Sanitariya (lot. sanitas — sogʻliq) — atrof muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan amaliy tadbirlar majmui. Epvdemiyaga qarshi hamda S.gigiyenaga ovd talab va meʼyorlarni ishlab chiqadi va amalga tatbiq etadi. Turar joy, sanoat, oziq-ovqat S.si farq qilinadi.
S.ning i.ch. va mehnat boʻlimi qulay hamda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish uchun S. sogʻlomlashtirish tadbirlari kompleksini amalga oshiradi. Sanitariya korxonalari va turar joymaishiy xonalarni gigiyena talablariga koʻra ozoda saklash, havosini almashtirib turish, yoritish, isitish (makroiqlim) meʼyorlariga mosligi masalalari bilan shugʻullanadi.
S.ning turar joy, kommunal boʻlimi aholi punktlarini rejalashtirish, qurish, koʻkalamzorlashtirish, suv taʼminoti, chiqindilardan tozalash va kanalizatsiya, turar joy va umumiy foydalanish obʼyektlari (hammomlar, umumiy yashash joylari, sartaroshxonalar va dam olishsogʻlomlashtirish maskanlari)ni nazorat qilish, atmosfera havosini muhofaza etish, transport va i.ch. shovqinlariga qarshi kurashish masalalarini oʻz ichiga oladi.
S.ning oziq-ovqat boʻlimi oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlash korxonalari hamda tegishli savdo tashkilotlari, shuningdek, ushbu obʼyektlardagi xodimlar salomatligi ustidan nazorat oʻrnatadi. Ratsional ovqatlanish usullarini amaliyotga kiritadi. Oziqovqat toksikoinfeksiyasi va intoksikatsiyasidan ogohlantiradi.
S.ning radiatsion gigiyena boʻlimi radiatsiya xavfeizligini nazorat qilishni taʼminlash masalalarini oʻrganadi va tadbirlar ishlab chiqadi.
S.ning maktab gigiyenasi boʻlimi bolalar muassasalarida: maktablar, bolalar yaslibogʻchalari, litseylar, kollejlar, sanatoriy va dam olish maskanlarida muntazam ravishda S. nazoratini oʻrnatish hamda S.epidemiologiya tadbirlari samaradorligini aniklash vazifalarini bajaradi.
Oʻzbekistonda S. tadbirlarini Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi davlat sanitariyaepidemiologiya nazorati departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlarning shu sohaga ixtisoslashgan markazlari amalga oshiradi. S. tadbirlarini oʻtkazish va ularni nazorat qilish barcha tibbiyot xodimlarining , jumladan, S. vrachlarining majburiyati hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining S. qonunlari umumiy va yuqumli kasalliklarni kamaytirish va yoʻqotish, turar joy punktlarini rejalashtirish S. talabmeʼyorlarini bajarish, suv havzalari, tuproq va atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan keng miqyosdagi rejali sogʻlomlashtirish, epidemiyaga qarshi sanitariya tadbirlarini nazarda tutadi va belgilaydi, shuningdek, S. qonunlari muassasalar, qurilishlar, oziq-ovqat obʼyektlari, bolalar muassasalarida sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazishni va oziq-ovqat mahsulotlari, xalq xoʻjaligi ehtiyoj mollarini ishlab chiqish, saqlash, tashish, shuningdek, chegaralarning sanitariya muhofazasini belgilab beradi
Dostları ilə paylaş: |