Relyativistik dinamika elementlari


Payvandlash transformatori



Yüklə 185,36 Kb.
səhifə14/20
tarix07.01.2024
ölçüsü185,36 Kb.
#205349
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
мустақил иш

Payvandlash transformatori


Payvandlash transformatori metall buyumlarni, konstruksiyalarni va hokazolarni eritib, o‘zaro ulash uchun xizmat qiladi. 4.16-rasmda payvandlash transformatorining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. U transformator 1, drossel 2, yakor 3, elektrod 4, payvandlanadigan buyum 5, drossel bilan yakor orasidagi tirqish 6 dan iborat. Payvand sifatli bo‘lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan o‘zgarishsiz bo‘lishi lozim. Payvandlash toki drossel 2 bilan yakor 3 orasidagi tirqish 6 ni o‘zgartirish orqali rostlanadi. Tirqish ortganda drossel chulg‘amining induktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko‘payadi va aksincha.

4.16-rasm. Payvandlash transformatorining sxemasi

Qisqa tutashuv bo‘lganda drossel elektr yoy va transformatorning tokini cheklaydi.


Transformator salt ishlaganda U20 = 60‚70 V,nominal yuklama bilan ishlaganda esa 30 V ni tashkil etadi.

6. Transformatorning tashqi xarakteristikasi va undagi kuchlanishning o‘zgarishi


Birlamchi chulg‘am kuchlanishi U1 va quvvat koeffitsienti o‘zgarmas bo‘lganda ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish U2 ning yuklama toki I2 ga bog‘liqligini ifodalovchi egri chiziq U2= f (I2) transformatorning tashqi xarakteristikasi deyiladi.

4.17-rasm


4.17-rasmda transformatorning turli xil xarakterdagi yuklamalarga oid tashqi xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv yuklamada aktivinduktiv yuklamada esa cosφ<1 va faza siljish burchagi φ>0 bo‘ladi. Nihoyat aktivsig‘im yuklamada cosφ2 <1 va φ<0 dir. Ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanishning o‘zgarishi:
(4.16)

Bu yerda: U2n = U20 - transformator salt ishlagan paytda ikkilamchi chulg‘am uchlaridagi kuchlanish; U2 - transformator yuklama bilan ishlayotgandagi kuchlanish.


Tashqi xarakteristikadan ko‘rinadiki, aktiv va aktiv-induktiv yuklama (iste’molchi) uchun ishlayotgan transformatordagi kuchlanish nominalidan doim ΔU ga kichik, aktiv-sig‘im xarakterli yuklamada esa ΔU ga ortiq bo‘ladi. Elektr iste’molchilari, asosan, aktiv-induktiv xarakterga ega bo‘ladi.
Liniyadagi kuchlanishlarning pasayuvini hisobga olib iste,molchiga o‘rnatiladigan katta quvvatli transformatorlarning chiqish tomonidagi kuchlanishi, odatda, nominaldan 5 % ortiq qilib loyihalanadi.

Yüklə 185,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin