moddalar bilan ifloslangan bo‘lib, ularning miqdori 50 dan 1500 mg.litrga
teng.
Prokat sexida suv asosan konstruksiya va mexanizmlami sovutish
uchun va okalin moddalarni yuvish, sovutish va oqizish uchun ishlatiladi.
Chiqindi suvdagi qalqib yuradigan zarrachalar miqdori 220 mg/1, yog'lar
30 dan 170 mg/l.ga yetadi.
Qog'oz va karton ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar uchun
juda ko‘p miqdorda suv kerak. 1 1 qog‘oz ishlab chiqarish uchun o‘rta-
cha 300—350 m3 suv talab qilinadi. Selluloza va qog‘oz ishlab chiqarish
chiqindi suvlari tarkibida juda ko‘p miqdorda qalqib yuradigan
moddalar, erigan holdagi organik moddalar va noxush xid tarqatadigan
moddalar borligi aniqlangan.
Neftni yer tagidan olish va uni qayta ishlash juda ko‘p miqdorda
suv talab qiladi. Neft ionlarining chiqindi suvlari asosida qatlam suvlari
yotadi, ular qazib suyuq olinadigan neft miqdorining 10—25% ini tashkil
qiladi. Bir litr suv tarkibida 1200—2000 mg neft va 1500 mg.suvda
qalqiydigan zarrachalar mavjud b o ‘ladi. Neftni qayta ishlash
korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindi suv tarkibida kami bilan 10 xil
moddalar borligi qayd etiladi. Chiqindi suvlaming bir litrida 10—15 g
xlorid, bir necha mg.dan bir necha grammgacha neft, shuningdek,
parafin, vodorod sulfid, ammiak va merkaptan suffit, fenol moddalari
b o ‘ladi, h ar b ir tonna neft m ahsuloti uchun 2 dan 3 m 3,
mukammallashgan korxonalarda esa 0,8—1,5 m3 suv sarflanadi.
Koks-kimyo zavodlarida ishlab chiqarish quyidagi ikki qismga
bo‘linadi:
1) o‘choqlarda koks olish uchun ko‘mimi quruq haydash jarayoni.
Ko‘mirni kokslashga tayyorlash (ko'mir yuvish) va o'choqdan chiqqan
cho‘g‘ koksni o'chirish oqibatida chiqindi suvlar paydo bo‘ladi, uning
tarkibida suvda qalqiydigan moddalar mavjud;
2) ishlab chiqarish jarayonida gazlar hosil bo‘ladi. Bu chiqindi
suvlar tarkibida fenollar va boshqa organik moddalar mavjud.
Gazogenerator stansiyasida navi past kul rang ko'mirni quruq
haydash yo‘li bilan gaz, toshko'mir olish jarayonida tarkibida fenollar,
yog‘ kislotasi, ammiak, smola moylar, piridin, rodanidlar metil spirti
va boshqa moddalar mavjud.
Dostları ilə paylaş: