Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona
iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan ha- rakati,
ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alo-
hida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga
oshiriluv- chi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi: 1)
jinoyatga aloqador iqtisodiyot - rasmiy iqtisodiyot
tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklaming
talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan
yashiringan holdagi xufyona iqti- sodiy faoliyat -
narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daro-
madlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi
fuqarolaming shaxsiy mulkiga qarshl ummnjinoiy
harakatlar - bosqinchilik, shax- siy mulkni zo‘rlik bilan
tortib olish, o‘g‘irlash, reket);
2)
soxta iqtisodiyot - hisobga olish va hisobotlaming
amaldagi tizimiga soxta natijalami haqiqiy natija sifatida
kirituvchi rasmiy iqti- sodiyot (qo‘shib yozishlar);
3)
norasmiy iqtisodiyot - tovar va xizmatlaming
ayriboshlash va taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy subyektlar
o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u
mazkur subyektlar o‘rtasidagi shaxsiy muno- sabatlar va
bevosita aloqalarga asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot - yakka tartibdagi
va koope- rativ faoliyatning nazoratdan yashiringan,
ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan
tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.
14.3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari Yalpi ichki mahsulot (YalM)ni hisoblashda milliy