Reja: Ildizmevalilar ahamiyati


Etishtirish agrotexnikasi



Yüklə 25,13 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü25,13 Kb.
#175625
1   2   3   4   5   6
Reja Ildizmevalilar ahamiyati-fayllar.org

Etishtirish agrotexnikasi. qand lavlagi almashlab ekishda kuzgi don ekinlari, yem-xashak o’tlar, beda,
silos, va don uchun makkajo’xori va boshqa ekinlardan bo’shagan maydonlarga ekiladi. Paxtachilik
xo’jaliklarida g’o’zadan keyin, bir maydonga ketma-ket qad lavlagi ekish man etiladi, 3-4 yildan keyin qaytarish
mumkin, chunki bunda ekinlar ildiz chirish kasalligi bilan kasallanib, hosil 30-40% kamayib ketishi mumkin.
Asosiy ishlov berish – kuzda o’tmishdosh ekin yig’ishtirib olingandan so’ng 30-35 sm chuqurlikda shudgor
qilinadi. Agarda kuzda ob-havo yaxshi kelsa, yerni tekislagich yordamida tekislanadi. Bahorda yog’ingarchilik
ko’p bo’ltb, yer qotib qolgan bo’lsa, borona bilan chizellanib, yumshatiladi va yengil tekislanadi.
SHo’rlangan yerlarni shudgorlashdan so’ng, sug’orish uchun pollar (cheklar) olinadi, dekabr-fevral
oylarida sho’r yuviladi, so’ngra olingan pollar tekislanadi, dala chizellanadi va ekishdan oldin tekislanib
borona qilinadi. Ekish mart oyinining birinchi va ikkinchi o’n kunligi qoraqolpog’iston Respublikasi va Xorazm



viloyatida aprelda boshlanadi. Ekiladigan urug’ davlat andozalariga javob berishi lozim. Ko’p urug’li


lavlagining unuvchanligi 80, bir urug’liniki 96% dan past bo’lganda ekiladi. Tozaligi 98% bo’lishi kerak.
Ekish SPCH 6 M, sabzavot va paxta seyalkalarida qator oralari 60, 70 va 90 sm qilib ekiladi. Ekish miqdori:
ko’p urug’li navlarda 8-10 kg/ga, bir urug’lilarda gektariga 4-5 kg/ga urug’ ekiladi, chuqurligi – 3-4 sm. bir
metrda 5-6 maysa bo’lsa yagana qilish zarur emas.
Lavlagi nihollari o’sib chiqqandan so’ng, birinchi marta qator oralari yumshatiladi. Bunda kultivatorga
qirquvchi va yumshatgichlari 4-5 sm chuqurlikda ishlov beradiga va o’simliklardan himoya zonasi 8-10 sm
qilib o’rnatiladi.
O’simliklarda 2 juft chinbarglar o’sib chiqqandan so’ng yagana qilinadi va har gektar yerda 100-110 ming
o’simlik qoldiriladi. YAgana qilish kechiktirilsa, o’simlik ildizining o’zgarishiga, bargi o’sib ketishiga va
ildizmevalardagi qand miqdori kamayishiga olib keladi. Ekinni begona o’tlardan saqlash uchun ekin qator
oralariga traktorda va qo’lda ishlov beriladi.
May oyining oxirida iyunning boshlarida birinchi marta oziqlantiriladi. Ikkinchi marta birinchi o’sish
so’vidani oldin oziqlantiriladi. O’simliklar, ayniqsa, iyul va avgust oylarining boshida suvga ko’p talabchan
bo’ladi. Bu davrlarda ekinlarni har 7-10 kun, keyinroq esa 15-20 kun, sentyabr va oktyabr oylarida 1
marotabadan sug’oriladi.

Yüklə 25,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin