Research and education


Keywords: Mahmud Kashgari, "Devonu lug‘otit-turk", food names, grouping,  etymology, value, historical appearance



Yüklə 55,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.12.2023
ölçüsü55,55 Kb.
#188422
1   2   3   4
CONFERENCE-2022-7 (2)

Keywords:
Mahmud Kashgari, "Devonu lug‘otit-turk", food names, grouping, 
etymology, value, historical appearance. 
 
Аннотация:
В данной статье основное внимание уделяется названиям 
блюд, используемых в «Девону луг’отит-тюрк» Махмуда Кашгари, и 
рассмотрению их в особой группе. Тот факт, что в спектакле отражены 
названия продуктов питания, является ценным ресурсом для всех нас сегодня. 
Это потому, что знание исторического появления слов в языке служит 
повышению ценности работы. 


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/7
463 
Ключевые слова: 
Махмуд Кашгари, «Девону луг’отит-тюрк», названия 
блюд, группировка, этимология, значение, исторический облик. 
Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit-turk” asari tildagi lug`atlar 
jamlanmasi hisoblanib, uni ulkan xazina deb atasak, aslo mubolag`a bo`lmaydi. 
Sababi, ushbu xazinadan tildagi deyarli barcha so`zlar – taom nomlari, harbiy 
atamalar, tarixiy shaxslar, xalq og`zaki ijodining yuksak namunalari o`rin olgan 
bo`lib, ularni tadqiq etish bugungi kun oldida turgan dolzarb masalalardan biri 
sanaladi. Tadqiqotimiz maqsadidan o`rin olgan ushbu asardagi taom nomlarini 
o`rganish masalasi bizga taom nomlarining tarixiy ko`rinishlari, ularning turli 
xalqlarda turlicha nomlanishga ega ekanligi hamda bugungi va qadimgi tildagi taom 
nomlari borasidagi tafovut va o`xshatishlar haqida ko`plab ma`lumotlarga ega 
bo`lishga imkon berdi. Uyg`ur olimi Xo`ja Ahmad Yunus aytganlaridek: “X asrdan 
XII asrgacha bo`lgan oraliqda o`tgan Qoraxoniylar sulolasining gullagan iqtisodiy va 
yuksak madaniy hayotining mahsuli bo`lgan bu asar (turkiy xalqlarning) shu vaqtdagi 
va undan ilgarigi yeyish-ichish madaniyatini tadqiq qilishga asoslangan muhim 
manba hisoblanadi”[4]. Darhaqiqat, ushbu ensiklopedik asarda taom nomlariga xos 
bo`lgan ko`plab so`zlar o`rin olgan bo`lib, ularning ma`lum xalqlarda boshqa nom 
bilan, yana boshqa millatlarda boshqacharoq nom bilan yuritilishi , taom tayyorlanish 
usul va uslublari, oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorlanish jarayonlari haqida batafsil 
ma`lumot berilgan. Mahmud Koshg`ariyning ushbu asarida turkiy xalqlar taomlariga 
alohida urg`u beriladi. Unda aytilishicha, turkiy xalqlar taomlari turli-tuman bo`lib, 
ularning o`ziga xos o`xshash jihatlari taom va uning tayyorlanish uslubida ham 
o`zining yorqin ifodasini topgan. Mahmud Koshg`ariyning taomlar haqida jamlagan 
ma`lumotlaridan shuni ham anglash mumkinki, o`troq hayot tarzini kechiruvchi 
turkiy xalqlarning asosiy taomi dehqonchilik mahsulotlaridan, don, meva va 
sabzavotlardan tashkil topgani oydinlashadi. Ko`chmanchi turkiy qabilalarning esa 
asosiy taomlari sifatida sut va go`sht mahsulotlari keltiriladi. Bundan tashqari, ushbu 
asarda taom tayyorlashda ishlatiladigan uskuna nomlari haqida to`xtalingan bo`lib, bu 
bizga Qoraxoniylar davridagi taom tayyorlashda ishlatilgan buyumlarning nomi 
haqida bilim hosil qilishga yordam beradi.


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/7
464 
Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`otit-turk” da aks ettirgan taom nomlari o`ziga 
xos xususiyatga ega hisoblanib, bugungi kunda nutqimizda keng ishlatilayotgan taom 
nomlarining asosiy qismi Qoraxoniylar davriga borib taqalishiga guvoh bo`lishimiz 
mumkin[3-. Oziq-ovqat nomlarining maxsus nomlar bilan atalishi, ularning kundalik 
yoki marosimlarga oid ekanligi ushbu asarda yaqqol ak etgan. Xususan, taom 
nomlarining o`ziga to`xtaladigan bo`lsak, ya`ni taomlar faqat “taom”, “oziq-ovqat” 
deya nomlanganmi yoki bundan tashqari ham o`zining maxsus nomlariga egami – 
bularning barchasiga ushbu dissertatsiyamiz orqali javob topishga harakat qilamiz.
Asarda taom nomlarining ifodalanishi turfa xillikni kasb etishi bilan birgalikda 
bizga o`sha davr nutqiy madaniyatidan ham darak beradi. Xususan, Qoraxoniylar 
nutqiy madaniyatida taom nomlarining aks etishiga nazar solsak, ularda eski turkiy til 
elementlariga yaqqol guvoh bo`lamiz. Oziq-ovqat nomlarining “azuq” tarzida 
ifodalanishi yoki bo`lmasa, shunga yaqinroq ma`no kasb etuvchi “uva” so`zi ham 
“Devon” leksikasidan joy olgan. “Uva” so`ziga asarda quyidagicha izoh beriladi: “bir 
turli taom” – bu so`z “burdaladi”, “uvatdi” ma`nosidagi uvdi fe`lidan yasalgan[3].
Bundan tashqari, “as” so`zining ham “taom”ma`nosini berishiga guvoh bo`lishimiz 
mumkin, ushbu so`z dastlab “Oltun yoruq” da qo`llanilganiga guvoh bo`lamiz: 
“sochig yaglig as” – mazali, yog`li ovqat. “Qutadg`u bilig” da ham “as” leksemasi 
yordamida hosil qilingan birliklar mavjud bo`lib, ular sirasiga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin: “as bascisi” – bosh oshpaz, “as suv” – taom, “as tat-“ taomni 
totmoq va hokazolar. “Devon”da “as” so`zi gap tarkibida qo`llanilgan holati ham 
kuzatiladi: “Er asig tatgandi” – kishi taom bilan lazzatlandi va tilini tanglayiga tegizib 
lazzat topdi. Bunga izoh tariqasida ushbu so`zning “pishgan osh” ma`nosini 
anglatuvchi “bisig as” birikmasi bilan ifodalanishi ham asar tarkibidan o`rin olgan 
holat hisoblanadi[3]. Bundan tashqari, “as” so`zi o`zining qator sifatlovchilariga ham 
ega, masalan, ciwgin as – to`q tutadigan, semirtiradigan
 
ovqat. Uning “kewgin as” 
kabi ko`rinishi ham mavjud, ushbu birlik to`q tutmaydigan kuchsiz ovqat, oshga 
nisbatan qo`llanilib, “ciwgin” ning antonimi hisoblanadi. Yog`i ham, mazasi ham 
yo`q yovg`on osh “bulg`ama” deb yuritiladi[3].
Turkiy xalqlarda dastlabki tortiladigan ovqat nomi “tutguc” deya yuritiladi[3]. 


“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/7
465 
“Devon”da “yem” so`zi ham “taom, yemak” ma`nosini anglatgan. Ushbu 
so`zning asosi “yemoq, iste`mol qilmoq” ma`nosiga ega “ye-“ fe`li hisoblanadi. 
Ushbu holatning Turfon matnlariga o`xshashligini kuzatishimiz mumkin, ya`ni ushbu 
matnlarda “yem” so`zi “ichim”(ichimlik) yasalmasi bilan birgalikda “taom va 
ichimlik” ma`nosini anglatgan. Ta`kidlash lozimki, “Devonu lug`otit-turk” dagi 
ushbu yem so`zining tamoman boshqa ma`nosi ham mavjud, ya`ni unda “ot” so`zi 
bilan birgalikda qo`llanilib( yem ot) “ovqatga solinadigan kashnich, rayhon, yalpiz, 
zira” kabi ma`noni anglatgan. “Yem” so`zining “yam” shaklida “oziq-ovqat” 
ma`nosini anglatishi “At-tuhfa” asarida kuzatiladi. Biroq bugungi kunda kelib, yem 
so`zining ma`nosida biroz o`zgachalik kuzatilmoqda[3]. “O`zbek tilining izohli 
lug`atida” da ushbu so`zga quyidagicha ta`rif beriladi :
1. Hayvonlarga beriladigan g`alla mahsulotlari va ulardan tayyorlanadigan 
ozuqa.
2. Qo`lda boqiladigan qushlarga beriladigan go`sht.
3. Qarmoqqa yoki tuzoqqa ilintirib qo`yiladigan go`sht,chuvalchang va sh.k.
Demak, eski turkiy tilda qo`llanilgan yem so`zi va bugungi kunda nutqimizda 
qo`llanilayotgan yem so`zi umuman boshqa-boshqa ma`no anglatmoqda.
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, Mahmud Koshg`ariyning “Devonu 
lug`otit-turk” asari o`zida taom nomlarini aks ettirishi bilan qimmatli manba 
vazifasini o`taydi. Asar orqali biz taom nomlarining eski turkiy tilda qanday ma`no 
ifodalashi xususida qimmatli ma`lumotlarga ega bo`lishimiz mumkin. 

Yüklə 55,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin