Iarni aniqlashdan iborat bo'lishi kerak. Lekin bu ancha mushkul ish. 12 bartnoqli
ichak suyuqligida parazitning vegetativ shakllari bo'ladi. Bemorning axlat surtma-
larini yod bilan bo'yab tekshirish orqali parazit sistalarining bor-yo‘qligi aniqla-
nadi. Ulaming axlatlari bilan lyambliya sistalari tashqi muhitga chiqib turadi va
haftalab tirik qolishi mumkin. Sog'lom odamga parazit sistalar bilan ifloslangan
oziq-ovqat, ichiladigan suv yoki iflos qo'llar orqali yuqadi. Sistalar hazm yo'liga
tushganidan keyin o'n ikki barmoqli ichakda vegetativ shaklga aylanadi.
Kasallikning oldini olish uchun profilaktik qoidalarga amal qilish zarur. Buning
uchun meva va sabzavotlami yaxshilab yuvish, suvni qaynatib ichish, pishirilgan
ovqatni va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, chivin va pashshalarga qarshi
kurashish, ovqatdan oldin va hojatdan keyin qo'lni yuvish, parazit tashuvchilarni,
ayniqsa, oziq-ovqat korxonalarida, bolalar bog'chalarida ishlaydiganlami o 'z vaqti-
da tekshirib, kasallangan odamlami davolash, hojatxonalami dorilab turish kabi
ishlami amalga oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: