Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonlarda "melanxolik" so’zi "qora safro" degan ma'noni birdirgan.
Melanxoliklar:
O’ta ta'sirlanuvchi xususiyatga ega;
Tez toliqadigan va o’ziga ishonmaydigan;
Tashvishsiz, lekin juda sezuvchan;
Nihoyatda arazchan;
Juda oz kuladigan;
Faolligi sust, tortinchoq, kamg’ayrat;
Arzimagan sabablarga ko’zidan yosh oqib ketaveradigan;
Yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.