Rasulova Dilshoda Mikroiqtisodiyot fanidan



Yüklə 195,89 Kb.
səhifə1/4
tarix14.09.2023
ölçüsü195,89 Kb.
#143472
  1   2   3   4
MIKROIQTISODIYOT

Rasulova Dilshoda

Mikroiqtisodiyot fanidan

bajargan taqdimoti


Raqobatlashmagan bozor sharoitida
monopol narx belgilash va bozor hokimiyati

Reja:

  • Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
  • Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari.
  • Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari.
  • Raqobatning turli ko`rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari.
  • Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.

Raqobat – bu yuqori foyda va daromad olish hamda naflilikning eng yuqori darajada yetkazish maqsadida bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to`qnashishidir.
Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat.
Iste`molchilar o`rtasidagi raqobat.
Resurs egalari o`rtasidagi raqobat.
Tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish, yuqori narxlarda sotish va bozordagi mavqeini mustahkamlash orqali eng ko`p foyda olishga qaratildi.
O`zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish orqali ko`proq omilli daromadga ega bo`lishga qaratiladi.
Daromadlarning mavjud darajasida ko`proq miqdordagi tovarlarni sotib olishga, ya`ni sarflangan puli evaziga ko`proq naflilikka ega bo`lishga qaratiladi.
Raqobatning vazifalari:
  • Tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni talabga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat.
  • Resurslarni joylashtirish vazifasi – ishlab chiqarish omillarini ular eng ko`p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
  • Innovatsion vazifasi – fan – texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko`rinishdagi yangiliklarning joriy etishini anglatadi.
  • Moslashtirish vazifasi – korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo`naltirilgan .
  • Taqsimlash vazifasi - ishlab chiqarilgan ne`matlar yalpi hajmining iste`molchilar o`rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta`sir o`tkazadi.
  • Nazorat qilish vazifasi – bozordagi ba`zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o`rnatishiga yo`l qo`ymaslikka yo`naltirilgan.


Yüklə 195,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin