Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə16/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Axborot:


  1. Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar.

  2. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim (ma’lu- motlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar.

  3. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar).

  4. Qiziqish uyg’otishi mumkin bo’lgan va saqlanishi hamda qayta ishlanishi lozim bo’lgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va to’lovlar, dars jadvali, o’lchash majmualarining yer va fazo stantsiyasi o’rtasidagi masofa to’g’risidagi xabarlar va h.k. axborot bo’lishi mumkin. Hisoblash mashinasi ishi uchun zarur bo’lgan axborot qayta ishlanishi

lozim bo’lgan ma’lumot va dasturdan iborat bo’lib, dastur ushbu ma’lumotlar bilan nima va qaysi tartibda bajarilishi lozimligini belgilaydi (yoki foydalanuvchiga belgilash imkonini beradi). Axborot nur, tovush va radio to’lqinlari, elektr toki yoki kuchlanishi, magnit maydoni, qog’ozdagi belgilar shaklida yaratilishi va tashilishi mumkin. Umuman olganda, xohlagan moddiy tuzilma axborotni tashishi mumkin. Axborotdan foydalanish ko’lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini bel- gilaydi.

  1. Turli ob’ektlarning o’zaro ishlashida ro’y beruvchi aks etish jarayonining faol harakatlarni ta’minlash uchun yaroqli natijalari yoki biror narsa to’g’risidagi ma’lumotlar.

  2. Aks etgan xilma-xillik.

To’plangan axborotlardan lozim bo’lganda ishlatish uchun axborot tashuvchi vositalardan foydalanishgan. Axborotlarni turli vositalarda, xususan gazeta- kitoblarda, magnit tasmalarida, disklarda va boshqa manbalarda saqlash mumkin.
Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uni uzatish kabi ishlar majmuini baja- rishda asosiy texnik vosita bugungi kunda kompyuter hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, axborotlarning almashinuv amallarini bajaruvchi aloqa vositalari-telefon, teletayp, telefaks va hokazolar mavjudki, ular ham axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari hisoblanadi.



    1. Yüklə 3,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin