shunaqasini tanlanganligini izoxlash.
Motivlar xulq-atvor
yo`nalishini tanlashni
belgilaydigan sabablardir
hamda birgalikda kishi
shaxsining yunalganligini
tashkil etadi.
3.
Motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatni
o`zi boshqaradigan vosita hisoblash.
Bu vositalarga hissiyotlar,
emotsiyalar, istaklar,
qiziqishlar, dunyoqarash va
ehtiqod kiradi.
Irodaviy harakatda uni motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik
manbai, uning yo`nalganligi va o`z-o`zini boshqarish vositalari namoyish
kilingandir.
Shunday qilib, ehtiyojlar bir xil harakatlarning bajarilishini belgilaydigan va
boshqalarining bajarilishiga xalaqit beradigan har xil motivlarga aylanadi. Irodaviy
harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko`pmi darajada anglanilgan harakterda
bo`ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganiga bog`liq holda intilish va
istakni ham farq qilsa bo`ladi. Yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan iborat
faoliyat motivi - intilishdir. Faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli
darajada tushunib yetilganligi bilan harakterlanashi - istakdir. Malakali yosh
muxandis mehnat unumdorligini yanada oshirish istagini bildirib, yangi ilg`or
texnologiya yordamida o`z chizmalarini yanada takomillashtirish to`g`risida
o`ylaydi, o`z ish jadvalini qayta ko`rib chiqib, har bir harakatini hisobga oladi.
Irodaviy xatti-harakatning so`nggi jihati - ijrodir. Unda qaror harakatga
aylanadi, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo`ladi.
Irodaviy xatti-harakatning eng muhim bo`g`inlari - qaror qabul qilish va uni
ijro etish - ko`pincha alohida hissiy holatning irodaviy zo`r berish sifatida
tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Irodaviy zo`r berish bu
hissiy xayajon shakli bo`lib, kishining harakatga qo`shimcha motivlarni vujudga
keltiruvchi, gohida yo`q bo`luvchi yoki yetarli bo`lmagan ichki resurslarini
(xotirasi, tafakkuri, hayoli) safarbar etuvchi sabablardir. Irodaviy zo`r berish
natijasida bir xil motivlarning harakati to`xtatlib, boshqalarining harakatini haddan
ziyod kuchaytirish mumkin bo`ladi. Burch hissi bilan tug`ilgan irodaviy kuch-
g`ayrat tashqi to`siqlarni bartaraf etishga va harakat qilishga safarbar etadi.
Irodaviy kuch-g`ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo`rquv, charchash kabilar
ustidan qozonilgan g`alaba anchagina hissiy zavq beradi, o`z ustingdan erishilgan
g`alaba kabi boshdan kechiriladi. Tashqi to`siq yengib o`tish lozim bo`lgan ichki
qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo`lsa u irodaviy zo`r
berishni talab qiladi. Irodaviy kuch-g`ayrat sarflash odati matonatli fe’l-atvorni
shakllantirishning majburiy sharti bo`lib xizmat qiladi.
|