Sanoan chiqindilarini rekuperatsiya qilish texnologiyasi. Turobjonov S.M. Niyazova M.M
4 .8 . Changni rekuperatsiya qilish usullari Sanoat korxonalarida hosil b o ‘ladigan changlar tozalash
moslamalarida ushlab olingandan so‘ng, ulardan quyidagi usullar bilan
qaytadan foydalanish mumkin.
1. Xomashyo sifatida (yoki tayyor mahsulot sifatida).
96
2. Chang hosil bo‘lgan korxonaning o ‘zida uni qaytadan ishlatib
foydalanishni tashkil etish yo‘li bilan.
3. Boshqa ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish
uchun foydalanish.
4. Qurilish maqsadida foydalanish.
5. Qishloq xo'jaligida foydalanish.
6. Tarkibidan foydali komponentlami ajratib olish uchun qayta
ishlash.
7. Changni b a’zi fizik-kimyoviy xususiyatlarda foydalaniladigan
jarayonlarda ishlatish.
Changdan xomashyo sifatida foydalanish.
Ushbu usulga issiqlik elektr stansiyalarida hosil bo'lgan qurumdan
foydalanishni tashkil qilish misol bo‘la oladi. Undan turli korxonalarda
foydalanishni tashkil qilish mumkin: rezina va shina ishlab chiqarishda
90% dan ko‘p qismi ishlatiladi, lak-bo‘yoq ishlab chiqarishda ishlatilishi
mumkin.
Qurumning asosiy xususiyatlaridan biri uning yuqori dispersligi va
past solishtirma elektrik qarshilikka ega ekanligidir. Korxonalarda hosil
bo‘lgan gazlar tarkibida qurumning miqdori 80—100 g/m 3.
Ular asosan yonadi va portlaydi (30 a-rasm).
Q urum va changlarni rekuperatsiya qilishning texnologik
sxemalari:
G a z
30-rasm.
a ) Forsunka usulida ishlab chiqarilgan qurumli gazlarni rekuperatsiya qilish sxemasi: 1 -e le k tro filtr; 2 -g a z tortgich ; 3 -s ik lo n la r; 4-venti l at orni ng pnevmotransporteri. 97