Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari va tasniflanishi


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160212
1   2   3   4   5   6
raqamli-iqtisodiyotning-xususiyatlari-va-tasniflanishi

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6 
131 
“Raqamli iqtisodiyot-bu raqamli texnologiyalardan foydalaniladigan iqtisodiy ishlab 
chiqarish” deb hisoblaydi. 
Raqamli iqtisodiyot uchun ikki yondashuv bor. Birinchi yondashuv "klassik": 
raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir va bunda faqat 
elektron tovarlar hamda xizmatlar sohasini tavsiflash to’g’ri bo’ladi. Ikkinchi 
yondashuv kengaytirilgan: "raqamli iqtisodiyot" raqamli texnologiyalar yordamida 
iqtisodiy ishlab chiqarishdir Hozirgacha ushbu yondashuvga aniqlik kiritish 
yuzasidan tadqiqotlar qilinmoqda. 2019 yilda AQSHning iqtisodiy tahlil byurosi 
tomonidan texnologiyalar tez o’zgaruvchan xususiyatga ega bo’lganidan, AQSHning 
umumiy iqtisodiyotiga raqamli iqtisodiyotni qo’shgan hissasini aniqlash bo’yicha 
yangi raqamli iqtisodiyotning sunhiy yo’ldosh hisob raqamini yaratishga oid loyiha 
amalga oshirilgan. Mazkur loyihada raqamli iqtisodiyotning YIMda ulushini 
aniqlashga yanada aniqlik kiritiladi. Raqamli iqtisodiyotda texnologiyalar rivojlangan 
sari uning qamrov darajasi kengayishi natijasida, iqtisodiy aylanmada ham yangi 
terminlar paydo bo’la boshlada. Jumladan, o’zbek olimi S.S.Gulyamov “Raqamli 
iqtisodiyot o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining 
zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, 
mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida 
amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir”, deb ta’kidlaydi. 
Hozirda katta xajmli mahlumotlar, bulutli texnologiyalar, sunhiy intellekt, 5G, 
robototexnika va boshqa zamonaviy texnologiyalar iqtisodiy jarayonlarni 
boshqarishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Ta’rif berilgan muddatlarga ahamiyat bersak, yillar o’tgan sari raqamli 
iqtisodiyot qamrov darajasining kengayib borishi, uning tahriflarida ham o’z aksini 
topgan. Har qaysi olim va tashkilotlar tomonidan raqamli iqtisidiyotning aynan bir 
sohasi, biznes modeli, ijtimoiy-madaniy jihatlari va raqamli texnologiyalarning 
alohida turi bo’yicha izchil o’rganilgan va tahlillar amalga oshirilgan. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin