Reja: Kompleks sonlar haqida asosiy tushunchalar



Yüklə 261,01 Kb.
səhifə1/4
tarix01.04.2023
ölçüsü261,01 Kb.
#92174
  1   2   3   4
xaytmurod matem 14


Kompleks sonlarning turli xil ko`rinishlari. Muavr formulasi. Kompleks sondan ildiz chiqarish

Reja:


  1. Kompleks sonlar haqida asosiy tushunchalar

  2. Muavr formulasi

  3. Kompleks sondan ildiz chiqarish

Elementar algebra kursini o`rganish davomida sonlar sohasini kengaytira borgan edik Butun musbat sonlarbutun musbat va manfiy sonlar rasional sonlar rasional va irrasional sonlardan iborat haqiqiy sonlar sistemalarini o`rgandik.
Algebrani o`rganayotgan maktab o`quvchisi butun musbat va kasrlar haqidagi bilimini algebraga arifmetikadan olib kiradi.Aslida algebra manfiy sonlarni kiritishdan, ya`ni eng muhim sonlar sistemalari ichida birinchi sistema barcha butun musbat va manfiy sonlardan hamda noldan iborat butun sonlar sistemasini tayin etishdan va musbat, shuningdek manfiy bo`lgan barcha butun va kasr sonlardan iborat ancha kengroq sistema- rasional sonlar sistemasini tayin etishdan boshlanadi.
Sonlar zapasining bundan keyingi kengaytirilishi muhokamalariga irrasional sonlarni kiritishda sodir bo`ladi.Barcha rasional va barcha irrasional sonlardan iborat sistema haqiqiy sonlar sistemasi deyiladi.haqiqiy sonlar sistemasining asosiy nazariyasi universitetning matematik analiz kursida o`rganiladi. Elementar matematika kursining oxirida haqiqiy sonlar sistemasi kompleks sonlar sistemasigacha kengaytiriladi.Sonlarning bu sistemasi o`quvchi uchun haqiqiy sonlar sistemasiga qaraganda ancha notanish bo`lib ko`rinadi, lekin bu sistema ko`plab ajoyib xossalarga ega.
Endi haqiqiy sonlar sistemasini kompleks sonlar sistemasigacha kengaytiramiz. Kompleks sonlar ushbu masala munosabati bilan kiritiladi Ma`lumki haqiqiy koeffisientli istalgan kvadrat tenglamani echish uchun haqiqiy sonlarni o`zi etarli emas.
(1)
tenglama haqiqiy sonlar ichida ildizi bo`lmagan eng sodda tenglamadir Olishimizga ko`ra quyidagicha masala qo`yamiz Haqiqiy sonlar sistemasini shunday sonlar sistemasigacha kengaytiraylikki (1) tenglama yechimga ega bo`lsin.
Sonlarning bu sistemasini qurish uchun ko`rgazmali material sifatida tekislik nuqtalarini olamiz.Haqiqiy sonlarni to`g`ri chiziq nuqtalari orqali ifodalash bizga juda tanish( bunda koordinata boshi va masshab birligi berilganda to`g`ri chiziqning ixtiyoriy nuqtasiga uning absissasini mos qo`ysak, to`g`ri chiziqdagi barcha nuqtalar to`plami bilan barcha haqiqiy sonlar to`plami orasida o`zaro bir qiymatli moslik o`rnatiladi) Bu mos qo`yishlik matematikaning turli bo`limlariga ishlatiladi va biz unga shunchalik o`rganib qolganmizki,asosan haqiqiy sonlar bilan uni tasvirlovchi nuqtani bir biridan farqlamaymiz.
Endi tekislikning barcha nuqtalari bilan tasvirlanuvchi sonlar sistemasini ta`riflaylikShu maqsadda tekislik nuqtalarini qo`shish yoki ko`paytirish amallarini kiritaylik.Yangi amallar kiritayotganimiz sababli,biz uni qaysi maqsad uchun tuzayotgan bo`lsak,o`sha xossalarga ega bo`lishini ta`minlashimiz lozim.Bu ta`riflar ayniqsa ko`paytirish amali uchun ancha sun`iy bo`lib ko`rinadi.
Tekislikda to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi tanlangan bo`lsin Tekislik nuqtalarini harflar bilan belgilashni hamda absissasi , ordinatasi bo`lgan nuqtani orqali belgilashga ya`ni analitik geometriyada qabul qilinganidan bir oz chetga chiqib , deb yozishga kelishib olamiz
Agar va nuqtalar berilgan bo`lsa bu nuqtalarning yig`indisi deb absissasi va ordinatasi bo`lgan nuqtani ataymiz yani
(2)
va nuqtalarning ko`paytmasi deb, absissasi va ordinatasi bo`lgan nuqtalarni ataymiz, ya`ni
(3)
Ana shunday yo`l bilan tekislikning barcha nuqtala to`plamida ikkita arifmetik amallarni aniqladik.Quyida bu kiritilgan amallar haqiqiy sonlar sistemasida yoki rasional sonlar sistemasida amallar qanday asosiy xossalarga ega bo`lsa, bu amallar ham shunday asosiy xossalarga egadik; ularning har ikkalasi ham kommutativ va assosiativdir hamda distributivlik qonuni bilan bog`langan va ular uchun teskari amallar-ayirish va bo`lish (nolga bo`lishdan tashqari) amallari mavjud.
Qo`shishning komutativligi va assosiativligi ravshandir,aniqroq aytadigan bo`lsak,haqiqiy sonlarni qo`shishning tegishli xossalaridan kelib chiqadi, chunki tekislikning nuqtalarini qo`shishda ularning absissalarini alohida va ordinatalarini alohida qo`shiladi.Ko`paytirishning kommutativligi ko`payuvchi nuqtalar ko`paytirish ta`rifiga simmetrik ravishda kirishiga asoslanadi. Haqiqatan ham
,
,
demak ya`ni ko`paytirish komutativdir
Yuqorida aniqlangan aniqlangan ko`paytirish assosiativdir.
Isboti
,
,
demak

Distributivlik qonuni o`rinli ekanligi quyidagi tenglikdan kelib chiqadi
,
.
Endi qo`shish va ko`paytirish amallariga teskari amallarni qaraylik.Agar va nuqtalar berilgan bo`lsa u holda ularning ayirmasi shunday nuqtalar bo`ladiki uning uchu bo`ladi Bundan (2) ko`ra

bo`ladi
Demak  va nuqtalar ayirmasi
(4)
nuqta bo`ladi va bu ayirma bir qiymatli aniqlangandirXususan nol bo`lib koordinatalar boshi nuqta va nuqta uchun qarama-qarshi nuqta bo`lib esa
( 5 )
nuqta xizmat qiladi
va nuqtalar berilgan bo`lsin va nuqta noldan farqli bo`lsin (ya`ni va koordinatalardan hech bo`lmaganda biri noldan farqli ) demak  ni ga bo`lishdan chiqqan bo`linma shunday nuqta bo`lshi kerakki, uning uchun

bo`ladiBundan (3) ga ko`ra

bo`ladi
Bu sistemanini yechib quyidagilarni topamiz
,
Demak bo`lganda bo`linma mavjud va bir qiymatli niqlangan.
( 6 )
Ushbu tenglikda deb olsak, bizning bu ko`paytirishimizda bir bo`lib,absissalar o`qida koordinatalar boshidan masofada o`tuvchi nuqta xizmat qilishini ko`ramiz.Agar (6) da deb olsak u holda uchun teskari nuqta
(7)
ekanligini hosil qilamiz
Shunday qilib, tekislik nuqtalari bilan tasvirlanadigan sonlar sistemasini tuzdik shu bilan birga bu sonlar ustida bajariladigan amallar (2) va (3) formulalar bilan aniqlanadi. Bu sonlar sistemasi kompleks sonlar sistemasi deyiladi.

Yüklə 261,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin