Rivojlantirish instituti a. R. Jabborov, S. S. Sotiboldiyev veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun



Yüklə 24 Kb.
Pdf просмотр
səhifə1/40
tarix28.04.2017
ölçüsü24 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
16313

O 'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA O'RTA M AXSUS T A ’LIM  VAZIRLIQ 
O'RTA  MAXSUS  KASB-HUNAR TA ’LI Ml  MARKAZI 
O'RTA  MAXSUS,  KASB-HUNAR  TA’LIMINI 
RIVOJLANTIRISH  INSTITUTI
A.  R. JABBOROV,  S. S. SOTIBOLDIYEV
VETERINARIYA AKUSHERLIGI, 
GINEKOLOGIYASI VA SUN’IY 
QOCHIRISH
0 ‘quv qo'llanma
/

48.
Р-15
O 'zbekiston  Respublikasi Oliy  va  0 ‘rta  maxsus  ta ’lim  vazirligi,  O'rta  maxsus, 
k a sb -h u n ar t a ’limi markazi,  O'rta  maxsus,  kasb-hunar ta ’limini rivojlantirish  instituti 
tomonidan  kasb-hunar kollejlarining  veterinariya yo'nalishi bo'yicha  bilim 
olayotgan  talabalariga  o'quv qollan m a  sifatida  tavsiya  etiladi.
A.  R.  Jabborov,  S.  S.  Sotiboldiyev
Veterinariya  akusherligi,  ginekologiyasi  va  sun’iy  qochirish. 
O'quv 
qo'llanma.  «BILIM»,  2004 —  304  b.
,  3706000000 — t i l
J ----------.--------------- 2004  -
M 361(04) — 2004
©   «BILIM»,  2004-yj 
© O 'M K H T M  
9ППЛ,

Mustaqil  O'zbekistonning  buyukligi  uning  iqtisodiy  qudratiga  qarab 
aniqlanadi. Shunday xulosaga asoslanib mustaqillikning dastlabki yillaridayoq 
mamlakatimizda tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning o'ziga xos va 
o'ziga  mos  yo'li  tanlandi.  Bu  yo ‘l  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
I. A.  Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta tamoyilda o‘z aksini topgan. 
Ularga amal qilingan  holda 0 ‘zbekiston xalq  xo‘jaligining  barcha tarmoqlari 
singari  chorvachilikning  ham  hamma  sohalarini  rivojlantirishga,  chorva 
mahsulotlarini  ko'proq yetishtirish,  ularning  sifatini  yaxshilash va tannarxini 
arzonlashtirishga  katta  e’tibor  qaratilgan.  Ya’ni,  aholiga  ko‘p  va  sifatli 
mahsulotlar  yetkazish  uchun  safarbarlik  e’lon  qilingan.  Chunki  aholining 
go‘sht,  sut va tuxum  mahsulotlariga  bo'lgan  talabi  g'oyat oshib  borayotgan 
bir  paytda  o'zgacha  bo‘lishi  ham  mumkin  emas.  Xuddi  shu  boisdan  ham 
hukumatimiz  qishloq  xo'jaligining  barcha  tarmoqlarini  birday  rivojlantirish 
uchun  zarur bo'lgan  hamma chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.  Bu esa, 
qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'plab yetishtirishga, xalqimizning oziq-ovqat 
mahsulotlariga,  sanoatning  xomashyoga  bo'lgan  talabini  to'liq  ta’min  eta 
oladigan  darajaga  yetkazish  imkoniyatini  beradi.  Ma’lumki  go'sht,  sut,  jun, 
tuxum  va  boshqa  chorva  mahsulotlarini  yetishtirishni  ko'paytirish  uchun 
chorva mollari hamda parrandalarni har xil kasalliklardan asrash, shuningdek, 
ularning  sonini  ko'paytirish  muhim  ahamiyat  kasb etadi.
^ S u t,  go'sht,  tuxum  va  boshqa  qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  yetishtirish 
eng  avvalo  hayvonlarni sifatli  va to'yimli  oziqlar bilan  oziqlantirishga,  ularni 
ilg'or texnologik usullar asosida asrashga,  hamda ushbu  hayvonlardan nasi 
olishni  ko'paytirishga,  fan  va  ilg'or  tajribalarga  suyangan  holda  naslchilik 
ishlarini  takom illashtirishga  bog'liq  bo'ladi.  Bunda  urg'ochi  va  erkak 
hayvonlarning  nasldorligini  oshirish,  ulardan  sog'lom  nasldorligini  olish  va 
ularni  asrashga e’tibor qaratilishi  kerak.
Podani to'ldirish  uchun erkak va urg'ochi  hayvonlardan  unumli foydala- 
nishning  tashkiliy  tizimini  barpo  etish,  mintaqalarning  sharoiti  va  ularda 
qo'llaniladigan  texnologik  usullarni  hisobga  olgan  holda  zootexnika  va 
veterinariya  tadbirlarini  rejali  asosda  tashkil  etish  va  o'tkazishga  bog'liq. 
Bu  ishlarni  to'g'ri  tashkil  etish  mutaxassislaming  veterenariya  akusherligi 
ginekologiyasi va qishloq xo'jalik  hayvonlarini sun’iy qochirish fanini puxta 
bilishi,  uning  qoidalariga  qat’iy  rioya  qilishiga  bog'liq.  Shuni  e’tirof  etish

lozimki,  bu  fan  biologiya,  fizio lo g iya ,  tibbiyot,  em briologiya,  biokimyo, 
ko'payish  patolog iyasi  singari  fa n la r  bilan  cham barchas  bog'liq  holda 
rivojlangan.
Chorvachilikda hayvonlarning  nobud  bo'iishini  kamaytirish,  ulardan  ko‘p 
bola  olish  va  saqlab  qolish  ko‘p  jihatdan  veterinariya  mutaxassislarining 
m alakasiga  bog'liq.  Binobarin,  qishloq  xo'jalik  yo'nalishidagi  kasb-hunar 
kollejlarini tugatayotgan veterinariya ixtisosligi bo'yicha bilim oigan talabalar 
respublikam iz  chorvachiligini  m uvaffaqiyatli  rivojiantirish  uchun  nafaqat 
hayvonlarning turli kasalliklarini biiishlari, baiki, ularning oldini olish choralarini 
va  sam arali  davolash  usullarini  qo'ilashlari  lozim.  Ular  xo'jalikdagi  mol 
podaiarini  to'ldirib  borishga,  hayvonlar  qisir qolishining  oldini  olish va ularni 
bartaraf etishga qaratilgan barcha tadbirlarni to'g'ri tashkil eta biiishlari lozim. 
Buning  uchun  mutaxassis  veterinar  akusherligi,  ginekologiyasi  va  qishloq 
xo'jalik  hayvonlarining  sun’iy  qochirish  sohasi  bo'yicha tegishli  bilimga  ega 
bo'lishi  shart.  j u l / V
V eterinariya  aKusherligi  urg'ochi  hayvonning  bola  tug'ish  qobiliyati, 
bo'g'ozlik  fiziologiyasi  va  patologiyasini,  tug'ishning  normal  va  patoiogik 
h o la tla rin i,  tu g 'is h d a n   keyin  p a yd o   b o 'lish i  m um kin  b o 'lg a n   kasallik, 
shuningdek,  yelin  kasalliklarini  o'rganuvchi  klinik fandir.
«Akusherlik» fransuzcha-accoucherso'zidan olingan bo'lib, u «tug'moq», 
«ko'zi  yorimoq»  degan  ma’noni  anglatadi.
Veterinariya akusherligi  sohasi  qadim  zamonlardan  vujudga  kelgan  edi. 
Odamlar  uy  hayvonlarida  uchrab  turadigan  ayrim  hodisalarni,  chunonchi, 
tuqqan ona hayvonning o'z bolasini yalab quritlshi va hokazolar singari «o'z- 
o'ziga akusherlik yordami  ko'rsatish»  instinktlarini  kuzatib,  bu sohada asta- 
sekin  tajriba va  malakalar orttira  borganlar.
Akusherlik sohasida xalq uzoq vaqt tajriba to'pladi. Veterinariya akusherligi 
XIX  asm ing  o'rtalarida,  ya’ni  chorvachilik  tez  rivojlangan  davrdan  boshlab 
fanga aylandi. Veterinariya akusherliginingfanga aylanishiga Ch.  Darvinning 
evolyutsion  ta ’ limoti,  anatom iya,  gistologiya,  em briologiya,  normal  va 
patoiogik fiziologiya, jarrohlik sohasida vujudga kelgan yirik ilmiy kashfiyotlar, 
shuningdek,  mikrobiologiya sohasida erishilgán  ilmiy yutuqlar ko'p jihatdan 
yordam  bergan.
Veterinariya akusherligi ayniqsa oliy o'quv yurtlarida, akusherlik kafedralari 
tashkil  etilgandan  keyin  rivojlana boshladi.
1919- yilda Moskva,  1922-yilda Qozon va Leningrad, keyinchalik boshqa 
ve te rin a riya   institutlari  qoshida  akusherlik  kafedralar  ta sh kil  etildi.  Bu 
kafedralard a  professor  N.  F.  M ishkin,  Qozonda  professor  S.  P.  Mama- 
dishskiy, Leningradda professor V.  V.  Kongelar akusherlik kursidan leksiyalar 
o'qib,  sohani  rivojlantirishga o'z  hissalarini  qo'shdilar.
1 9 2 9 -yilda  Sam arqand  shahrida  tashkil  etilgan  O'zbekiston  Qishloq 
xo 'ja lik   instituti  (hozirgi  S am arqand  Q ishloq  xo'ja lik  instituti)  tarkibida 
O'zbekistonda  yagona  bo'lgan  veterinariya  fakultetining  tashkil  etilishi,  bu 
soha bo'yicha maxsus fanlar kafedralarining vujudga kelishi, qishloq xo'jalik

hayvonlarining turli kasalliklarini o'rganish va ularning oldini olishning samarali 
usullarini  ishlab chiqishda  katta  rol 
0
‘ynadi.
Institut  tashkil  yetilgan  dastlabki  yillarda  veterinariya  akusherligi, 
ginekologiyasi  va  qishloq  xo‘jalik  hayvonlarining  sun’iy  qochirish  fanidan 
talabalarga  professor  P.  P. Timofeyev  saboq  berdi.  1937-yildan  boshlab 
mazkur kafedraning mudiri lavozimida dotsent N.  F. Skavish faoliyat ko'rsatdi 
va  u  kishi  haqiqatan  ham  shu  kafedraning  asoschisi  hisoblanadi.  Yosh, 
harakatchan olim, talabalarga ma’ruza qilish jarayonida juda ko'p ko'rgazmali 
qurollardan  foydalanib,  qiziqarli  dars  o'tishi  bilan  birgalikda  veterinariya 
akusherligi  fani  bo‘yicha  ilmiy  tadqiqotlarni  jonlantirib,  qishloq  xo'jalik 
hayvonlarining  bepushtligiga  qarshi  kurash  choralarini  ishlab  chiqdi. 
Keyinchalik kafedra qoshida yosh  olimlarni tayyorlash  bo'yicha aspirantura 
ochildi va veterinariya fanlari  nomzodligi  uchun  ilmiy tadqiqotlar olib  borish 
yo'lga  qo'yildi.  Ko‘p  yillik  samarali  mehnati  va  qishloq  xo'jaligi  fanini 
rivojlantirishga  qo'shgan  katta  xizmatlari  evaziga  veterinariya  akusherligi 
kafedrasi mudiri N.  F.  Skavish bir qator davlat mukofotlariga sazavor bo'lgan.
Keyingi  yillarda  ham  hayvonlarning  bepushtligi  dolzarb  muammolardan 
biri  bo'lib  kyelinmoqda,  shu  sababli  kafedra  qoshida  mazkur  muammoni 
yechishga  bag‘ishlangan  lab ora to riya   ta s h k il  e tilib ,  u  h ayvonlarni 
sog'lomlashtirish bo'yicha katta ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.
Uzoq  yillar  davomida  mazkur  kafedrani  iqtidorli  olim,  mehnatsevar 
pedagog  S. A. Aminov  boshqardi,  bu  davr  mobaynida  u  kishining  100  dan 
ortiq  ilmiy  ishlari  chop  etilgan.  1962- yilda  S. A. Aminov  «Sovliqlar  sut 
b e z la rin in g   m otorika  x u s u s iy a tla ri»   degan  m avzuda  n o m z o d lik  
dissertatsiyasini  muvaffaqiyatli himoya qildi.
1 9 8 8 -yild a n   boshlab  ve te rina riya   a ku sh e rlig i  ginekologiyasi  va 
hayvonlarni sun’iy qochirish kafedrasiga veterinariya fanlari doktori, professor 
F. X.  Majidov  rahbarlik  qildi.  Bu  davrda  kafedrada  ilmiy  tadqiqot  ishlariga 
e’tibor  yanada  kuchaytirildi  va  natijada  M.  S.  Musayev,  A.  E.  Elmurodov, 
A. A.  Kamolov, S.  M. Jumanovlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli 
yakunlab,  natijalarini amaliyotga keng joriy etdilar.
Kafedra olimlari  bir  necha yillar davomida  qorako'lcha  olish  maqsadida 
sovliqlarning bo‘g‘ozlik davrini tugallanmasdan to'xtatish, sovliqlarning mastit 
kasalligini  patogenetik  davolash,  sig irlarda   uchraydigan  tuxum don 
kasalliklarini  davolashda  gormonal  va  neyrotrop  preparatlarni  qo'llash, 
urug'lanishni  yaxshilash  uchun  yod  preparatidan  foydalanish,  hayvon  qisir 
qolishining  oldini  olish  va  veterinariyaning  boshqa  aktual  muammolari 
bo'yicha ilmiy izlanishlar olib  bormoqdalar.
%  %
  Chorvachilik  madaniyatining  o'sishi  va  naslchilik  ishlarining  rivojlanishi 
tufayli  qishloq  xo'jaligi  hayvonlarining  naslsizligiga  qarshi  kurash  haqidagi 
masala  o'z-o'zidan  yuzaga  keldi.  Shu  sababli  ginekologiya,  ya’ni  urg'ochi 
hayvonlarning  jinsiy  a’zolarida  yuz  beradigan  patalogik  jarayonlar,  ularni 
davolash va oldini olish  usullarini  o'rganuvchi fanga zarurat tug'ildi.
«Ginekologiya»  so'zi  grekcha  ikkita so'zdan  tashkil  topgan  bo'lib,  gyne- 
ayol va  logos-ta’limot demakdir.

Professorlardan  A.  Yu. Tarasevich,  A.  P.  Studensov,  N.  A.  Flegmatov, 
I.  A.  Bocharov,  P.  A.  Voloskov  va  boshqalarning  olib  borgan  ilmiy  ishlari 
veterinariya akusherligi va ginekologiyasini yanada rivojlantirish ishiga muhim 
hissa qo'shdi.
A.  Yu.  T a ra s e v ic h   v e te rin a riy a   a k u s h e rlig i  s o h a s id a   b iy a la rn in g  
bo‘g‘ozligini  aniqlashning  klinik  usulini  ishlab chiqdi.  Bu  usul  hozirgi  vaqtda 
barcha  chorvachilik  fermalarida  qo'llanilib  kelinmoqda.  Olib  borilgan  ilmiy 
is h la rg a   a s o s a n   A.  Yu.  T a ra s e v ic h   s ig ir  va  b iya la rn in g   g in e k o lo g ik  
kasalliklarini davolashning  bir qator usuilarini taklif etgan. A. Yu. Tarasevich 
o‘zi  to‘plagan  ilmiy  m a’lumotlarini  va  boy  klinik tajribasini  1936- yilda  nashr 
etilgan  «Qishloq  xo'jalik  hayvoniarining  naslsizligi»  kitobida  bayon  qilgan.
Ya.  G.  Gubarevich  A. Yu. Tarasevichning  shogirdi,  Vitebsk  veterinariya 
institutining professori,  «Mayda mollar akusherligi»  va texnikum o'quvchilari 
uchun  «V eterinariya  akusherligi  va  ginekologiyasi»  degan  kitoblarning 
muallifi.
A.  P.  Studensov  mashhur  klinitsistdir.  U  qishloq  xo'jaligi  hayvoniarining 
yelin  yallig'lanishi  (mastit),  bola  tashlash  va  naslsizlik  kasalliklari  tasnifini 
ishlab chiqish  bilan  birga ularning jinsiy a’zolarida uchraydigan  kasalliklarni, 
mastitni  davolash  va  ko'pgina  jarrohlik  usuilarini  taklif  etgan.  Veterinariya 
institutlari  talabalari  uchun  yozilgan  «Veterinariya  akusherligi  va  gineko­
logiyasi»  darsligida  o'zining  shu  sohadagi  katta  tajribasini  umumlashtirib 
bergan.
N.  A.  Flegmatov ilmiy tajriba va m a’lumotga asoslanib, yo'ldoshi tushmay 
q olgan  h a yv o n la rg a   ham da  bachadon  yaxshi  ishlam ay  q o lg a n d a   bu 
kasalliklarning oldini olish uchun qog'onoq suvidan foydalanishning samarali 
usulini  taklif  etgan.  U  urg'ochi  eshaklam ing  bo‘g‘ozligini  aniqlashning  klinik 
usulini,  shuningdek,  biyalarda  uchraydigan jinsiy kasalliklarni  davolashning 
bir qator samarali  usuilarini  ishlab chiqqan.
I. A.  Bocharov mollarni sifatsiz oziq bilan boqish (alimentar), qisir qolishini 
aniqlash, davolash va oldini olish masalalariga yangilik kiritdi, hamda «Qishloq 
xo'jaligi  hayvoniarining  naslsizligi»  degan  kitob yozdi.
P.  A.  Voloskovning  qishloq  xo'jaligi  hayvonlarini  urchitib  ko'paytirish 
sohasidagi  xizm atiari  katta.  U  mol  jinsiy  a’zosida  uchraydigan  kasalliklarni 
davolashning  bir  qator  yangi  usuilarini  ishlab  chiqdi  va  amaliyotda  tatbiq 
etdi.
  li-H o z irg i  v a q td a   v e te rin a riy a   a k u s h e rlig i  va  g in e k o lo g iy a s i  k lin ik  
veterinariyaning nazariy, diagnostik hamda davolovchi usullari majmuasi bilan 
boyigan  eng  muhim  tarmoqlaridan  biriga aylandi.
Chorvachilikni  rivojlantirishdagi  eng  asosiy  maqsadlardan  biri  qishloq 
xo‘jalik  hayvoniarining  mahsuldorligini  oshirish  va  naslini  yaxshilashdir.  Bu 
sohada  ko'zga  ko'rinarli  m uvaffaqiyatlarga  erishish  uchun  mahsuldor  nasi 
beradigan erkak hayvonlarning spermalari bilan ko‘plab urg'ochi hayvonlarni 
sun’iy qochirib,  serm ahsul  zotlarni  ko'plab  yaratish  mumkin  bo‘ldi.  ■
  \
Sun’iy qochirish  usuli  qo'llaniiganda  beradigan  mahsulotiga qarab erkák 
va  u rg 'o c h i  h a y v o n la rn i  to 'g 'r i  ta n la s h   m um kin  b o 'la d i.  S e rm a h s u l

hayvonlardan  olingan  urug'ni  saqlash  va  uni  xo‘jaliklarga  kerakli  vaqtda 
yetkazib  berish  imkoniyati  yaratildi.  Zotli  hayvonlardan  olingan  nasi  sifat 
ko'rsatkichlarini  o‘z  vaqtida  baholash  sermahsul  zotlarni  yaratish  imkonini 
beradi.  Hayvonlarni  tabiiy  qochirish  juda  mashaqqatli  ish  hisoblanadi. 
Masalan, qozoq arxaromerinos qo‘y zotini yaratishda otib o'ldirilgan tog' arhari 
(echkisi)  ning  urug‘don  ortig'idan  olingan  spermalar  bilan  mahalliy 
q o ' y l a r  
qochirilgan.  Bu  zotni  sun’iy  qochirish  usulisiz  yaratish  imkoni  bo'lmas  edi, 
chunki arxartutqunlikni yomon  kechiradi.
Sun’iy  qochirish  hayvonlarda  ko‘p  uchraydigan  brusellyoz,  kampilobak- 
terioz,  tuberkulyoz,  trixomonoz  va  boshqa  yuqumli  kasalliklar yuqushining 
oldini  olishda muhim  rol o‘ynaydi.
Sun’iy  qochirish  usuli  naslli  erkak  hayvonlardan  maksimal  foydalanib, 
ularni ko‘plab saqlash uchun sarf xarajatlarni bir necha baravariga kamaytirish 
imkonini  beradi.  Bundan  tashqari  sun’iy qochirishda yuqori  sifatli  urug'larni 
o‘ta muzlatib,  ko'p yillar davomida foydalanish  imkoni  ham  bor.
A ku sh erlik  fani  va  uning  vazifa la ri. 
Hozirgi  vaqtda  veterinariya 
akusherligi  fani  qishloq  xo’jalik  hayvonlari  bo‘g‘ozlik  davrining  fiziologiyasi 
va patalogiyasi; tug'ish va tug'ishdan keyingi davr; akusherlik operatsiyalari; 
yosh  hayvonlar fiziologiyasi  va  patalogiyasi  kabi  bir-biri  bilan  uzviy  bog'liq 
bo'lgan qismlardan iborat. Bundan tashqari, akusherlik fani yelin kasalliklarini, 
ginekologiya va hayvonlarni  sun’iy qochirishni  ham o'rgatadi.
Veterinariya ginekologiyasi va qishloq xo‘jalik hayvonlarini sun’iy qochirish 
fani anatomiya, gistologiya, embriologiya, genetika, normal hamda patalogik 
fiziologiya, mikrobiologiya, jarrohlik va boshqa shu kabi sohalarga asoslanadi. 
Organizmning  yaxlitligi  haqidagi  ta’limotga  asoslangan  holda  bu  fan  erkak 
va  urg'ochi  hayvonlar  jinsiy  a’zosini  bir  butun  holatda  o‘rganadi.  Bunda 
hayvonlar jinsiy a’zosi faoliyatiga,  ularning to‘g‘ri  oziqlanishi,  saqlanish joyi 
va boshqa omillarining ta’sir etishini  hisobga olish  kerak.  Bu fanning  asosiy 
vazifalaridan  biri  hayvonlar  qisir  qolishining  oldini  olish  va  bunga  qarshi 
samarali  usullar  ishlab chiqish  hamda  urg'ochi  hayvonlardan  sog'lom  bola 
olishdan  iborat.
Bundan  tashqari  veterinariya  akusherligi  fani  bo‘g ‘ozlik  davrining 
fiziologiyasiga, sun’iy qochirishning ratsional usullarini va bo‘g‘ozlik muddatini 
aniq ko'rsatib beruvchi usullarini ishlab chiqishga e’tibor beradi. Shuningdek, 
hayvonlarning  yelin  kasalliklari,  bo'g'ozlik  davrida  uchraydigan  turli 
kasalliklarning  oldini  olish  va  ularni  davolashning  samarali  usullarini  joriy 
qilishga  katta  e’tibor  beradi.  Veterinariya  feldsheri  akusherlik,  ginekologik 
kasallikning  paydo  bo'lish  sabablarini  bilgach,  davolashning  biror  usulini 
qo‘llab,  kasal  hayvonlarga yordam  ko'rsata oladi.

I  b o b  
HAYVONLAR JINSIY A ’ZOLARINING  ANATOMIYASI 
VA FIZIOLOGIYASI
Jinsiy  ko'payishning  biologik  ahamiyati.  Ko'payish  —   bu,  muhim 
jarayon,  unda  barcha  tirik  m avjudotlarning  hayotiy  faoliyati  saqlanadi. 
Ko'pchilik  bir hujayrali  organizmlarda  ko'payish jarayoni juda  oddiy.  Ularda 
ona hujayrasi ikkita qiz hujayraga bo'linib ko'payadi. Bunga oddiy ya’ni bo'linib 
ko'payish usu lideyiladi. Ammo murakkab organizmlarda ko'payish jinsiy yo'l 
bilan bo'ladi. Jinsiy ko'payishda ikki jins hujayralari ishtirok etib,  ularning har 
biri  maxsus  hujayra —  gametani  ishlab chiqaradi.  Gameta  o'zining tuzilishi 
b ila n   b ir-b irid a n   fa rq   q ilib ,  u la rd a n   biri  s h a k la n   k a tta ro q   b o 'lib   —  
makrogametlar deyiladi. Bu ikki jins hujayralarining o'zaro qo'shiiishidan yangi 
organizm —  zigota paydo  bo'ladi.
Jinsiy  ko'payish jinssiz  ko'payishga nisbatan  ma’lum  biologik ustunlikka 
e ga,  unda  o ta -o n a   irs iy   x u s u s iy a tla rin in g   b o la g a   o 'tis h i,  a vlo d n in g  
ha yo tch a n lik  q o b iliya tin in g   nasldan -n aslga  o 'tka zish i  va  bolaning  o'z 
hayotchanlik qobiliyat ota-onasiga nisbatan yuqoriroq bo'lishiga sabab bo'ladi.
Y a n a   ham   m u ra k k a b   tu z ilis h g a   e g a   b o 'lg a n   o rg a n iz m la rd a  
makrogametalar  harakatlanish  qobiliyatini  yo'qotib,  hajmi  kattalashib,  oziq 
moddalarni yig'ish xususiyatiga ega bo'ladi, mikrogametalarsitoplazmasining 
hajmi ancha kichik bo‘lsa-da, ammo juda harakatchan bo'ladi.  Makrogametlar 
urg'ochi hayvonning jinsiy hujayrasi bo'lib, unga tuxumhujayra, mikrogametlar 
esa erkak  hayvon jinsiy  hujayrasi  bo'lib,  unga  sperm alar deyiladi.
Hayvon  organizmining  takom illasha  borishi  bilan  jinsiy  hujayralarning 
rivojlanishi  tananing  m a’lum  bir  qismida,  ya’ni  jinsiy  bezlarda  hosil  bo'lib, 
maxsus  kanallar orqali tashqariga chiqariladi.
Umurtqali  hayvonning  tuxumhujayralari  va  spermalarini  hosil  qiladigan 
maxsus  jinsiy  bezlari  murakkab  tuzilishga  ega  bo'lib,  ularga  tuxumdon va 
urug'don deyiladi.  Ulardan o‘z navbatida urug' chiqaruvchi kanallar—  tuxum 
va  u ru g 'y o 'li chiqadi.
Q u ru q lik d a   y a s h o v c h i  u m u rtq a li  h a y v o n la rd a   tu x u m h u ja y ra   bilan 
spermalarning  qo'shilish  joyi  urg'ochi  hayvon  organizmida  ro'y  beradi,  shu 
sababli ularning  ko'payish a’zolari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo'jaligida sut 
em izuvchi  hayvonlar  tirik  tug'uvchi  hayvonlar  guruhiga  mansub  bo'lganligi 
tufayli  ularning  ko'payish organlari juda murakkab tuzulishga ega va quyida 
ularning anatomik tuzilishi va fiziologik jarayonlari haqida batafsil to'xtalamiz.
U rg'ochi  hayvon  jin siy  a ’zosining  anatom iyasi  va  fiziologiyasi. 
Urg'ochi hayvon jinsiy a’zosi joylashishiga qarab ikki: tashqi (genitalia externa)

va ichki (genitalia interna) qismlardan iborat. Ichki jinsiy a'zosiga: a) tuxumdon 
(ovaria); b) tuxum yo'llari (tuba uterina); v) bachadon (uterus); g) qin (vagina) 
tashqi jinsiy a’zosiga:  a) qin  dahlizi  (Vestibulum);  b)  klitor (clitoris); v) jinsiy 
lablar (labia pudendi)  kiradi.
Tuxumdon  (Ovarium). 
Tuxumdon  dumaloq,  loviyasimon  yoki  noto‘g‘ri 
oval shakldagi juft a’zolar bo'lib, ularda tuxumhujayralar o‘sadi va rivojlanadi. 
Tuxumdon  buyraklaming orqatomonida joylashadi  (1- rasm).
Tuxumdonning  o'zagi biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan bo'lib, uning 
sirti  qorin  parda  epiteliysining  davomi  bo'lgan  bir  qavat  kubiksimon 
boshlang‘ich  epiteliy to'qimasi  bilan  qoplangan.  Epiteliy ostida  mustahkam 
biriktiruvchi  to'qima  oqsil  pardasi  joylashgan.  Tuxumdon  kesib  qaralsa, 
follikulyar hamda tomirli qismlar ko'rinadi.
Follikulyar  qism  tuxumdon  pardasiga  yaqin  joylashgan,  unda juda  ko‘p 
follikulalar  bor.  Bular  rivojlanish  darajasiga  qarab  har xil  kattalikda  bo'ladi. 
Birlamchi  deb  ataluvchi  eng  mayda follikulalar bir qavatli  follikulyar epiteliy 
bilan  o'ralgan tuxumhujayralaridan  iborat.  Follikulalarda,  odatda,  ko'pincha
1-rasm.
  U rg'ochi  hayvon jinsiy  organining  tuzilishi: 
a  —   biya; 
b
  —   sigir; 
d
 — •  qo'y;  e   —   urg'ochi  ch o 'ch q a  jinsiy 
a'zosi: 
1
 —  klitor; 
2
— jinsiy lablar; 
3
— qin dahliz bezlari teshigi; 
4
  —   q in   d a h liz i ;   5   —   s iy d ik   jin s iy   k a n a li  t e s h ig i; 
6
  —   qizlik  pardasi; 
7
 —   qin;8  —   siydik  pufagi; 
9
  —   b a ch a - 



Поделитесь с Вашими друзьями:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə