Reja: Maktabgacha ta'lim muassasalarida qo'g'irchoq teatrini tashkil qilish orqali bolalar ijodkorligini shakllantirish



Yüklə 44 Kb.
tarix12.01.2023
ölçüsü44 Kb.
#79027
Reja Maktabgacha ta\'lim muassasalarida qo\'g\'irchoq teatrini tas


Mavzu: Maktabgacha 2-3 yoshdagi bolalarni badiiy ijodiy qobiliyatlarini qo'g'irchoq teatri vositasida shakllantirish mazmuni.
Reja:
1. Maktabgacha ta'lim muassasalarida qo'g'irchoq teatrini tashkil qilish orqali bolalar ijodkorligini shakllantirish.
2.Maktabgacha ta'lim tashkilotida har bir yosh guruh bolalarida turli usullar yordamida ijodkorligini rivojlantirish.
3.Ijodiy o'yinlar orqali bolalarning tevarak- atrofdan olgan taassurotlarini ask ettirishi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo'g'irchoq teatri juda katta ta'sir ko'rsatdi. Qo'g'irchoq teatri vositasida bolalar ertak qahramonlariga taqlid qilish orqali bolalar yangicha hislatlar, ya'ni qahramonlarning yaxshi va yomon hislatlarini o'ziga singdiradi. Bundan tashqari qo'g'irchoq teatri vositasida bolalarda turli xil qobiliyatlar shakllanadi. Bulardan badiiy -ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi alohida o'rin tutadi. Badiiy-ijodiy qobiliyatlar bolalarning o'yin faoliyatida, tasviriy san'at faoliyatida, mashg'ulotlar jarayonida namoyon bo'ladi. Bolalardagi badiiy-ijodiy qobiliyatlar asosan maktabgacha ta'lim muassasalarida shakllantiriladi. Bu kabi ijodkorlik qobiliyatlarning shakllanishi, avvalo ota-ona hamda tarbiyachining salohiyatiga bog'liq hisoblanadi. Buning uchun birinchi navbatda tarbiyachining o'zi ijodkor bo'lishi kerak. Tarbiyachi qo'g'irchoq teatrini mukammal, tushunarli, shuningdek obrazlarga boy tarzda tashkillashtirishi lozim. Qo'g'irchoq teatrini tashkillashdan oldin teatr faoliyatiga kerak bo'ladigan qo'g'irchoqlarni yasashi, kerakli dekaratsiyalarni tayyorlashi kerak. Bunda bolalar ham yodamlashishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarga qo'l mehnati orqali zamonaviy, qiziqarli hamda foydali buyum, qo'g'irchoqlar yasashni o'rgatish maqsadga muvofiq. Bu faoliyatning asosiy maqsadi: bolalar ijodkorligini rivojlantirish, maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilada ularni oddiy qog'oz, karton, tabiiy va keraksiz materiallarni qayta ishlash texnikasi bilan tanishtirish, bayram, turli ko'ngilochar tadbirlar uchun jihozlar va ko'rgazmalar tayyorlash, matolardan turli narsa - buyumlar tikish va mazmunli applikatsiya yaratish yo'llarini o'rgatish, bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishdan iborat.


Eng avvalo bolalarning ijodkorligi ularning qo'l mehnatida namoyon bo'ladi. MTT da har bir yosh guruhida oddiy qog'ozdan turli qirqish yordamida ajoyib qo'g'irchoqlarni yasash va ularni bevosita mashg'ulot soatlarida, sayr va bayram tadbirlarida qo'llash samarali vosita beradi. Shuningdek, turli tabiiy va yaroqsiz materiallardan esdalik sovg'alar yasash, tarbiyachi ko'magida mustaqil ijodiy ishlar bajarish bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, tasavvurlarini kengaytiradi va ularni mehnatga bo'lgan qiziqishlarini shakllantiradi.
Tarbiyachilarning yangiliklarga qiziqishi, yaratuvchanligi bolalarni faol ruhda tarbiyalashga zamin yaratadi. Tarbiyachi har bir faoliyat turi bo'yicha mahoratli bo'lishi zarur.
Bolalarning erkin ijod, san'atga bo'lgan iqtidor va qobiliyatlarini maktabgacha yoshdan boshlab rivojlantirish maqsadiga muvofiqdir. Ularni yangiliklar olamiga olib kirish lozim. Bolalarning badiiy-ijodiy ijodkorligi chizgan rasmlari, qo'l mehnati asosida loy va plastilindan yasagan ishlarida namoyon bo'ladi. Bola bilmagan holda o'zi uchun yangilik yaratadi, ijod qiladi, yaratgan ijodidan quvonib, g'ururlanib qo'yadi. Bolalarning mehnat faoliyatini rag'batlantirib borish va ajoyib ko'rgazmalar tayyorlash, ya'ni muntazam ravishda har bir yosh guruhida ularning ijodiy kechinmalari haqida "Bolalar ijodi", " Mening tasavvurim" deb nomlangan suhbatlar o'tkazish yaxshi samara beradi.
Tasviriy faoliyat va ustaxona mashg'ulotlarida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tarbiyachilar tomonidan qo'llanilishi bolalarning badiiy-ijodiy rivojlanishi, mustaqil mehnat qilishi, ishlashi, dunyoqarashining kengayishiga olib keladi. Ularni hayot uchun kerakli mahsulotni yaratishga undaydi. Bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida badiiy-ijodiy qobiliyatlariga undashda rivojlantiruvchi muhit yaratib berish zarur. Buning uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida:
- qo'l mehnat xonasi;
- bolalar ijodxonasi;
-qo'g'irchoq teatri;
- texnika vositalari bo'lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida va oilada bola qancha ko'p yangidan yangi g'oyalar kashf etsa, o'yinlar o'ynasa, tashabbuskor, uddaburon bo'lsa, kichik -kichik hikoya va ertaklar ayta olsa, ularni sahnalashtirib, o'zini va do'stlarining iqtidori va qobiliyatlarini ko'rsatishga harakat qilsa, demak, bola ijod qilyapti. Bola ijodi tuganmas buloq, sehrli olam, savodxonlik debochasi, kitobxonlik maskani, ajoyib va g'aroyib narsalar kashf qilish, o'zgacha muhit yaratish, o'ziga xos beg'ubor manzarani namoyon etishdir. Bolalar quvnoq tarzda sayr qilish, ertaklar olamiga kirib borish va qiziqarli bilimlarga ega bo'lishni juda xohlaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati bu o'yin faoliyatida hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlari o'zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. O'yinlar o'z mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga ta'sir ko'rsatish darajasi, vositalarining turlari hamda kelib chiqishiga ko'ra xilma-xildir. Professor Y.A. Arkin maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlarini quyidagicha tasniflagan:
1. Bolalardagi ruhiy jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan o'yinlar:
-harakatli;
-intellektual;
-estetik.
2. Texnikaviy o'yinlar:
-san'at o'yinlari;
-qishloq xo'jaligi o'yinlari;
-kasb bilan bog'liq o'yinlar;
-qurilish o'yinlari.
3. Hayotiy-ijtimoiy o'yinlar.
-oila hayotiga doir;
-bog'cha, maktab;
-ijtimoiy hayot bilan bog'liq;
-ijtimoiy -siyosiy o'yinlar.
4. Harbiy o'yinlar:
-"Askar-askar" o'yin;
-"Dengizchi" o'yini.
5. Dramalashtirilgan o'yinlar :
-teatr;
-kino;
-sirk.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha o'yinlari o'zining mazmuni, xususiyati va tashkil etilishiga ko'ra ikki katta turkumga ajratiladi:
1. Ijodiy o'yin;
2. Qoidali o'yin.
Ijodiy o'yinlarni bolalar o'zlari o'ylab topadilar. Unda oldindan belgilab qo'yilgan qoidalar bo'lmaydi. Qoidalar bolalar tomonidan o'yin davomida o'ylab topadilar. Qoidali o'yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. O'yin davomida o'yin qoidalariga rioya qilish shart.
Ijodiy o'yinlariga :
-syujetli-rolli o'yin;
-sahnalashtirilgan o'yinlar;
- qurish va yasashga doir o'yinlar kiradi.
Ijodiy o'yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taassurotlari aks atadi. Bunday o'yinlar mustaqil o'yin turi bo'lib, uning mazmunini ishtirokchilarning o'zlari o'ylab topadilar. Bu o'yinda bolalar erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchiligi va ijodkorlik qobiliyatlari to'la namoyon bo'ladi. O'yinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab o'yinga tatbiq etiladi. Bu bolalarning o'yin g'oyasini yaratishida uning mazmunini tuzib, ta'sirlovchi vositalarning tanlanishida namoyon bo'ladi. Bolaning tevarak atrofidagi hayotdan - tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o'yinlarda qayta ishlanadi,to'ldiriladi, sifat jihatidan o'zgartiriladi. Bolalarning bunday o'yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Qoidali o'yin turlari:
-didaktik;
- harakatli;
-musiqaviy;
-ermak o'yinlar.
Qoidali o'yinlar barcha o'yinlar kabi amaliy faoliyat hisoblanadi. Biroq bunda o'yin qoidalariga rioya qilish shart.
Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin