154
Vaqt tejash vositasi sifatida ularni ko‘proq aviatransportlar orqali
uchishlar jalb qiladi.
O‘ziga to‘q mijozlarning dam olish uchun qiladigan harajatlarining
ko‘p qismi, tur mahsulotni harid qilishga, joylashishga, ko‘ngil ochar
dasturlarga va ovqatlanishga sarf qiladilar. Transportga qilinadigan
harajatlar jami harajatlarning katta qismini tashkil qiladi. Sababi,
transport xizmatlarida tejamkorlik qilish, joylashtirish va ovqatlanishga
ko‘ra ancha qiyin. Turizmga bo‘lgan talab to‘g‘ridan-to‘g‘ri
iste’molchilarning daromadlariga bog‘liq. Shu sababli doimo aholi
daromadlari tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasini kuzatib borish kerak.
Agar iqtisodiy ko‘rsatgich kamaysa, turistlik korxonalar o‘z mahsulotlari
narxlarini tushirishlari kerak.
Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar tufayli, inflyatsiya aholi asosiy
qismining jamg‘arilgan pul mablag‘larining kamaishi oqibatida,
aholining aniq daromadlari keskin tushib ketdi. Bunday xolatda turistlik
firmalarda ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari vujudga keladi, ya’ni
chetga ancha qimmat sayohat urniga uncha uzoq bo‘lmagan va arzonroq
mamlakat ichidagi sayohatga talabni shakllantirish kerak.
Dostları ilə paylaş: