kam, ritmiga ko‘ra ritmli yoki ritmsiz, puls to‘lqinining tomirni nechog‘li
kengaytira olishiga qarab baland yoki past, kuchiga qarab bo‘sh yoki qattiq
(kuchli yoki kuchsiz) bo'lishi mumkin. Pulsning xarakteri yurak-tomirlar
tizimi faoliyatining turli xildagi o ‘zgarishlarida boshqacha bo‘lib qoladi.
Uni aniqlash organizmdagi turli kasalliklami bilib olishda katta
ahamiyatga ega.
Vena pulsi. Vena pulsi asosan yirik kovak venalaming yurakka yaqin
joylarida kuzatiladi. Mayda, kichik diametrli venalarda puls to'lqini qayd
qilinmaydi. Arteriya pulsi yurak qorinchalarining faoliyatiga bog'liq
bo‘lsa, vena pulsi yurak bo‘lmalarining faoliyatiga bog‘liqdir. Vena pulsi
flebograf asbobi yordamida yozib olinishi mumkin. Yozib olingan shu egri
chiziqqa flebogramma deyiladi. Flebogrammada
A,
С va V tishchalar farq
qilinadi. A tishcha bo‘lma sistolasi paytida qonning juda qisqa vaqt
davomida kovak venalarda to ‘xtab turishi va bu vaqtda kovak venalar
devorining bir oz kengayishi oqibatida chiziladi.
С - tishcha qorinchalar sistolasining boshlanishi, tabaqali klapan-
laming yopilishiga aloqadordir. C-tishchadan keyin pastga qarab tushgan
chiziq va V - tishcha qorinchalar sistolasining oxirida bo‘lmalarga qon
to ‘lib, kovak venalarga toshib chiqishi sababli tomir devorining bir oz
taranglanishi tufayli chiziladi. Vena pulsini yozib olish yurak faoliyatini
tekshirishda katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: