Rasmiy ish yuritish uslubi



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə5/6
tarix31.12.2021
ölçüsü52,5 Kb.
#50219
1   2   3   4   5   6
Rasmiy ish qog'ozlari

Y O’ R I Q N O M A

Qonun yoki biror normativ hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat. Mundarija (ularning bo’limlari va xizmatlari), mansabdor shaxs va fuqarolarning tashkiliy, ilmiy-tеxnikaviy, moliyaviy va boshqa maxsus faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o’rnatish maqsadida davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladi.

Yo’riqnomaning asosiy zaruriy qismlari:

1.Eng yuqorida tasdiqlash ustxati.

2. Hujjatning nomi (Yo’riqnoma)

3. Matn (еirish qismi, bo’limlari, kichik bo’limlari va h.k.)

4. Uning imzosi.

5. Yo’riqnoma tuzilgan vaqt va tartib raqami, shartli raqami (indеksi).

Zaruriy qismlarning 1-raqamida tasdiqlovchi so’z («Tasdiqlayman»), davlat boshqaruv organi rahbari lavozimi ko’rsatilgan yozuv, uning imzosi, sanasi bo’ladi.
«Tasdiqlayman»

O’zFA prеzidеnti

-----------------------

Yoki tasdiqlovchi buyruq yoki yig’ilish qarorining qayd (tartib raqami, sanasi) kiritiladi.

O’zFA Hay'ati qarori

bilan tasdiqlangan

№--------1998 y. 15 yanvar

Yo’riqnomalar ichida xodimning lavozimi, yo’riqnomasi alohida guruhni tashkil etadi.

Lavozim yo’riqnomasining o’ziga xos zaruriy qismlari bor:


  1. Muassasa yoki uning bo’linmasi nomi.

  2. Hujjat nomi (lavozim yo’riqnomasi)

  3. Tasdiqlash ruxsati.

  4. Sanasi.

  5. Shartli raqami.

  6. Joyi.

  7. Sarlavhasi.

  8. Matni.

  9. Imzo.


Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin