Reja: Jismoniy shaxslarning jami daromadi


Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari



Yüklə 68 Kb.
səhifə2/3
tarix23.06.2023
ölçüsü68 Kb.
#134687
1   2   3
4-MAVZU. O\'ZBEKISTONDA MOL-MULKNI SOLIQQA TORTISHNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari.



Soliq solinadigan obyektlarning nomi

Mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan soliq stavkasi (%da)

Turar joylar, kvartiralar, dala qovli, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar

0,5

Izoh:
1. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo’yicha organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati bo’lmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 2100,0 ming so’m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 920,0 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
2. Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo’lgan pensionerlar uchun mol-mulk solig’i bo’yicha soliq solinmaydigan eng kam miqdor umumiy maydonning 60 kv. metri hajmida belgilanadi.

Quyidagilarning mulkida bo’lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi:


1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi SHuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz urush nogironining tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’yicha bo’limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga – Nogironning imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning. Mazkur imtiyozni berish uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asos bo’ladi;
4) Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolarning (shu jumladan u yerga vaqtincha yo’llangan yoki xizmat safariga yuborilgan shaxslarning). Mazkur imtiyoz tegishincha tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobilь AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan, imtiyozlar berish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
5) qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon o’lchami doirasida pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
6) I va II guruh nogironlarining. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
7) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo’lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoxud frontda bo’lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining);
8) muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarining (xizmatni o’tash davrida).
Ushbu moddada belgilangan imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obyektiga taalluqli bo’ladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qo’llanilmaydi.
Soliq solish obyektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to’lanadi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga har yili 1 fevralgacha obyektning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizatsiya qiymatini va uning mulkdorini ko’rsatgan holda ma’lumot taqdim etadi.
Soliq Kodeksining 275-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo’lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to’lanadi.


XULOSA
Mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi kalendarь yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o’tgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini yo’qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan e’tiboran to’lanadi.
Meros bo’yicha o’tgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxo’rlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi.
Soliq solish obyekti yo’q qilingan, vayron bo’lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yo’q qilingan, vayron bo’lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran to’xtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo’q qilinganlik, vayron bo’lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Kalendar yil mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi soliq to’lovchilarga davlat soliq xizmati organi tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni soliq davri uchun to’lash teng ulushlarda bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:
hisobot yilining 15 iyuniga qadar;
hisobot yilining 15 dekabriga qadar.



Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin