Referat mavzu: Fizikada ehtimoliy statistic g’oya va tushuncha (esg’T) larni paydo bo’lishi va rivojlanishi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix14.12.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#74780
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2–rasm. Normal zichlikdagi yupqa gaz qatlami molekulalarining manzarasi 
(tahminan 1mln marta kattalashtirilgan). 
2-rasmda shakli parallelipipedga o’xshagan nafis gaz qatlamidagi molekulalarning 
go’yo bir onda olingan rasmi ko’rsatilgan. Manzaraning chiziqli o’lchamlari haqiqiy 
o’lchamlariga nisbatan tahminan 1 mln. marta kattalashtirib berilgan. Rasmda ikkita 
molekulaning to’qnashuvi tasvirlangan, strelkalar molekulalarning to’qnashgunga 
qadar va undan keyingi tezliklarining yo’nalishini ko’rsatadi [8]. 
Broun harakatini nazariy jihatdan o’rganishlar statistik qonunlarni bevosita 
tajribalarda tekshirishga turtki bo’ldi. Bunday tajribalarni Perren, Svedberg va 
boshqalar o’tkazishdi. Gazlar kinetik nazariyasining formulalarini Broun zarralariga 
tadbiq qilib, Perren ularni emulsiyada tik taqsimlanishi, atmosferadagi molekulalar 
sonining balandlik bo’yicha taqsimoti kabidir, degan xulosaga kelgan. U o’tkazgan 
juda ko’p tajribalar bu fikrning to’g’riligini tasdiqladi. Svedbergning emulsiyadagi 
zarralar sonini sanash bo’yicha o’tkazgan tajribalari, o’ta ishonchli va qiziqarlidir. 
Olingan natijalar, Smoluxovskiy yaratgan zichlikning fluktuatsion nazariyasi bilan 
juda yaxshi mos keldi. 
Eynshteyn va Smoluxovskiy ishlaridan keyin, broun harakatining nazariyasi ham 
matematik, ham fizik jihatdan o’zining keyingi rivojlanishiga erishdi. Smoluxovskiy 
ishlari asosida yaratilgan broun harakatining statistik nazariyasi, molekulyar-kinetik 
nazariya chegarasidan chiqib, ehtimollar nazariyasida (Markovning tasodifiy 
jarayonlar nazariyasi) juda ahamiyatli bo’lib qoldi. Fluktuatsiya nazariyasi fizikaning 
boshqa bo’limlariga ham bevosita tadbiq qilinib, yanada rivojlantirildi. 


Statistik nazariya to’la g’alabaga XX asrning boshlarida, tajribalarda 
tasdiqlangandan keyingina erishdi. Bu vaqtga kelib ushbu nazariya Gibbsning ishlarida 
fizikaning mustaqil sohasiga-statistik mexanikaga aylandi. Gibbs tomonidan yaratilgan
statistik uslub, undan avval yaratilganlaridan xam umumiy, xam abstraktligi bilan 
ajralib turadi. U statistik fizika rivojlanishining dastlabki bosqichlariga ta’lluqli bo’lib, 
yaqqol molekulyar modellarga ehtiyoj sezmadi. Gibbs metodi asosida-alohida 
molekulalarning harakat qonunlari va xossalari bo’lmasdan, ko’p sonli erkinlik 
darajalari ya’ni statistik aspekt turadi [5]. Statistik fizikani fan sifatida yaratish uchun 
Gibbs fazaviy fazo, fazaviy nuqta, fazaviy trayektoriya va statistik ansambl 
tushunchalarini kiritdi. Fazaviy fazo deganda 6 N o’lchamli formal fazo tushuniladi, 
chunki, bitta zarraning holatini aniqlash uchun uchta koordinata x, y, z va uchta 
impulsning proyeksiyalari p
x, 
p
y ,
p
z
larni bilish kerak. Demak harakatdagi bitta 
zarraning holatini aniqlashga 6 ta, N ta zarraning holatini aniqlash uchun esa 6N ta 
kattalikni bilish kerak ekan. Bunday fazoda N ta zarraning holati bitta nuqta bilan 
ifodalanadi, bunday nuqtaga fazaviy nuqta deyilib, u, sistemaning bitta mikroholatini 
ifodalaydi. Vaqt o’tishi bilan zarralarning holati o’zgargani uchun, fazaviy nuqtaning 
o’rni fazaviy fazoda o’zgaradi, shuning uchun fazaviy nuqtaning fazaviy fazoda 
qoldirgan iziga fazaviy trayektoriya deyiladi. Muvozanat holatidagi qaralayotgan 
sistemaga taalluqli fazaviy nuqtalar to’plamiga yoki mikroholatlar soniga statistik 
ansambl deyiladi. Boshqacha aytganda, statistik ansambl qaralayotgan sistemaga 
taalluqli turli mikroholatlarda turgan mikrokanonik sistemaning nusxalari to’plamidir 
[6]. 
XX asrning boshlarida kvant fizika fani vujudga kelgach, kvant zarrachalarni 
tavsiflash uchun Boze-Eynshteyn va Fermi-Dirak statistikalari yaratildi. Bоzе – 
Eynshtеyn stаtistikаsi 1924-yildа hind fizigi Sh.Bоzе tоmоnidаn fоtоnlаrni tаvsiflаsh 
uchun taklif etilgаn,shu yili А. Eynshtеyn uni idеаl gаzlаrni tаvsiflаsh uchun hаm 
qo`llаgаn. 
Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, statistik qonuniyatlarning asosini yoki o’zagini 
ESG’T lar tashkil qiladi. ESG’T larning paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan tanishish 
bilan birgalikda fizika faniga Klauzius,Joul, Mayer, Lomonosov,Kryonig, Mayer, 
Maksvell va Bolsman, Gibbs, Broun, Perren, Smoluxovskiy, Eynshteyn, Fermi, Dirak, 


Boze va boshqa ko’plab ulug’ siymolarning qo’shgan xissalari va qilgan ishlari bilan 
tanishamiz. Bularni o’rganish esa o’quvchi va talabalarda fanga bo’lgan qiziqishni 
kuchaytiradi. Chunki ko’pchillik o’quvchi va talabalar bu fanni o’rganishda 
qiynaladilar. Nima sababdan fizika faniga ESG’T larning kirib kelgani va uning 
qanday ahamiyat kasb etishini anglab yetish muhim va zarurdir.Demak, ushbu 
keltirilgan ma’lumotlar uzluksiz ta’lim tizimida ESG’Tlarni shakllantirishda yaxshi 
natija beradi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin