165
Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi raqamli mahsulotlar ishlab
chiqarish korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda
jalb qilish;
Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va
ekologik muammolarni hal qilish.
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat
ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga
bo’lgan yondoshuviga ham bog’liq bo’ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda,
normativ va huquqiy ta’minotda, raqamli innovatsion tizimning bevosita va
bilvosita boshqarilishida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday raqamli
iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali,
ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan
aniqlanadi. Bunga mos ravishda raqamli innovatsion tizimning bir qancha
darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida,
regional – viloyatlar miqyosida va lokal – raqamli innovatsion iqtisodiyotni bir
tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal raqamli innovatsion tizim
o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes
firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati moliyaviy hizmatining
an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va
davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab
chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga raqamli tizimning barcha
tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy
yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning
mohiyati - asosan tashqi va ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan raqamli
innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil
qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.
4
Dostları ilə paylaş: