Патофизиология фани, услублари



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə4/98
tarix25.12.2016
ölçüsü0,73 Mb.
#3119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikmasi va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Patologiya fanini o‘rganish davomida quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak:



  • umumiy nozologiyaning asosiy tushunchalarini;

  • kasalliklar kelib chiqish sabablarini, shart-sharoitlarini, organizmning reaktivlik xossalarini, kasallikning rivojlanish oqibatlarini;

  • tipik patologii jarayonlar va reaksiyalar sabablarini va mexanizmlarini;

  • a’zo va sistemada kechadigan buzilishlarning ko‘rinishlari;

  • patologik jarayonlarni o‘rganishda eksperimental usulning axamiyati;

  • Respublikamizda sog‘liqni saqlash va profilaktika ishlarini rivojlantirishda umumiy patologiyaning axamiyati;

  • umumiy patologiya masalalarini materialistik nazariy asosida analiz qilinishi;

Talabaning ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar:

Laboratoriya mashg‘ulotlarda esa talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda xayvonlarda tajriba o‘tkazishlari, tajriba bayonini yozishlari, olgan natijalarni analiz kilishlari xamda tayyor mazoklar, preparatlar, gemogrammalar, elektrokardiogrammalar, bioximik analizlarni tekshirishlari va sinov masalalarini echishlari kerak. Analizator bilan ishlashni o’rganish.

Elementar muolajalarni rejalashtirish va labarotoriya hayvonlarida tajribalar ko‘yishni o‘rganib olmoq.

A) og‘riksizlantirish, teri, teri ostiga, muskul ichiga, bo‘shliq ichiga in’eksiyalar qilishni bajarish.

B) qon olish, tana xaroratini o‘lchash, o‘on-tomir va nervlarni ajratish.

B) Yurak , charvi, til, suzgich parda, preparatlarni tayyorlash.

G) oddiy xirurgik operatsiyalarni bajara olish va mashg‘ulot dasturiga muvofiq patologik jarayonlarning eksperimental modellarini yasash.


  • xayvonlarda o‘tkir va surunkali tajribalar qilish;

  • tajriba ko‘yilgan xayvonlarda EKGni yozish, EKG ma’lumotlari asosida aritmiya borligini va miokard nekrozi belgilarini aniqlash;

  • preparat (Romanovskiy-Gimza metodi bo‘yicha bo‘yash) tayyorlash;

  • qon surtmasida leykotsitar formulani va retikulotsitlar miqdorini xisoblash;

  • eksperimental xayvonlarda eritrotsitlar, leykotsitlarni sanash va gemoglobinni aniklash.

  • QON surtmasida qonni patologik shaklli elementlarini aniqlashni o‘rganish;

  • siydik analiziga asosan buyrak funksiyasi buzilishlariga xarakteristika berish.

  • qon, siydik analizlari asosida sariqliklarni ajratishni bilmok.

  • qon va siydik analizlari ma’lumotiga ko‘ra kislota asos muvozanatini buzilishlarini aniqlay bilish.

  • qonning gazli analizlariga ko‘ra gipoksiya borligini aniqlash.

  • me’da shirasi analiziga ko‘ra me’daning sekretor funksiyasini buzilishi borligini aniqlamoq.

  • xarorat egri chizig‘ini tuzish va isitma reaksiya tiplarini aniqlay olish.

  • asosiy diagnostik allergik sinovlar natijalarini baxolay olmoq.

  • eksperiment natijalarini analiz qilishni bilmoq, oddiy ishlov bermoq va xulosa qilmoq.

Talabani malakasiga qo‘yiladigan talablar:

  • umumiy patologiya kursida olgan bilimlarni farmakologiya, farmakoterapiya va boshqa fanlarni o‘rganishda xamda keyingi ishlash faoliyatida qo‘llashni;

  • xayvonlarda eksperiment o‘tkazish, uni planlashtirish va olgan natijalarni statistik taxlil qilishni;

  • umumiy patologiyani o‘qitish, sistematik ma’ruza o‘qish, laboratoriya mashg‘ulotlar, test nazorat darslarini o‘tish bilan olib boriladi;

  • ma’ruza o‘qishda eksperiment o‘rnini bosib oladigan ko‘rgazmali qurollar: diafilmlar, diapozitlar, yirik formali rasmlar, atlaslar, tablitsalar, o‘quv kinofilmlaridan foydalaniladi.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin