Reja: Temperatura Issiqlik ichki energiya Ideal gaz ichki energiyasi Kalit so’zlar



Yüklə 25,49 Kb.
səhifə1/3
tarix30.03.2023
ölçüsü25,49 Kb.
#91398
  1   2   3
d10ec7c16cbe9de8fbb1c42787c3ec26



15-Maruza. Temperatura, issiqlik va ichki energiya orasidagi farq. Ideal gaz ichki energiyasi.
[1]601-602
[2]392-393
Reja:
1.Temperatura
2.Issiqlik
3.ichki energiya
4. Ideal gaz ichki energiyasi

Kalit so’zlar: temperatura, issiqlik, ichki energiya, ideal gaz, to’liq energiya, issiqlik energiya, kinetik energiya, teng taqsimot qonuni.
Temperatura. Temperatura tushunchasi jismlarning qay darajada qiziganligini xarakterlash uchun kiritilgan kattalikdir. Temperaturani miqdoriy aniqlash va aniq temperatura shkalasini tuzishda ob`ektiv fizik hodisalar va dalillar asos qilib olinadi.
Temperatura jism holatining makroskopik xarakteristikalaridan biridir. Bu tushuncha bir yoki kam sondagi atomlar va molekulalardan tashkil topgan sitemalar uchun ma`noga ega bo`lmaydi. Garchi bu tushuncha, faqat termodinamik muvozanatda bo`lgan sistemalar uchun qo`llanilsada, biroq undan hali to`la ravishda muvozanat qaror topmagan sistemalarda ham foydalanish mumkin. Buning uchun siste-mani fikran yetarlicha kichik makroskopik qismlarga bo`linadi. Bunday qismlarning relaksasiya vaqti kichik bo`lganligi tufayli ularning har biri amalda tez termodinamik muvozanatga keladi va shu sababli bunday kichik qismlarning temperaturasi haqida gapirish mumkin. Lekin, shunday kuchli (tez o`tadigan) muvozanatsiz holatlar ham bo`ladiki, ularni amalda muvozanatda bo`lgan kichik qismlarga bo`lib bo`lmaydi. Bunday holatlar uchun temperatura tushun-chasini qo`llash mumkin emas.

Issiqlik. Issiqlik, bu temperaturalar farqi tufayli uzatilgan energiyadir. O’n yettinchi asr davomida Galiley, N yuton va boshqa olimlar qadimgi grek olimlarining issiqlik energiyasini molekulyar harakatlar yuzaga keltiradi, degan nazariyasini quvvatlab kelganlar. Keyingi asrda temperatura farqi tufayli yuzaga keladigan energiya miqdorini xisoblash uchun usullar rivojlantirildi. Ikkita jism o’zaro bir-biri bilan kontaktga keltirilganida temperaturasi yuqoriroq jism temperaturasi pastroq jismga issiqlik berishi va bunda berilgan issiqlik olingan issiqlikka teng ekanligi topildi. Issiqlik-bu energiya uzatish usuli. Issiqlik issiqroq jismdan sovuqrog’iga uzatilganida, aynan energiya issiqrog’idan sovug’iga o’tadi. Demak, issiqlik-temperatura farqi tufayli bir jismdan ikkinchisiga o’tadigan energiyadir.
Issiqlik harakatning alohida ko’rinishidir. Ayrim xolatlarda issiqlik mexanik ish tufayli, masalan, ikki jism bir-biriga ishqalishida, yuzaga keladi. Issiqlikning zamonaviy nazariyasi 1840 yillargacha noma`lum edi. (1818-1889) Jeyms Joul o’tkazgan tajribasi issiqlik ish singari energiya uzatish usuli ekanligi haqidagi zamonaviy tasavvur uchun asos bo’ldi. Osilgan jism lopatkalari bilan turbinani aylanishiga olib keladi. Lopatkani suyuqlik bilan ishqalanishi suyuqlik temperaturasining bir muncha oshishiga olib keladi. Joul ish issiqlik miqdoriga ekvivalent ekanini aniqladi. Ichki energiya barcha atomlar ilgarilanma harakati kinetik energiyalari yig’indisiga tengdir. Bu yig’indi bitta molekula o’rtacha kinetik energiyasining to’liq molekulalar soniga ko’paytmasiga tengdir. Issiqlik bu jismdagi mavjud energiya bo’lmay, u sovuqroq jismdan issiqrog’iga uzatilayotgan energiyaning miqdoridir.

Yüklə 25,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin