Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi


Mavzu: Navoiyning qit’alari va fardlari, ruboiylari



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə4/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

Mavzu: Navoiyning qit’alari va fardlari, ruboiylari.


REJA:

  1. A.Navoiyning tuyuqlari.


  2. Qit’alari va fardlari


  3. Shoirning ruboiylari.


Navoiy lirikasining yetakchi janrlaridan biri ruboiydir. Garchand ruboiy fors-tojik adabiyotida Umar Xayyom, turkiy ad­abiyotda Pahlavon Mahmud ijodida yuqori takomilga erishgan bo'lsada, Navoiy bu janrni mavzu, timsollar tizimi, badiyat borasida yanada yuksakka ko'tardi. Uning "G'urbatda g'arib", "Jondin seni", "Ko'z birla", "Jonimdagi jim" kabi ruboiylari mashhurdir.


Shoirning "Jonimdagi jim" ruboiysi kitobat san'ati asosiga qurilgan bo'lib, unda Navoiy "jon" so'zining imlosidan foydalanib, jonini ma'shuqaga bo'lib beradi.
Jonimdagi "jim' ikki dolingga fido,
Andin so'ng "alif toza niholingga fido.
"Nun"idagi anbarin hilolingga fido,
Qolgan ikki nuqta ikki xolingga fido.
Shoir birinchi misrada "jon" so'zidagi "jim"ni ma'shuqaning ikki soch (dol)iga, ikkinchi misrada esa "alif'ni ma'shuqaning toza niholiga - qaddiga (istiora) bermoqda. "Toza nihol" birikmasida sifatlash san'ati bor, "Nun"ning egilgan qismim ma'shuqa hiloliga - qoshiga (istiora) bermoqda. "Nun"ning egriligi qoshning egriligiga mos bo'lgani uchun tanosub san'ati shakllangan. "Jon" so'zidagi ikki nuqta (sifatlash) yorning ikki xoli (sifatlash)ga berilmoqda. Ruboiy "jon" so'zi imlosiga asoslangani uchun har bir misrada kitobat san'atidan foydalangan.
Navoiy g'azal, ruboiy janrlarini yuqori takomilga ko'targani kabi tuyuq janrini ham yuqori darajaga olib chiqdi. Uning "Yo Rab, ul shahd-u shakar", "Yoqoshingdin nega bir o'q", "Tiyg'i ishqing", "Necha dedim" kabi tuyuqlari mashhurdir.
Yo Rab, ul shahd-u shakar yo labmudur,
Yo magar shahd-u shakar yolabmudur.
Jonima payvasta novak otgani,
C'amza o'qin qoshiga yolabmudur.
Tuyuqda "yolabmudur" so'zi uch joyda kelib, uch xil ma'no anglatmoqdaki, bu tajnis san'atidir. Birinchi misrada bu so'z "labmikan" ma'nosida kelmoqda. Bu misrada yana tajohili orifona san'ati bor. Ikkinchi misrada esa bu so'z "yalamoq" ma'nosini bermoqda, bu misrada ham tajohuli orifona san'ati davom etmoqda.
Uchinchi misradagi "payvasta novak" birikmasida sifatlash san'ati mavjud. To'rtinchi misrada "yolabmudur" so'zi "yoyiamoq" ma'nosini beradi. "G'amza o'qi" birikmasida istiora, qosh va kiprikning kamon yoyi va o'qiga o'xshatilishida esa tashbeh san'ati bor.
"Xazoyin-ul maoniy" devoni oxiridan fard janri joy olgan. Shoirning "Agar xalqqa nafing", "Elki xor aylagan", "Muruvvat" kabi fardlari mashhurdir.
Muruvvat - barcha bermakdur, yemak yo'q,
Futuvvat - barcha qilmakdur, demak yo'q.
Ha, muruvvatli odam o'zi yemay birovga beradi, mard odam esa birovga qilgan yaxshiligini qildim demaydi. Ana shu g'oya tarse' san'ati orqali berilmoqda. Bu fard hazaji musaddasi maqzuf vaznida yozilgan.



Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin