kelmoqdalar.
1957-yilda Yevropa stol tennisi Ittifoqi
(ETTU)
tuzilgan va shtab- kvartira
qilib Shvetsiyaning Stokgolm shahri belgilangan. Stol
tennisi sport turi nafaqat
Osiyoda balki Evropada ham ommabop bolib
(2016 yil holatiga ko’ra)
57 mamlakat
ETTUga a’zolikka qabul qilingan. Hozirgi kunga kelib har yili 40 mln. nafardan
ko’proq sportchi barcha qit’alardagi rasmiy musobaqalarda ishtirok etadilar.
Stol tennisi bo’yicha jahon chempionatlari ulkan anjumanlarga aylangan
bolib, ularda bir vaqtning o’zida 170 dan ziyod erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok
etmoqda. Har ikki yilda bir marta o’tkaziladigan stol tennisi faxriylari o’rtasidagi
jahon chempionatlarida 3000 nafardan ziyod sportchilar jam bo’ladi-bu bir sport
arenasida joylashgan yuzlab tennis stollari demakdir
(2-rasm).
Musobaqalarda belgilangan yoshlar toifasi:
kichik о‘spirinlar guruhi
(12 yoshdan katta bo Imagan
);
katta о‘spirinlar guruhi
(15 yoshdan katta bo ‘Imagan
);
o
b
spirinlar guruhi
(18yoshdan katta bo ‘Imagan);
o’smirlar guruhi
(21 yoshdan katta bo’lmagan
);
kattalar guruhi
(chegaralanmagan).
Faxriylar o’rtasidagi musobaqalarning yosh toifasi: 4CM9, 50-59, 60-64, 65-
69, 70-74, 75-79, 80-84 va 85 yoshdan yuqori.
Rossiya stol tennisi federatsiyasi matbuot kotibi Aleksey Lomaev
Championat.com jurnalisti Sergey Garifullinga bergan
intervyusida xitoylik
sportchilarning xalqaro maydonlaridagi muvaffaqiyatlarining asosiy sabablarini
ko’rsatib o’tadi. “Bu masala
(Xitoy terma jamoasining siri nimada)
bo’yicha men
ham Xitoy milliy terma jamoasi murabbiylaridan biri Kao Jenga murojaat qilgan
edim. Biz birinchi marta suhbatlashayotganimiz yo’q edi, Shu sababli murabbiy
menga ochiq javob berdi. U ko’zlarimga
qarab turdida, mayli bu sirni senga
aytaman, dedi. Xuddi mana shu vaqtdan boshlab men Xitoy terma jamoaning sirini
bilaman va bu sirni Championat.com o’quvchilari bilan baham ko’raman.
Gap shundaki, Xitoyda sport, xususan, stol tennisini rivojlantirish bo’yicha
davlat dasturi bor. Boshqa istalgan sport turida bo’lgani kabi, stol tennisini
rivojlantirish rejasi juda oddiy: butun mamlakat bo’ylab sport tarmoqlarini yoyish
lozim. Barcha maktablar, istirohat bog’lari hattoki
odamlar istiqomat qilib
kelayotgan hovli joylarni ham nazardan qoldirmay qamrab olish kerak. Yoki albatta,
yuqori malakali murabbiy kadrlar ham kerak, ular sportning u yoki bu turiga
ishtiyoqi baland bo’lgan bolalarni seleksiya qilib tanlab olishlari lozim”,-degan edi
Lomae.
Dostları ilə paylaş: