Reja: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash



Yüklə 24,89 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü24,89 Kb.
#186186
1   2   3
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA DAVLAT KORXONASLARI O’RTASIDA MUNOSABAT

NATIJALAR
Innovatsion rivojlanish tizimining ahamiyatli jihati shundaki, u iqtisodiyot tarkiban deformatsiyalangan, innovatsiya jarayonlarini boshqarish izdan chiqqan, qishloq xo'jaligi darajasida axborot vakumining mavjudligi sharoitlarida qisqa muddat ichida tarmoqni barqaror yuqori sur'atlarda o'sishi uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bu tizimni shakllantirishda davlatning o'rni beqiyosdir. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning ilmiy-texnik imkoniyatlari va ishlab chiqarishdagi ilg'or tajribalari to'g'risida keng ma'lumotlarga ega bo'lish ularni xo'jalik yuritishning innovatsion usullariga o'rgatish, innovatsiya qoidalarini o'zlashtirish, maslahat yordamlari berish orqali ASMning innovatsiya faolligini ko'tarishni ta'minlash uchun sharoitlar yaratadi.
Biroq, tan olish lozimki, agrar tarmoq o'zining tabiiy-iqlim omillariga ta'sirchanligi va bog'liqligi sababli innovatsiyalarni yaratish va tatbiq etishda boshqa sohalarga nisbatan bir qator murakkabliklarga ega va shuning uchun ham uni innovatsion modernizatsiyalash asosida rivojlantirish o'ziga xos va mos innovatsion yo'nalishlarda chuqur ilmiy-tadqiqot va tajriba-kashfiyotchilik ishlarini (ITTKI) muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Fikrimizcha, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari, shu jumladan, qishloq xo'jaligi bilan bog'liq fan va texnika -texnologiya yangiliklarini yaratish hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish jarayonini respublikamiz ichidagi tor doirada emas, balki industrial taraqqiy etgan xorijiy davlatlarning ushbu yo'nalishlardagi innovatsion faoliyat yutuqlari bilan uyg'un tarzda olib borish maqsadga muvofiq.
Agrar tarmoqdagi innovatsiya jarayoni ilm-fan yutuqlari asosida yaratilgan, sifat jihatidan yangi mahsulotlarni, iqtisodiy mexanizmlar, aniq tashkiliy, texnik yoki texnologik g'oyalarni bevosita ishlab chiqarishda foydalanishgacha yetkazish bilan bog'liq tadbirlar yig'indisi hisoblanadi. Respublika agrar tarmog'ida yuz berayotgan iqtisodiy o'sish asosan, import o'rnini bosadigan mahsulotlar yetishtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yuz bermoqda. Biroq tarmoqda ilmiy sig'imli agrar texnologiyaga asoslangan yo'nalishlardagi innovatsion jarayonni rivojlantirish talab darajasida emas. Bunga tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda innovatsiyalar samaradorligini oshirish yo'llari, innovatsion xavf va xatarlarni, innovatsion salohiyatning mavjud sharoitlarga mosligini baholash, tarmoqda innovatsion tavakkalchilikni boshqarish borasidagi iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy asoslar yetishmasligi salbiy ta'sir etmoqda.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi ko'p sonli dehqon va fermer xo'jaliklari faoliyati sharoitida agrar innovatsiya bozori shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, yo'nalishlari to'g'risida aniq ma'lumotlarni yig'ish, ularga ishlov berish, olingan xulosalardan foydalanish borasidagi bilimlar yetishmasligi sharoitida, ilmiy ishlanmalarni innovatsion loyiha sifatida amalga oshirishga urinish yuz bermoqda. Bu esa innovatsion g'oyalarning iqtisodiy, texnik va texnologik, ekologik samaradorligi pasayishiga olib keladi. Bizningcha, agrar tarmoqda innovatsion g'oyalar bozori eng avvalo, mamlakatdagi "innovatsion muhitning" shakllanish darajasiga bog'liq holda rivojlanadi.
Bozor sharoitida innovatsion g'oyalar tovar hisoblanadi va u talab mavjud bo'lgan holdagina sotiladi. Innovatsion g'oya muallifi nafaqat o'z loyihasini foyda bilan sotishdan, balki ushbu loyiha natijasidan keyinchalik ham daromad olishdan manfaatdor bo'ladi. Demak, innovatsion g'oyaning aniq egasi (mualliflik huquqiga ega shaxs) bo'lishi lozim. Bunday tizim har doim ham mavjud emas. Mavjud qonunlarimiz respublika doirasida innovatsion g'oyalarni intellektual mulk ob'ekti sifatida ro'yxatga olish imkonini beradi va ulardan foydalanishda muallif huquqlarini kafolatlaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish davlatning xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyatiga aralashuvini kamaytirib borishi bilan bevosita bog'liq holda yuz bermoqda. Fermer tadbirkor sifatida innovatsion g'oyalarning haqiqiy xaridoriga aylanishi uchun uning birinchi navbatda iqtisodiy erkinligi kengayib borishi lozim. Bunda asosan:
• dehqonning ishlab chiqarish vositalariga, yetishtirilgan mahsulot va yaratilgan foydaga to'liq egalik imkoniyatini kengaytirib borishga;
• ekinlar tarkibini belgilash va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishdagi erkinlik darajasini ortib borishiga;
• mahsulot sotish kanalini tanlash va baho belgilash borasidagi erkinligi;
• raqobat muhitidagi resurslar bozoridan erkin mahsulot sotib olish imkoniyatini yaratishga;
• raqobat muhitidagi xizmatlar bozoridan sifati va bahosi jihatidan maqbul xizmat xarid qilish imkoniyatini kengaytirishga;
• raqobat muhitidagi qayta ishlovchilarga mahsulot sotish imkoniyatini yaratish tadbirlarini amalga oshirishga;
• o'sib boruvchi bozor talabini qondirishga qodir bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga zamonaviy texnikalar, ekinlarning yangi navlari, agrotexnologik yangiliklarni joriy qilishga asoslanishi lozim.
Yuqoridagi holatlar bozor munosabatlari rivojlanishining dastlabki paytlarida qishloq xo'jaligida innovatsiyani rivojlantirishga o'ziga xos yondashuvni talab qiladi. Endi masalaga respublikamiz qishloq xo'jaligida innovatsion g'oyalar bozorini rivojlantirish bo'yicha shakllangan shart-sharoitlar nuqtai-nazaridan yondashadigan bo'lsak o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari tajribasining ko'rsatishicha ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda yangi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish «sinov va xatolar» uslubida amalga oshiriladi.
Muammolardan yana biri - qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish va bozor innovatsiyasi bo'yicha yuqorida ko'rilayotgan choralardan tashqari, yig'ib olingan mahsulotdan samarali foydalanish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, turli xil iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishdir. Bu qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqish samaradorligini oshiradi, shuningdek, ichki bozordagi singari tashqi bozorda ham raqobatbardoshlikni ma'lum darajada ko'taradi1.
Innovatsion siyosatning strategik maqsadi - ilmiy g'oya va ishlanmalarni raqobatbardosh tovar mahsulotiga aylantirish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish, shuningdek, hududiy ilmiy-innovatsion salohiyatni saqlab qolish va rivojlanishni ta'minlovchi qulay innovatsion muhitni yaratishdan iborat2. Qishloq xo'jaligida innovatsiya faoliyatni rivojlantirish butun bir innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bilan uzviy bog'liq. Uning asosiy vazifasi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash arajasi va sifatini oshirish, ekotizimga salbiy antropogen ta'sirlarni kamaytirish bilan bir vaqtda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
ASMda innovatsion faoliyatni tashkil etishning muhim shakllaridan biri bu innovatsiyalar bozoriga ilmiy-texnik mahsulotlarni kiritishni, axborot-maslahat ta'minotini, loyihalarni ekspertizasini, takliflar va buyurtmalarni, tajriba ishlab chiqarish ba'zalarini rivojlantirish, moliyalash uchun moliya-kredit tuzilmalarni vujudga kelishini tashkil etadigan korxonalarni shakllantirishni ko'zda tutadigan innovatsion infratuzilmani rivojlantirish bo'lib hisoblanadi.
Agrar sohada innovatsion faoliyatni rag'batlantirish samaradorligini oshirish maqsadida, qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan va o'zida naslchilik ishini rivojlantirishga maqsadli subsidiyalar, kimyoviy vositalarini sotib olishda xarajatlarining bir qismini qoplash, qishloq xo'jalik o'simliklarining original va elita urug'larini, asosiy fondlarni yangilash tadbirlari, yer tuzilishini, yerdan foydalanishni yaxshilash va yer unumdorligini oshirish, agrosanoat majmuasi sub'ektlarini kreditlash va sug'urtalashni mujassamlagan davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimi instrumentlari taklif etilgan. ASMda bugungi kunda tarmoqni innovatsion rivojlantirishning ilmiy-texnologik, boshqaruv va tashkiliy shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm ta'siri ostida amal qilishi lozim.
ASMda innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmi -bu ITTKIni tashkil etish va rivojlantirishda o'zaro bog'liq shakl va yo'llar tizimi bo'lib, ASMning ilmiy-texnik sohasida biznesni rivojlantirish va innovatsion jarayonlarning barcha bosqichlarida (tashkil etish, tarqatish, agroinnovatsiyalarni joriy etish va o'zlashtirish), qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanish darajasini ko'tarish maqsadida uning ishtirokchilarining o'zaro xamkorligi asosida davlat tomonidan qo'llab quvvatlash bo'lib hisoblanadi.
ASMni innovatsion rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib iqtisodiy mexanizmni shakllantirish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshishi lozim:
• Innovatsion faoliyatni normativ-xuquqiy tartibga solish tizimini shakllantirish;
• ASMning respublika va mahalliy darajalarida innovatsion faoliyatni maqsadli-dasturli rivojlantirish ;
• Davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish.
ASMni innovatsion rivojlantirishni iqtisodiy mexanizmining mazmunini tadqiq etish undagi yalpi instituttsional, instrumental, metodologik va normativ-xuquqiy komponentlarni ajratib ko'rsatish imkonini beradi. Ularning xar biri agrar ishlab chiqarishda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning mustaqil shakl va yo'llarini va shu bilan birga ularning asosiy xal etadigan vazifalar yo'nalishini belgilab beradi. Ularga: agroinnovatsiyani shakllanishining barcha jarayonlarida xo'jalik sub'ektlarini innovatsion aktivligini rag'batlantirish; xo'jalik sub'ektlarining innovatsion salohiyatini (innovatsion, texnologik, kadrlar, ilmiy, iqtisodiy va x.k.) oshirish; tarmoqni investitsion jozibadorligini oshirish; infratuzilmani va ASM mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish. Qishloq xo'jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag'batlantirishning samarali shakli sifatida davlat-xususiy sherikligi tamoyili asosida ya'ni davlat mexanizmidan foydalanib innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda xususiy biznesni ishtirokini rag'batlantirish, resurslarni birlashtirish, foyda va tavakkalchilikni taqsimlash, raqobat muhitini shakllantirish va shu bilan bir vaqtda-byudjet mablag'laridan samarali foydalanishga turtki beradigan davlat kapitalini ishtiroki bo'lishi lozim. Iqtisodiy mexanizmning ta'sirchan roli natijasida qishloq xo'jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag'batlantirish shakl va yo'llari tizimini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqotlar asosida qishloq xo'jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rag'batlantirishning quyidagi shakl va yo'llari klassifikatsiyasi tizimi tavsiya etiladi. Bu klassifikatsiya mavjud qarashlardan davlat-xususiy sheriklik tamoyiliga asoslanishi bilan farqlanadi.

Yüklə 24,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin