Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd


referent narx shakllantirish tizimi



Yüklə 64,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.06.2023
ölçüsü64,62 Kb.
#131963
1   2   3   4
3242-сон 10.06.2020

referent narx shakllantirish tizimi — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi,
hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda ayni bir ishlab chiqaruvchining xuddi shunday faol
moddaga ega dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda, referent mamlakatlarda va
O‘zbekiston Respublikasida sotish narxlarini tahlil qilish natijasi asosida har bir savdo nomi uchun
cheklangan narxlarni qayd etish tizimi;
referent mamlakatlar — Jahon bankining aholi jon boshiga nisbatan yalpi ichki
mahsulotning hisoblangan daromadlar darajasidan yuqori, o‘rtachadan yuqoriroq va o‘rtachadan
pastroq bo‘lgan davlatlar guruhiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi bilan makroiqtisodiy jihatdan
taqqoslanadigan mamlakatlar;
dori vositalarining cheklangan narxlari (bundan buyon matnda cheklangan narxlar deb
yuritiladi) — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga


olgan holda dori vositalarining har bir savdo nomi uchun referent narx shakllantirish tizimi
doirasida qayd etilgan narx;
cheklangan narxlar reyestri — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va
qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositalarining har bir savdo nomi uchun qayd etilgan
cheklangan narxlar va ularga cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash yo‘li bilan hisoblangan ulgurji
va chakana narxlarning elektron (onlayn) reyestri;
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) —
arizalarni qabul qilish, referent narx shakllantirish tizimi doirasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va
saqlash, cheklangan narxlarni qayd etish va cheklangan narxlar reyestrini yuritish uchun
mo‘ljallangan maxsus elektron tizim;
vakolatli organ — cheklangan narxlarni qayd etish va qayta qayd etish uchun mas’ul bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini
rivojlantirish agentligi;
ishchi organ — cheklangan narxlarni qayd etish uchun arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish
hamda axborot tizimining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini
rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va
standartlashtirish davlat markazi;

Yüklə 64,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin