Reja: kirish mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni O’zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish


Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni



Yüklə 62,13 Kb.
səhifə3/11
tarix14.12.2023
ölçüsü62,13 Kb.
#177685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari-fayllar.org

2. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. shu sababli «O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk obhektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkazilishi;
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra davlat mulki:
O’zbekiston Respublikasining davlat mulkiga mahmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasining, mahmuriy-territorial tuzilmaning byudjet yoki boshqa mablag’lari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag’i hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasining mulki yoki mahmuriy-territorial tuzilmaning mulki bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi va mahmuriy territorial tuzilmalarning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. Mahmuriy-territorial tuzilma esa O’zbekiston Respublikasining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi.
O’zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xo’jalik faoliyati natijalariga har bir davlatning mahlum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin.
Davlatlararo manfaatlarga daxldor bo’lgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 62,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin