Reja: Kirish Bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash


Bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash



Yüklə 41,39 Kb.
səhifə3/11
tarix17.04.2023
ölçüsü41,39 Kb.
#99458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Amaliyot hisoboti (2)

1.Bankning tashkiliy-huquqiy tuzilishini baholash
Hozirgi kunda Qishloq qurilish bank andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki,
-Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi,
- Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi.
Natijada, har bir bank operatsiyasi bir biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi.Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo‘linish ahamiyatli bo‘lib, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini yechish imkoniyatini yaratadi. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi. Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi.
Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;
2. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shu bilan birga, “Bank-mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
3. Mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
4. Mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish.
Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi koorporativ bo‘lim;
2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim;
3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valyuta operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo‘lim.
Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xizmat ko‘rsa- tuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin. Front-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1834-son bilan yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan yo‘riqnomaning tegishli ilovalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Bek-ofis–Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi. Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1) Front-ofis tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan bank hisob tizimida aks ettirish;
2) joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish;
3) hisobotlar tuzish.

Bek-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin:


1) Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi;
2) kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi;
3) ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi);
4) statistik ma’lumotlar bo‘limi;
5) ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi;
6) yakuniy nazorat bo‘limi.
Bek-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun ham yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaning tegishli ilovalariga murojaat etish tavsiya etiladi. Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‘limlar bo‘yicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. Shuni qayd etish zarurki, bo‘linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo‘lishi shart emas. Bank bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq ravishda Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida ayrim bo‘lim yoki sektor bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo‘lim yoki sektor vazifalarini boshqa bo‘lim, sektorning bajarishi ko‘zda tutilishi lozim.


Yüklə 41,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin