvchilar uchun oʻqish va oʻrganishga qulay imkoniyatlarni yaratadi. Imkoniyatlarning qanchalik keng va koʻp boʻlishi,davlatning rivojida muhim oʻrin tutadi.Imkoniyat undan toʻgʻri va samarali foydalanish uchun beriladigan, yoshlarni harakatga udovchi katta bir kuchdir.
"Imkoniyat yaratilmasa, barkamol avlodni tarbiyalash ba'zi davlatlardagi kabi qumga chizilgan reja boʻlib qolaveradi. Bizda esa avvalo,ana shu imkoniyatlar muxayyo qilindi. Albatta, buning oʻzi boʻlmadi. Avvalo,qonunlar shu buyuk maqsadga yoʻnaltirildi.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqilib, joriy etildi.Budjet mablagʻlarining eng katta qismi eng yaxshi investitsiyaga-inson kapitali, barkamol avlod tarbiyasiga ajratilmoqda." [1] Yuqoridagi fikrlardan shunisi ma'lum boʻladiki: Imkoniyat yaratish uchun katta kuch safarbar qilinadi, shu bilan birgalikda yaratilgan har bir imkoniyat negizida yurt ravnaqi, Vatan kelajagi uchun fidokorona xizmat qiluvchi barkamol avlodni tarbiyalash yotadi.Bugungi kunda yoshlar faoliyati uchun yaratilgan,ularning bilim darajasini kengaytiruvchi imkoniyatlar qatoriga ijtimoiy medialardan foydalanish ham kiradi.Ijtimoiy medialar qatoriga: elektron darsliklar, dasturiy ilovalar, utube,QR-kod, AR-brauzerlar, telegram,kabilarni kiritish mumkin.
"Elektron darsliklar-bu nashr etilgan kitobning PDF versiyasidan hajm jihatidan birmuncha katta va lugʻatlar, hamda qidiruv kabilarini qoʻshib yaxshilangan koʻrinishi."[3]
Elektron darsliklar orqali har bir bilim oluvchi shaxs oʻqiyotgan mavzusiga doir qoʻshimcha maʼlumotlarga va soʻzlarning maʼnosi ochib berilgan lugʻatlarga ega boʻlishi mumkin.Elektron darsliklarning paydo boʻlishi yoshlarning kitob izlab uzoq vaqtini ketkazishning oldini oldi va kerakli maʼlumotlarning tez hamda toʻliq shakliga ega boʻlish imkoniyatini berdi.

"You-Tube-katta hajmdagi video fayllar toʻplangan sayt.Bu saytga roʻyxatga oʻtgan foydalanuvchilar video fayllarni joylashi mumkin. Istalgan foydalanuvchi esa bu videolarni koʻrishi mumkin.


Telegram-tezkor xabar almashinish vositasi. Foydalanuvchilar matn xabarlashuvidan tashqari bir-biriga tas'vir,video,audio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish mumkin."[2]
Mazkur tarmoqlar qulayliklari va afzalliklari bilan birga ular tomonidan yuzaga keladigan yoki ular vositasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan xavfli vaziyatlar, insonlarni ta'limga jalb qilishdan koʻra koʻproq noxush vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Xalqimizda ishlatiladigan "Boy berilgan avlod" iborasini yanada chuqurroq oʻrganadigan boʻlsak, bu ibora aynan ijtimoiy medialardan notoʼgʻri foydalanish oqibatida oʻz kelajagiga bolta urgan yoshlarga berilgan ta'rif desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Feysbuk,Wi-Fi,Tvitter kabi ijtimoiy tarmoqlarning toʻliq mazmunini anglamasligimiz oqibatida koʻplab muommolar kelib chiqmoqda.Ular bilan tanishamiz: "Feysbuk-ijtimoiy tarmoqlar veb-sayti va foydalanuvchilarning fikrlari va fotosuratlari va veb- saytidagi yangiliklar va boshqa qiziqarli kontentlarga link berishlari, oʻyin oʻynashlari, jonli suhbatlashishlari va jonli videolarni koʻchirishlari mumkin boʻlgan xizmatidir.
Wi-Fi(Wireless Fidelity)ingliz tilidagi soʻzlarning qisqartmasi boʻlib "simsiz vafolik" ma'nosini anglatadi.Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli maʼlumotlarni radiokanallardan biri orqali joʻnatishga aytiladi. Ushbu texnologiyalar bugungi kunda katta axamiyatli hisoblanadi.
Tvitter-bu onlayn ijtimoiy-axborot Tvitter qoʻllanuvchilarga 140harf qoʻllanilishiga imkoniyat Tvitter maʼlumot almashinishida eng operativ qurollardan biri boʻlganligi uchun bu sohada katta inqilobga sabab boʻladi."[2]
Yuqoridagi ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning imkoniyat darajasi yanada kengaydi, bu ijtimoiy saytlar orqali jaxon davlatlarida boʻlayotgan yangiliklar, oʻzgarishlarni kuzatish, barcha mamlakatlardagi yetuk kadrlar, mashhur professorlar,shu bilan birgalikda yoshlar bilan jonli tarzda onlayn muloqot qilish imkoniyati yaratildi.
Ammo bunday kenglikdagi ijtimoiy tarmoqlarning salbiy taraflari ham afsuski juda koʻpdir.Ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanishni bilmagan yoshlar bugungi kunda bu tarmoqlarning qurboni bolishmoqda.
"ijtimoiy tarmoqlar yoshlarga juda katta sal'biy ta'sir oʻtkazmoqda.Bu saytlarga bogʻlanib qolgan yoshlar endi oʻz Vataniga emas, ijtimoiy tarmoqlar, xorij hayotiga koʻproq maxliyo boʻlib qolmoqda.Ular oʻz xalqining qahramonliklariga emas, "ommoviy madaniyat"ning qahramonliklariga taqlid qilishmoqda.Ommoviy madaniyat -bu madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoya nuqtai nazar koʻrsatma va boshqa fenomenlar toʻplamiga aytiladi.XX-asr oʻrtalaridan boshlab ommoviy madaniyatga ommoviy axborot vositalari kuchli ta'sir oʻtkaza boshladi."[1]
Yoshlarimiz bu saytlarga bogʻlanib qolib oʻz oʻtmishini, ulugʻ qadryatlarini, buyuk ota-bobolarini unitishmoqda,zero Oʻtkir Hoshimov aytganidek:" Oʻz oʻtmishini unutgan insonning, kelajagi aslo buyuk boʻlmaydi. Oʻz ildizini tan olmaydigan daraxt qurib qoladi". Shuning uchun bu boy berilgan avlodni ushlab turish,oʻz Vataniga,millatiga,ota-onasiga "qaytarish" endi juda koʻp mablagʻ va vaqtni talab qilmoqda.
Albatta hech birimiz ijtimoiy medialardan foydalanishni toʻxtatib qoʻya olmaymiz, chunki biz buyuk texnologiyalar orqali shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yashamoqdamiz.Yoshlarimizni faqatgina internet tarmoqlaridan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatish orqali biz bugungi muommolarni hal etishimiz va kelajak avlodni toʻgʻri tarbiyalashimiz mumkin.Keling yoshlarning ongiga "Toʻgʻri yoʻl" tushunchasini singdirish usullarini oʻrganib chiqamiz.
-Aksariyat holatlarda, foydalanuvchilarning 90%i yoshi kichik foydalanuvchilar hisoblanadi, lekin ular ijtimoiy tarmoqlarning bir yoʻgʻi bir yoki ikkitasidan foydalanishni biladi xolos.Shunday ekan ijtimoiy medialarning salbiy va ijobiy tomonlari haqidagi maʼlumotlar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab oʻrgatilsa,ularda ijtimoiy medialardan toʻgʻri foydalanishning dastlabki pogʻonasi shakllanadi:
"-Yoshlarning psixologik bilimlarini, ularning ichki dunyosini oʻrgangan holatta ularning rivojlanishi uchun sogʻlom muhitni tashkil etish. Inson oʻzi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi,ijtimoiy-siyosiy muhit taʼsiri ostida bilimlarini oʻzlashtira boradi, ijtimoiylashadi.Ijtimoiy muhit bolaning his-tuygʻulariga,harakati,qobiliyati,iqtidori, tafakkuri,ehtiyojlari uning faolikka davat qiluvchi harakat motivlariga taʼsir etib bola faoliyatining asta-sekin oʻzgarishiga sabab boʻladi.Bolaning rivojlanishida toʻgʻri yoʻlni tanlash uchun,pedagoglar va ota-onalar tomonidan sogʻlom muhitning yaratilishi talab etiladi:"[4]
"-Xalqimiz orasida ogʻizdan-ogʻizga oʻtib yurgan gʻanimlarga xizmat qiluvchi mish-mishlarga loqaydlik-xavfsizligimizga loqaydlik, dushman xalqimizni boʻlib tashlayotganligini koʻrib indamaslikdir,zero bunday vaziyatlarni bartaraf etish,ijtimoiy medialarda tarqalayotgan vayronkor gʻoyalarning mazmun-mohiyatini toʻgʻri talqin etish, yoshlarni ishonchli himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish: "[1] kabi yuksak vazifalar internet tarmoqlaridan toʻgʻri foydalanish kerakligini, yoshlarning onggiga singdiruvchi eng asosiy yoʻnalishdir:
Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki,bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab internet saytlarining ijobiy tomonin oʻrgatish, bilim rivoji uchun sogʻlom muhitni yaratish va ijtimoiy medialarning salbiy taʼsirlarini kamaytiruvchi chora -tadbirlarni amaliyotda joriy qilish kabi usullar orqali yoshlarni internet tarmoqlarining xavfli toʻriga tushib qolishidan saqlashmiz mumkin.Zeroki, bizning bugunimiz va ertangi kunimiz bugungi yoshlarning harakatiga bogʻliqdir.Bugungi kunning dolzarb muammolaridan barchamiz ogoh boʻlaylik

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:. 1. Muhammad Quronov "Bolam baxtli boʻlsin desangiz..." Toshkent "Maʼnaviyat"2014.


2.https: //uz.m.wikipedia.org.
3.http: //uz.infocom.uz
4. E.Gʻoziyev "Umumiy psixologiya" Toshkent 2002.
Yüklə 11,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin