Reja: Tizim, tizimli tahlil va tizimli yondashuvning mazmun-mohiyati


Pedagogik jarayon va uning tuzilmaviy asoslari



Yüklə 42,89 Kb.
səhifə2/2
tarix17.09.2023
ölçüsü42,89 Kb.
#144709
1   2
Pedagogik jarayon va uning tuzilmaviy asoslari.
Pedagogik jarayon – bu shaxslararo munosabatlarda, bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatish jarayonida (tarbiyaviy munosabatlar) insonlarning shaxsiy sifatlarining shakllanishi va rivojlanishiga, xatti-harakati va dunyoqarashini o‘zgarishiga, tajribasining boyishi, bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladigan omillar mavjmuini tashkil qiluvchi ta’limiy muhit deb aytishimiz mumkin.
Pedagogik jarayon ishtirokchilari tomonidan ko‘zlangan maqsadlar yo‘nalishida erishilgan natijalar mazkur jarayonning samaradorligini ifodalaydi va u pedagogik jarayon sub’ektlari (mazkur jarayon ishtirokchilari) dunyoqarashining o‘zgarishi, tafakkurining rivojlanishi, bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanishi va rivojlanishida o‘z ifodasini topadi. Pedagogik jarayon samaradorligi ko‘p jihatdan uning quyidagi o‘ziga xos jihatlarini inobatga olish zaruriyatini belgilaydi:
- pedagogik jarayon samaradorligi o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan ta’lim- tarbiyaviy jarayonlarning natijaviyligini ifodalashi;
- pedagogik jarayonning o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan barcha tashkil etuvchi qismlari bir butun, yaxlit dinamik tashkiliy tuzulishga ega ekanligi;
- pedagogik jarayon dinamikasi protsessual xususiyatlarga ega ekanligi;
- pedagogik jarayonni tashkil etishda ikki tomonlama harakat, ya’ni to‘g‘ri va teskari jarayon mavjudligi;
- pedagogik jarayon komponentlarining o‘zgarishi pedagogik tizim samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi.
Ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlar ikki kichik tizim doirasida, ya’ni darsda va darsdan tashqari faoliyat jarayonlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni hamda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkil etuvchi qismlarning ichki tabiatiga xos bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olgan hamkorlikdagi faoliyatlar, shuningdek, ichki sharoit va imkoniyatlar pedagogik tizimni tashkil etadi, bunda tizimning sub’ekti hisoblangan pedagoglar, o‘quvchi-talabalar, ota-onalar va rahbarlarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik tizim ta’lim muassasasining maqsadi, vazifasi, ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan model, strategiyalari orqali tavsiflanadi. Ya’ni ijtimoiy tizim turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim – yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish, pedagogik jarayonlarni tashkil etish maqsadlariga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funksional bog‘liq bo‘lgan komponentlar majmuidan iboratdir.
Pedagogik tizim belgilangan maqsad yo‘nalishida, sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlar va pedagog xodimlarning funksional vazifalarini amalga oshirish va boshqarishda tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi, alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘liq qismlarning yaxlit holda vujudga kelishidir.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar, ya’ni ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, to‘garak mashg‘ulotlari, ekskursiya, davra suhbati, uchrashuvlar, fanlar bo‘yicha tashkil etiladigan musobaqa va tanlovlar, san’at festivallari, konferensiya, va boshqa turli yo‘nalishlardagi tadbirlar, mustaqil ta’lim, o‘zini-o‘zi tarbiya, mustaqil ma’lumot, mustaqil ishlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlar, tarbiyaviy munosabatlar jarayoni (inson-inson, inson-texnika-inson, inson-kitob-inson, inson-tabiat-inson, inson-san’at-inson munosabatlari), hamda pedagogik tajriba-sinov va pedagogik amaliyot jarayonlari majmui hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi pedagogik tizimni tashkil etadi.
Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda ularning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini inobatga olish, ya’ni ularning har birining samaradorligi ikkinchi bir jarayon samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ya’ni pedagogik jarayonning asosiy komponentlaridan biri hisoblangan ma’ruza mashg‘uloti samaradorligi seminar mashg‘ulotlari natijaviyligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi yoki mustaqil ta’lim uchun asos sifatida xizmat qilishi, shuningdek, pedagogik tajriba-sinov jarayoni yoki talabalar (oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari) uchun tashkil etiladigan pedagogik amaliyot jarayonlari samaradorligi kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishini inobatga olish zarur.
Mazkur zaruriyatlar ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi.
Pedagogik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarda o‘quvchi-talabalarni ko‘proq erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, mazkur jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish, shuningdek, ularning mustaqil ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning boshlang‘ich tushunchalarini o‘rganish asosida tushunchalarining ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng yangi va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash, pedagogik jarayonlarda axborotlar almashinuviga alohida e’tibor qaratish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etishda quyidagi omillarga e’tibor qaratish zarur:
- pedagogik jarayonlar samaradorligi o‘quvchi-talabalar faolligi va mustaqil faoliyatiga bog‘liqligi;
- o‘quvchi-talaba shaxsining rivojlanishiga turli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi tarbiyaviy munosabatlarning mavjudligi;
- pedagogik jarayonlar komponetlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi;
- pedagogik jarayonlarda qayta aloqaning o‘ziga xos ahamiyati va zaruriyati;
- pedagogik jarayonning protsessual tomoni, ya’ni to‘g‘ri va teskari jarayonlarning mavjudligi;
- o‘quvchi-talabalarda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish, ya’ni ularda o‘quv motivlarini shakllantirish zaruriyati;
- o‘quvchi-talabalarda ijobiy motivlar shakllantirishning samaradorligi pedagogik jarayonlarning natijaviyligini ifodalashi;
- pedagogik jarayonlarni samaradorligining motivlashtirishga bog‘liqligi;
- pedagogik jarayonlarda axborotlarning yangiligi va ishonchliligi.
Pedagogik jarayonlarni tashkil etishda alohida e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan omillardan biri o‘quvchi-talabalar faolligini ta’minlash va mustaqil faoliyatini tashkil etish bo‘lib, pedagogik jarayonlar samaradorligi nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga, balki mustaqil ta’limni
yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-talabalarda o‘zini-o‘zi tarbiyalash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, refleksiv ta’limiy muhitni hamda o‘zaro ta’sir jarayonini tashkil etishga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish va tashkil etishda dars va darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar, mustaqil ta’lim, tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari hamda pedagogik amaliyot va pedagogik tajriba-sinov jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash o‘quvchi-talabalar uchun tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari natijaviyligi hisoblangan pedagogik jarayonlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi
Tizimli yondashuvda dars va darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar, mustaqil ta’lim, tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari hamda pedagogik amaliyot va pedagogik tajriba-sinov jarayonlari tizimning komponentlari hisoblanadi. Tizimni tashkil etuvchi komponentlarning o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, ixtiyoriy komponentning o‘zgarishi butun bir yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

«Pedagogik tizim» tushunchasi, "pedagogik jarayon", "pedagogik texnologiya" tushunalari bilan bog‘liq uyg‘unlikda tashkil etilishi tizimning aloqasi, munosabati, ob’ektning strukturasi va tashkil etilishini talab qiladi. Chunonchi, “pedagogik jarayon” tadqiqot ob’ektida nima bo‘layotganligini aniqlasa, “pedagogik texnologiya” u qanday amalga oshayotganligini belgilaydi. Natija pedagogik tizimning vujudga kelishini yaratadi. Pedagogik tizim muammosi


shundan iboratki, bu nafaqat pedagogik ob’ektlarni o‘rganish yoki belgilash, balki, pedagogikaning metodologik va nazariy muammolarini hal etishga qaratiladi.
Pedagogik tizim “pedagogik fanlar tizimi” tushunasidan farqlash lozim. Zero, ularning har birining tizimli yondashuvi mavjud. Pedagogik fanlar tizimi
– bu turli pedagogik sohalarning yig‘indisi. Ular bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan yagona tizimni tashkil etadi. Zero, alohida va o‘ziga xos xususiyat, funksiyalarga ega hisoblanadi. Pedagogik tizim, bu yagona ma’rifiy maqsad sari, aniqrog‘i shaxsning kamolotini ta’minlash uchun o‘zaro aloqador bo‘lgan, bir birini to‘ldiruvchi, takomillashtiruvchi, son yoki sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha bir xossa o‘zgarsa, albatta, ikkinchi xossa ham o‘zgaradigan, turli tuzilmaviy tarkiblardan (ya’ni: pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, pedagogik hamkorlik, pedagogik mavjudlikdan (real amaliyot, ta’limiy manbalar va b.) iborat bo‘lgan majmuadir (yaxlitlikdir).
Pedagogik jarayonlarni o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizim deb hisoblasak, ularni tashkil etish va boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Pedagogik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga tizimli yondashuvning mazmun va mohiyatini quyidagi tamoyillar asosida ko‘rsatishimiz mumkin:
- pedagogik jarayon ishtirokchilari hisoblangan professor-o‘qituvchilar va o‘quvchi-talabalar mazkur jarayon sub’ektlari sifatida faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni pedagogik jarayonlarda sub’ekt-sub’ekt munosabatlarining qaror topishi;
- pedagogik jarayon sub’ektlari faoliyatining maqsadga yo‘naltirilganligi, izchilligi va o‘zaro bog‘liqligi;
- majmuaviylilik – pedagogik jarayonlar o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan komponentlar majmui ekanligi;
- integrativlik – harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillarning o‘zaro birligi;
- o‘zaro bog‘liqlik – pedagogik jarayonlar alohida bir tizim sifatida va yuqori tartibli yaxlit pedagogik tizimning tashkil etuvchi komponenti sifatida mavjudligi;
- kommunikativlik – pedagogik tizimning tashqi muhit va boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatlariga ega ekanligi.
Pedagogik jarayonlar samaradorligi, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonlari natijaviyligi sub’ektlarning shaxsiy rivojlanishi va tayyorgarligining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqlik darajasini belgilaydi.
Ta’lim muassasasi faoliyatida vujudga kelayotgan pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi muammolarning ko‘pqirraliligi va murakkabligi, nafaqat pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishni sifat jihatdan o‘zgartirishni nazarda tutadi, balki uning mazmunini takomillashtirish zaruriyatini ham belgilaydi.
Yüklə 42,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin