Rejа xisob siyosatining mohiyati va vazfalari Xisob siyosatini shakillantirish Hisob siyosatining tuzish asoslari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Hisob siyosatining tuzish asoslari



Yüklə 37,5 Kb.
səhifə3/4
tarix03.12.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#171913
1   2   3   4
3.Hisob siyosatining tuzish asoslari
Buxgalteriya hisobida hujjat amalga oshirilgan xoʼjalik muomalasi toʼgʼrisida yozma guvohlik boʼlib, buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga yuridik kuch bagʼishlaydi.
Buxgalteriya hisobida hamma xoʼjalik muomalalarini hujjatlashtirish joriy buxgalteriya hisobi maʼlumotlarini va moliyaviy hisobot koʼrsatkichlariga isbotlovchi kuch beradi. Baʼzi hollarda xoʼjalik tortishuvlarini xoʼjalik sudi tomonidan toʼgʼri hal qilish imkonini beradi.
Hujjatlashtirish yordamida xoʼjalik mablagʼi harakatini oʼz vaqtida toʼgʼri hisobga olish, shuningdek, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga oʼtkazishda moddiy boyliklarning butligi taʼminlanadi. Shuning uchun ham xoʼjalik muomalalarini hujjatlashtirish natijasila korxona mol mulkining butiligi taʼminlanadi.
Korxona va tashkilotlarda hisob-kitoblarni amalga oshirish moliyaviy natijalarni aniqlash. Xullas, barcha jarayonlar hujjatlarda aks ettiriladi. Bu esa korxonada amalga oshirilgan xoʼjalik muomalalarini ustidan nazorat oʼrnatish bilan birga, ish yuritishda muayyan tartib intizomni yoʼlga qoʼyiladi va oqibat natijada hisobni mustahkamlaydi.
Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat toʼgʼri rasmiylashtirilgan hujjatlar yaʼni belgilangan texnik andozalarda koʼzda tutilgan. Barcha rekvizitlarni toʼldirilgan hujjatlar qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi hujjatlarining rekvizitlari quyidagilardir:
Korxonaning nomi;
• Hujjatning nomi;
• Uning raqami va sanasi;
• Xoʼjalik muomalasining qisqacha mazmuni;
Uning miqdoriy puldagi ifodasi;
• Mazkur xoʼjalik muomalasi uchun javobgar boʼlgan shaxslarning ismi, sharifi
• Mazkur xoʼjalik muomalasi uchun javobgar boʼlgan shaxslarning shaxsiy imzosi;
• Xoʼjalik muomalalarining xarakteri va hisob axborotiga ishlov berish texnologiyasiga bogʼliq holda birlamchi hujatlarga boshqa zarur rekvizitlar ham kiritish mumkin.
Hujjatlarga quyiladigan asosiy talablar quyidagilardir;
• Oʼz vaqtida tuzish;
• Toʼliq va ishonchli boʼlishi;
• Xoʼjalik faoliyati ustidan dastlabki va joriy nazoratni olib borish.
Buxgalteriya hisobida qoʼllaniladigan hujatlar bir nechta belgilari boʼyicha tavsiflanadi:
• Tuzilgan joyi boʼyicha;
• Аks ettirilgan xoʼjalik muomalalarining hajmiga koʼra;
• Qamrab olish usuliga koʼra;
• Maqsadiga koʼra.
Tuzilgan joyiga koʼra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga boʼlinadi. Tashqi hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, soliq idoralari hamda boshqa yuridik shaxslardan kelib tushadigan hujjatlar “yuk xatlar, hisobvaraq-fakturalar, bank koʼchirmalari, inkasso topshiriqnomalari va boshqalar” kiradi.
Ichki hujjatlarga korxonaning oʼzida rasmiylashtirilgan va korxona doirasidan chetga chiqmaydigan hujjatlar “korxona rahbarining buyruqlari, moddiy boyliklarni ichki koʼchirish yuk xatlari va boshqalar” kiradi.
Аks ettirilgan xoʼjalik muomalalarining hajmiga koʼra hujjatlar birlamchi va yigʼma hujjatlarga boʼlinadi.
Birlamchi hujjatlar – sodir etilgan paytida bita xoʼjalik muomalasiga rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
Yigʼma hujjatlar – muayyan bir hisob obʼektiga tegishli boʼlgan birlamchi kiruvchi hujjatlar boʼyicha tegishli guruh va tizimlarga ajratish yoʼli bilan tuziladi.
Qamrab olish usuliga koʼra hujjatlar bir martalik va jamgʼaruv hujjatlariga boʼlinadi.
Xoʼjalik muomalasi bir qabulda amalga oshiriladigan va mazkur muomala ana shu bilan yaunlanganida bir martalik hujjatlar tuziladi.
Jamgʼaruv hujjatlari maʼum bir davr mobaynida bir hisob obʼektiga tegishli boʼlgan xoʼjalik muomalalariga doir hujjatlarni jamgʼarish yoʼli bilan tuziladi.
Maqsadiga koʼra hujjatlar quyidag turlarga boʼlinadi:
• Farmoyish hujjatlari;
• Tasdiqlovchi hujjatlar;
• Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar;
• Buxgalteriya rasmiylshatirish hujjatlari;
• Аxborot hujjatlari.
Farmoyish hujjatlari biror-bir xoʼjalik muomalasiga amalga oshirish uchun buyruq yoki koʼrsatma beriladigan hujjatlardir. Ushbu turdagi hujjatlarga xodimni ishga olish yoki uni ishdan boʼshatish toʼgʼrisidagi buyruq va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarida beriladigan topshiriqnng mazmuni, bajarish muddati va tartibi, shuningdek, bajaruvchi shaxs koʼrsatiladi. Bunday hujjatlar asosida buxgalteriya hisob varaqalarida yozuv qilinmasdan, balki korxona rahbarlarining xodimlar faoliyati yuzasidan nazorat oʼrnatishni taʼminlaydi.
Tasdiqlovchi hujjatlar korxonada muayyan bir xoʼjalik muom alasining sodir boʼlganligi isbotlovchi hujjatlardir. Bunday turdagi hujjatlarga yukxatlar, dalolatnomalar, kvitantsiyalar, hisobvaraq-fakturalar va boshqa shu kabi hujjatlar misol boʼladi. Tasdiqlovchi hujjatlar xoʼjalik muomalasi sodir boʼlgan paytda tuziladi, shuning uchun ham boʼlib oʼtgan xoʼjalik muomalasini hisobda aks ettirishga asos boʼlib xizmat qiladi.
Kombiniatsiyalashtirilgan hujjatlar farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarning xususiyatlarni oʼzida mujassam qiladi. Ushbu turdagi hujatlarda xoʼjalik muomalasini amalga oshirish uchun berilgan farmon va shu muomalada bajarilganligini aks ettiruvchi hisobotning boʼlishi juda qulaydir. Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlarga kassa, chiqim orderi kiradi. Bu hujjatda pulning kassir tomonidan berilganligi isbotlovchi maʼlumot bilan birga pulning toʼlanishi zarur ekanligini koʼrsatuvchi farmoyishi ham mavjuddir.
Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari buxgalteriya hisobi xodimlari tomonidan hisob ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun tuziladi. Bunday hujjatlarga buxgalteriya maʼlumotnomalari amortizatsiya hisoblash jadvallari foydani taqsimlash boʼyicha hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar kiradi.
Аxborot hujjatlari korxona rahbarlariga va tegishli yuqori organlarga zarur axborot maʼlumotlarini berish uchun xizmat qiladi. Bunday hujjatlarga moddiy boyliklarni sotib olish uchun tuzilgan shartnomalar moddiy qiymatliklarning normativlari va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi.
Buxgalteriya hisobining birlamchi hujjatlarida oʼchirib yozishlar va aytib qoʼyilmagan tuzatishlarga yoʼl qoʼyilmaydi. Xatolar boʼyicha qilingan tuzatishlar mazkur tuzatishlar kiritilgan sana koʼrsatilgan holda ana shu tuzatishlarni kiritgan shaxs imzosi bilan kassada esa korxona bosh buxgalteri yoki uning oʼrinbosari imzosi bilan ham tasdiqlanadi. Bank hujjatlari “bank koʼchirmalari, toʼlov topshiriqnomalari, toʼlov talabnomalari, cheklar va h.k.”lardagi xatolarni tuzatishga yoʼl qoʼyilmaydi.
Buxgalteriya hisobi hujjatlardagi xatolarni tuzatishning quyidagi usulari mavjud:
Korektura usuli;
• Qoʼshimcha provodka usuli;
• “Qizil storno” usuli
Korektura usulining mohiyati shundan iboratki, bunda notoʼgʼri yozuvning ustidan yupqa qilib chiziladi, uning yon tomoniga yoki tepasiga toʼgʼri yozuv yoziladi va bu toʼgʼrida muayyan hujjatlarning tagida hisobning shu soxasiga javobgar shaxs yeki bosh buxgalter tomonidan izox beriladi va uning imzosi bilan tasdiklanadi. Qilingan tuzatishga “tuzatilgani toʼgʼri” degan yozuv ilova qilinadi va tuzatish sanasi koʼrsatiladi.
Qoʼshimcha provodka usuli buxgalteriya hujjatlarida xato aniqlangan paytda amalga oshiriladi. Masalan, buxgalter birorta xoʼjalik muomalasini unutganida yoki hisobvaragʼi boʼyicha murakkb provodkalarni amalga oshirishda qandaydir operatsiya oʼtkazilmasa xoʼjalik muomalasini baholash hatto xato ravishda pasaytirilsa, buxgalteriya provodkasi ikki yoqlama yozuv usuli bilan oʼtkazilmagan ayrim hollar ham boʼladi. Bunday vaziyatda buxgalter ana shunday xato aniqlangan holda aniqlangan xatolar toʼrisida kichik maʼlumotnoma tuzadi va buxgalteriya hisobvaraqalari boʼyicha qoʼshimcha provodkalar oʼtkazadi.
“Qizil storno” usulining mohiyati shundan iboratki, bunda xato yozuv qizil siyoh bilan huddi oʼzidek yana bir marta yoziladi. Undan keyin toʼgʼri yozuv avvaldagidek tegishli registrlarda aks ettiriladi. Hisobvaraq boʼyicha jami oborot topilayotganida qizil siyoh bilan yozilgan summa umumiy yigʼinidan ayrili tashlanadi.
Moliyaviy hisobotlarda hech qanday oʼchirib yoki tuzatib yozishlar boʼlmasligi kerak. Xatolar tuzalganida tegishli qaydlar qayd qilinadi. Ularning hisobot va balansni imzolagan shaxslar tasdiqlab tuzatish sanasini kuzatadi.
Joriy yildagi va oʼtgan yildagi hisobot maʼlumotlarini tuzatish “hisobotlar tasdiqlanganidan keyin” maʼlumotlar buzilganligi aniqlangan davr uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davrida “chorak, yil boshidan boshlab” doir maʼlumotlargina kiritiladi.

Xulosa
Korxona meyoriy xukukiy xujjatlari va uning xisob siyosati. Bu korxonaning borligi va uning faoliyati togrisidagi malumotlarni aniklashtirishda kerak boladigan xujjatlardir. Xozirgi kunda Uzbekistan Respublikasidagi korxona va tashkilotlar buxgalteriya xisobini yuritishga majbur va ular uzlarining xisob siyosatini va xujjatlarini tori yuritishga xarakat kilishadi. Buning natijasida korxona uzining ish faoliyatini xam yaxshilab boradi. Аmmo xozir yurtimizda buxgalteriya xisobining xalkaro standartlariga utish jarayonlari jadal tarzda ketayotganligi sababli buxgalterlar korxona meyoriy xukukiy xujjatlarini va uning xisob siyosatini yuritishda kiyinchiliklarga duch kelmokdalar. Uz navbatida bu jarayon xam uzok vaktni talab etadi. Shu sababdan korxona xisob siyosatini yuritish biroz murakkablashmokda. Shu kabi xolatlar esa albatta kuchli buxgalterlarni yetishtirib chikaradi. Keymnchalik esa bu ijobiy uzgarishlar yurtimizga investorlarni jalb kilishda katta foyda bulib xizmat kiladi. Xulosa kilib shuni aytish mumkinki korxona meyoriy xukukiy xujjatlarini va xisob siyosatini anik ravishda yuritishda buxgalteriya xisobining urni katta. Bu esa mamlakatimizga kuchli va yetakchi buxgalterlarni yetkazib berishda muxim vositadir.


Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin