Referat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 14,96 Kb.
tarix18.12.2022
ölçüsü14,96 Kb.
#76101
növüReferat
Yangi O\'zb tarixdan mustaqil (1)


Nizomiy nomli TPDU Amaliy psixologiya fakulteti 2-kurs 205- guruh Kamalova Naimaning O’zbekiston eng yangi tarixi fanidan mustaqil topshirig’i
Referat
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
qabul qilinishi, uning tarixiy
ahamiyati
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritilgach, tabiiy ravishda davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida mustahkamlash zarurati yuzaga keldi. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan 1990-yilning mart oyida ilgari surildi. 1990- yil 20- iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya shlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa davlat arbobi
hamda allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi
Konstitutsiyaga asos qilib olindi.O’zbekiston Davlat Konistitutsiyasi1992 yil 8 dekabr qabul qilindi


Glossariy

1

Konstitutsiya

bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.

2

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengash

— Oʻzbekiston Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi va davlat hokimiyatining vakillik organi 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgan paytdan boshlab 1994-yil 25-dekabrgacha — mustaqil Oʻzbekiston tarixidagi birinchi parlament saylovi va yangi milliy parlament tashkil etilgunga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (Oliy Majlisi) — bir palatali parlament hisoblanadi (2002-yilgi konstitutsiyaviy referendum natijalariga koʻra ikki palatali boʻlgan)



3

Komissiya

Komissiya (lotincha: commissio — topshiriq) — 1) kollegial organ, bironbir vazifani bajarish (saylov K.si, hisob K.si, taf-tish K.si) yoki maxsus tadbirlar oʻtkazish uchun tuziladi; 2) Fuqarolik huquqida — shartnoma; unga koʻra, bir tomon (komissioner) 2-tomon (komitent)ning topshirigʻiga binoan muayyan haq evaziga oʻz nomidan, lekin komitentning manfaati va hisobiga 3-shaxs bilan bitim tuzadi



4

Amir Temur

(1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.



5

Islom Karimov

davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti.



6

Davlat

Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatilad





TEST
1.O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab kim tomonidan va qachon ilgari surildi?

  1. *Islom Karimov 1990 yilda

  2. Oliy majlis 1990 yilda

  3. Deputatlar 1991yilda




  1. O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasi qachon bo’ldi?

  1. *1990 yil 20 iyun

  2. 1991yil 20 mart

  3. 1992yil 17 avgust




  1. Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida necha yil ishladi?

  1. 3 yil

  2. 2 yil

  3. *2.5yil




  1. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya necha kishidan iborat edi?

  1. 50 kishidan

  2. 60 kishidan

  3. *64 kishidan




  1. O’zbekiston Davlat Konistitutsiyasi qachon qabul qilindi?

  1. 1997 yil 8 dekabr

  2. 1990 yil 8 may

  3. *1992 yil 8 dekabr

6 .O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i qachon qonun bilan tasdiqlandi?



  1. *1991 yil 18 noyabrda

  2. 1990 yil 17 noyabrda

  3. 1993 yil 18 noyabrda

Yüklə 14,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin