1-rasm. Texnologik innovatsiyani rivojlantirish va qo‘llash bosqichlari
1-bosqich
Yangi texnologiyaning paydo bo‘lishi, shu mavzudagi birinchi
ishlar
2-bosqich
Yangi texnologiyalardan ijobiy natijalarni ko‘rish, ommaviy uni
qabul qilish
3-bosqich
Yangi texnologiyani ommaviy ravishda joriy etish bilan bog‘liq
kasbiy muammolar aniqlanishi. Professional hamjamiyat yangi
texnologiyalar bilan bog‘liq kamchiliklarni qayd etishi va ilmiy
izlanishlarni olib borishi.
4-bosqich
Kamchiliklarni baholash, bartaraf etish bo‘yicha tadqiqotlar
olib borilishi.Yangi texnologiyalardan foydalanish usullarini
takomillashtirish va sinovdan o‘tkazish Kadr tayyorlash.
5-bosqich
Natijalarni qayd etish. Professional hamjamiyat yangi
texnologiyani afzalliklari, imkoniyatlari va cheklovlarini anglab,
texnologiyani haqiqiy zarurat deb taqidlashi.
Ushbu bosqichlarni raqamli texnologiyalar nuqtai nazardan tahlil
Образование и инновационные исследования (2022 год №8)
ISSN 2181-1717 (E)
155
http://interscience.uz
qiladigan bo‘lsak hozirgi vaqtda uchinchi bosqichda ekanligimizni ta’qidlash
mumkin. Chunki,bir tomondan raqamli texnologiyalarning imkoniyatlarini,
afzalliklarini, samaradorligini ob’ektiv baholashga egamiz, boshqa tomondan
esa ta’limning barcha darajalarida global ravishda amalga oshiriluvchi jiddiy
ilmiy yondashuvlarning yo‘qligi sababli ana’naviy ta’limdagi yutuqlarni
yo‘qotish, turli xavf-xatarlarni hisobga ololmaslik muammolari borligini
ta’kidlab o‘tishimiz mumkin.
Raqamlashtirish davrda oliy ta’limning rivojlanish xususiyatlari va
muammolarini tahlil qilish qo‘yidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:
Birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish talabalarning o‘qish va o‘qishdan tashqari faoliyati ko‘lamini
kengaytirish, o‘quv-tarbiya jarayonini interaktiv, mustaqil, ijodiy faoliyatga
aylantirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, AKTni rivojlantirishning zamonaviy darajasi ta’lim, kasb-
hunar va tarbiya resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi, milliy
ta’lim tizimini jahon tarmog‘iga integratsiyalashuvini ta’minlaydi, ta’lim,
madaniyat va tarbiya sohasidagi xalqaro resurslardan foydalanishni sezilarli
darajada osonlashtiradi.
Uchinchidan, AKT an’anaviy ta’lim va tarbiya jarayonining asoslarini
o‘zgartiradi. Ulardan foydalanish yosh, vaqt va makon to‘siqlarini yengib
o‘tishga, OTMda talabani o‘qitish, tarbiyalash va ijtimoiylashtirishning
shaxsiylashtirilgan jarayonini tashkil etishning yangi va samarali shakllarini
doimiy izlashga olib keladi.
To‘rtinchidan, zamonaviy OTMda o‘quv-tarbiya jarayonini
takomillashtirish bo‘yicha o‘zgarishlar o‘qitishga yangi uslubiy
yondashuvlarni ishlab chiqish va shunga muvofiq yangi ta’lim texnologiyalari
va ta’lim jarayonini qurishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqishni talab
qiladi.
Beshinchdan, ta’limning innovatsion modellarini va ta’lim jarayonini
tashkil etishning yangi shakllarini joriy etish amaliyoti ilg‘or axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq xizmatlari va mablag‘laridan
foydalanishga asoslangan. Ular ta’limning mazmuni, uslubiy va texnologik
tarkibiy qismlarining izchilligini va ta’lim makoni sifatini oshirish uchun
haqiqiy imkoniyatni ta’minlaydigan interaktiv ta’lim maydonining bir qismi
sifatida amalga oshiriladi.
Oltinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv-tarbiya
jarayoniga ta’siri o‘qitish vositalari, shakllari, usullari va texnologiyalarini
modernizatsiya qilish bilan cheklanmaydi. Bu ta’lim muassasalarining ichki
rivojlanishiga va ularni ta’lim va tarbiya jamoalariga aylantirishga olib keladi.
Mazkur xulosalar bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot
texnologiyalaridan foydalanish tajribasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun
quyidagi taklif-mulohazalar muhim xisoblanadi:
- o‘quv jarayoniga AKTni joriy etish uchun moddiy-texnik va tashkiliy
shart-sharoitlar yaratish;
- raqamli ta’lim resurslari bankini maqsadli shakllantirish, ular orasida
mualliflik metodik va dasturiy ta’minot alohida o‘rin egallashi lozim;
|